Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI TASHKILIY TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining boshqaruv tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent islom universiteti qoshidagi Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 4-iyul,
193-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 193-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining
TUZILMASI
Izoh: universitet mutaxassislarining umumiy cheklangan soni (shtat birliklari oʻrnatilgan meʼyorlar bilan belgilanadigan tarkibiy boʻlinmalardan tashqari) — 71, shu jumladan, maʼmuriy-boshqaruv xodimlar soni — 35,5.
* shtat birliklari soni hamda Markazni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar hajmi Davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari asosida aniqlanadi.
** universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan saqlanadi.
*** faqat shtat birliklari mehnatiga haq toʻlash budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
**** xodimlar soni belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 193-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Toshkent islom universiteti qoshidagi Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi
TUZILMASI
Izoh: shtat birliklari soni hamda markazni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar hajmi Davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan Davlat budjet mablagʻlari asosida aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 193-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent islom universiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1999-yil 6-maydagi 224-son qaroriga 1 va 4-ilovalar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent islom universiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 224-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2000-yil 16-maydagi 190-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 28-son, 312-modda; 2017-y., 37-son, 998-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)