Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
MEHNAT DAFTARChALARINI YURITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 18-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 402-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil 1-son) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan 1998-yil 7-yanvarda 8/04-01, 32/01-son bilan tasdiqlangan Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 402, 1998-yil 29-yanvar) 7.1-bandidan “prokuratura organlari” degan soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 4-iyul,
30-B-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2012-yil 4-iyul,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 343-modda)