Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2023 17.07.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2379
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2023
Hujjat 20.03.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIKROKREDIT TAShKILOTLARIDA AUDIT TEKShIRUVLARINI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2379]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-dekabrdagi 28/3-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3411, 11.01.2023-y.) asosan 2023-yil 14-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda), “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 149-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 23-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19/4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 23-iyundagi 19/4-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq mikrokredit tashkilotlarining moliyaviy hisobotlarini hamda u bilan bogʻliq moliyaviy axborotlarni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2379-3, 05.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2018-y., 10/18/2379-3/2275-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti — tanlov asosida tanlab olingan auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi — moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot toʻgʻriligi va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi oʻrinlarda Markaziy bank deb ataladi) meʼyoriy hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida mikrokredit tashkilotining moliyaviy hisobotini hamda u bilan bogʻliq moliyaviy axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 8-iyundagi 12/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2379-1, 24.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 26-son, 340-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik hisoboti — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi mufassal maʼlumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi oʻtkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat boʻlgan va mikrokredit tashkiloti rahbariga, mulkdoriga, ishtirokchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yigʻilishiga yoʻllangan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik xulosasi — mikrokredit tashkilotida moliyaviy hisobotning toʻgʻriligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, mikrokredit tashkiloti moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlgan hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mikrokredit tashkilotlarining faoliyati har yili moliyaviy yil yakuni boʻyicha auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mikrokredit tashkilotlar faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholashda auditorlik tashkilotlari, avvalambor daromadlilik (rentabellik), kapitaldan foydalanish darajasi, moliyaviy barqarorligi, toʻlov qobiliyati va oʻzini-oʻzi moliyalash darajasi, ishdagi faollik mezonlaridan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Auditorlik tekshiruvi auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishini qoʻzgʻatuvchi mikrokredit tashkiloti, uning mulkdori, shuningdek ustav kapitalida qonun hujjatlarida belgilanganidan kam boʻlmagan miqdordagi ulushga ega ishtirokchilar (aksiyadorlar), nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusiga koʻra oʻtkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aynan bir xil asoslarga koʻra aynan bir auditorlik tashkiloti aynan bir mikrokredit tashkiloti faoliyatini tekshirishga takror jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Auditorlik tashkiloti aynan bir mikrokredit tashkilotining faoliyatini ketma-ket yetti yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishga haqli emas.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2379-3, 05.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2018-y., 10/18/2379-3/2275-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Mikrokredit tashkilotlari tomonidan auditorlik tashkilotlarini tanlash shartlari va talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mikrokredit tashkilotlari auditorlik tashkilotlarini tanlov asosida tanlab oladi. Tanlov auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda manfaatdorlik bildirgan kamida uchta auditorlik tashkilotining takliflaridan iborat boʻlishi hamda tanlovda ishtirok etuvchi auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkiloti taklifining mazmunidan bexabar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mikrokredit tashkiloti va auditorlik tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnoma va bitimlarda auditorlik xulosasi va hisobotini Markaziy bankka taqdim etishni cheklash boʻyicha qoidalar koʻzda tutilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda mikrokredit tashkiloti va auditorlik tashkilotining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilayotgan mikrokredit tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotini mustaqil tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi oʻtkazilayotganda auditorlik tekshiruvining yoʻnalishi va hajmini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorning eʼtirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari toʻgʻrisidagi zarur axborotni auditorlik tashkilotidan olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi toʻgʻrisida hamda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni toʻgʻrilash haqida auditorlardan maslahat va tavsiyalar olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilayotgan mikrokredit tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun auditorga kerakli sharoitlarni yaratib berishi, unga zarur hujjatlarni taqdim etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobot tuzish qoidalari hamda soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqish tartibi buzilishlarini bartaraf etishga majburdir.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 5-martdagi 5/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2379-4, 20.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 10/20/2379-4/0354-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrokredit tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mikrokredit tashkiloti ushbu Nizomga muvofiq amalga oshirilayotgan auditorlik tekshiruvini oʻtkazishdan bosh tortish yoki unga xalaqit berish maqsadlarida u yoki bu harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mikrokredit tashkiloti auditorlik tekshiruvlari yakunlangach, auditorlik hisoboti va xulosasi, shuningdek auditorlik tashkiloti tomonidan haqqoniyligi tasdiqlangan mikrokredit tashkilotining moliyaviy hisobotining nusxalarini Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mikrokredit tashkilotlari har yilgi moliyaviy hisobotni ularning yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ijobiy auditorlik xulosasi bilan birga eʼlon qilishi shart.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 6-fevraldagi 2/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2379-2, 18.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 71-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mikrokredit tashkiloti auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tashkiloti xizmatlari haqini oʻz vaqtida toʻlashi shart.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 8-iyundagi 12/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2379-1, 24.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 26-son, 340-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha ishlarga haq toʻlash auditorlik tekshiruvini belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Auditorlik tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun mikrokredit tashkilotining taʼsis hujjatlari va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotlari bilan oldindan tanishib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini olib borish shakllari va uslublarini mustaqil ravishda belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda mikrokredit tashkilotining moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlari bilan toʻliq tanishib chiqish, shuningdek ushbu hujjatda hisobga olingan har qanday mulkning aniq mavjudligi yoki har qanday majburiyatlarning aniq holatini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi davomida yuzaga kelgan savollar boʻyicha mikrokredit tashkilotining moddiy javobgar shaxslaridan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkilotidan uchinchi shaxslar axborotining yozma tasdiqnomasini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkiloti ishonchli auditorlik xulosasini tayyorlash uchun barcha zarur boʻlgan axborotni bermagan taqdirda auditorlik tekshiruvini oʻtkazishdan bosh tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda auditorlar va boshqa mutaxassislarni ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini olib borish davrida mikrokredit tashkilotiga buxgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish, tiklash, olib borish hamda moliyaviy hisobotni tayyorlashdan tashqari professional xizmatlar koʻrsatish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Auditorlik tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablari va shartlariga amal qilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkilotining talabiga koʻra auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha qonun hujjatlaridagi talablar, auditorning fikr-mulohazalari asoslanadigan huquqiy normalar toʻgʻrisida axborot taqdim etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarni sir saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik hisobotida moliya-xoʻjalik operatsiyalarining qonuniyligini buzish holatlari va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni aks ettirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkiloti faoliyatini auditdan oʻtkazgan auditorlik tashkiloti mikrokredit tashkilotiga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yetkazganligini tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda, bu haqda mikrokredit tashkiloti rahbariyatiga, mulkdoriga, taʼsischilarining umumiy yigʻilishiga maʼlum qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni kiritishga majbur. Zarur hollarda, auditorlik tekshiruvining natijalarini maʼlum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼsischilarning umumiy yigʻilishi chaqirilishini talab qilishi;
(17-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 8-iyundagi 12/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2379-1, 24.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 26-son, 340-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlar ishining sifati nazorat qilinishini taʼminlashi shart;
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 8-iyundagi 12/8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2379-1, 24.06.2013-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 26-son, 340-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda auditorlik tashkilotining mustaqilligi va xolisligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini oʻtkazish jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi natijalari boʻyicha mikrokredit tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlashlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organiga tavsiyalar kiritishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi jarayonida mikrokredit tashkilotining buxgalteriya hisobi va ichki nazorati ahvoli, moliyaviy hisobotlari, kredit portfelini tahlil qilish, berilgan kreditlar boʻyicha zaxiralar hajmiga, tavakkalchilik va likvidlilik koʻrsatkichlariga baho berish hamda uning faoliyati qonun hujjatlariga, shu jumladan Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga mosligini tahlil qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Auditorlik tashkiloti auditorlari mikrokredit tashkilotidan mustaqil boʻlishlari lozim, yaʼni tekshirilayotgan mikrokredit tashkiloti rahbarlari va (yoki) boshqa mansabdor shaxslar bilan yaqin qarindosh boʻlgan, ushbu tashkilotlarda mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlari boʻlgan shaxslarga hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Auditorlik hisoboti va xulosasiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Auditorlik tekshiruvi natijasi boʻyicha auditorlik tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organiga qonun hujjatlariga muvofiq tayyorlangan auditorlik xulosasi va auditorlik hisoboti taqdim etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Auditorlik tekshiruvi mikrokredit tashkiloti ishtirokchilari (aksiyadorlari) yoki nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qilish organlari topshirigʻiga binoan auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkazilayotgan boʻlsa, auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvi topshirigʻiga binoan oʻtkazilayotgan shaxsga ham taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mikrokredit tashkilotining yillik moliyaviy hisoboti auditorlik xulosasiga uzviy bogʻliq hujjat boʻlib, u xulosaga ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mikrokredit tashkilotining quyidagi moliyaviy hisobotlari auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balans hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida jamlanma hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy hisob siyosatlari va tushuntiruvchi izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Auditorlik hisoboti oʻz ichiga quyidagilarni qamrab olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot holatini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi qismni, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobotini yuritishda va moliyaviy hisobotni tayyorlashda belgilangan tartiblarni buzilish holatlari aniqlanganda, ularni tavsiflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) moliya-xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishda mikrokredit tashkilotining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapitali yetarliligiga baho berish, shuningdek ustav kapitalini oʻz vaqtida va toʻliq shakllantirishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlari va xarajatlari tahlili, shu jumladan soliq qonunchiligi talablariga rioya qilinishi tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit portfeliga baho berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish hamda hisobdan chiqarish siyosatiga baho berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf-xatarlarni boshqarishi boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat tizimiga baho berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvi yuzasidan berilgan tavsiyalarning bajarishi toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻtkaziladigan tekshiruvlar boʻyicha barcha hisobotlarda mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi faoliyati baholanishini, tavsiya qilingan tuzatishlar, aniqlangan kamchiliklar va qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etishga doir tavsiyalarni tasdiqlaydigan hujjatlarning toʻliq roʻyxatini oʻz ichiga oladigan yakuniy qism boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini oʻtkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 8-iyundagi 12/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2379-1, 24.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 26-son, 340-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Auditorlik xulosasi auditorlik tekshiruvini oʻtkazgan auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 6-fevraldagi 2/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2379-2, 18.02.2016-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 71-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Hisobotlar bevosita mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organiga koʻrib chiqish va keyinchalik tasdiqlash uchun taqdim etilishi lozim. Hisobot nusxalari tasdiqlangandan keyin mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organiga ijro qilish uchun berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobot tayyorlanishi va buning uchun auditorlik tashkilotini jalb qilinishi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mikrokredit tashkiloti faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazgan auditorlik tashkilotlari mikrokredit tashkiloti va boshqa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda mirokredit tashkilotining boshqa moliyaviy axboroti toʻgʻrisida notoʻgʻri yakundan iborat boʻlgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Auditorlik tekshiruvini sifatsiz oʻtkazganlik yoki lozim darajada oʻtkazmaganlik oqibatida mikrokredit tashkiloti va (yoki) auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik tashkiloti tomonidan qoplanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 341-modda; 2013-y., 26-son, 340-modda; 2016-y., 7-son, 71-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2018-y., 10/18/2379-3/2275-son; 20.03.2020-y., 10/20/2379-4/0354-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)