Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
AHOLI PUNKTLARINI BORISh QIYIN BOʻLGAN VA TOGʻLI HUDUDLAR TARKIBIGA KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1868-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 41-son, 449-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 14-oktabrdagi 101, 113 va 2008-43-sonli qarori (roʻyxat raqami 1868, 2008-yil 11-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 46-son, 458-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlar tarkibiga kiritish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaning 4-bandidan “, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-iyun,
47-son
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi S. ARABOV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-iyun,
66-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-iyun,
2012-18-son
Kelishilgan
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2012-yil 18-iyun,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 304-modda)