Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
NOShIRLIK VA MATBAA KORXONALARI TOMONIDAN OʻZBEKISTON YoZUVChILAR UYuShMASI HUZURIDAGI “IJOD” FONDIGA AJRATMALAR TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 18-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2139-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ–1672-son “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish toʻgʻrisida”gi va 2012-yil 26-apreldagi PQ–1745-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2010-yil 26-avgustdagi 7-yu/b-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139, 2010-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 35-36-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ALIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-iyun,
10-m/h-son
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining 2012-yil 30-iyundagi 10-m/h-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. 6-banddagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 1-ilovada:
yettinchi xatboshidagi “200” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “160” raqami “80” raqami bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “120” raqami “60” raqami bilan almashtirilsin;
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshidagi “480” raqami “240” raqami bilan almashtirilsin;
5. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2012-yil 29-iyun,
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2012-yil 29-iyun,
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2012-yil 29-iyun,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi ijro etuvchi direktori A. ADIZOV
2012-yil 29-iyun,
“Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 344-modda)