18.12.2009 yildagi 204-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi normalarining toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiy sudlarning (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) eʼtibori iqtisodiy sud ish yurituvi ishtirokchilari tomonidan kelishuv bitimini tuzish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinishiga qaratilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlar inobatga olishlari lozimki, kelishuv bitimi deganda, oʻzaro kelishishga asoslangan, daʼvo talabi (talablari)ga nisbatan aniqlikka erishishga qaratilgan, nizoni hal qilish toʻgʻrisidagi taraflarning yozma kelishuvi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. IPK 163-moddasi birinchi qismining 8-bandiga muvofiq sud ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida taraflarni murosaga keltirish choralarini koʻradi. Shu munosabat bilan daʼvo arizasini qabul qilish va ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimda sudning taraflarga nizoni kelishish yoʻli bilan hal etish haqidagi taklifi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 16-bobi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalarining mazmunidan sud taraflarni murosaga keltirishga koʻmaklashishi lozimligi, taraflar va nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar esa sudning har qanday instansiyasida hamda sud hujjatini ijro etishda ham kelishuv bitimini tuzishlari mumkinligi kelib chiqadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Taraflar sud muhokamasi davomida kelishuv bitimi tuzish istagini bildirgan holda, sud taraflarga ushbu sud majlisida kelishuv bitimi tuzishni taklif etishi yoki taraflar kelishuv bitimi shartlarini ishlab chiqishlari uchun ularga imkoniyat bergan holda, ishni koʻrishni boshqa muddatga qoldirishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala sud majlisida koʻrib chiqiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida IPK normalarining talablariga muvofiq xabardor qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlarga kelishuv bitimining shakli va mazmuni, uni tuzish tartibiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilgan holda tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash sudning huquqi emas, balki majburiyati ekanligi tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartli tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. IPK 50-moddasining birinchi qismida davlat organlari va boshqa organlar oʻzlarining vakolatlari doirasida davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida daʼvo taqdim etishlari mumkinligi nazarda tutilgan. Daʼvo taqdim etgan mazkur organlar daʼvogarning kelishuv bitimi tuzish huquqidan tashqari barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaati koʻzlangan shaxs davlat organi yoki boshqa organ tomonidan berilgan daʼvo boʻyicha javobgar bilan kelishuv bitimi tuzishga haqli. Bunday holda davlat organi yoki boshqa organning kelishuv bitimini tuzishda ishtiroki talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. IPK 132-moddasining birinchi qismiga muvofiq kelishuv bitimi yozma shaklda rasmiylashtiriladi va taraflar yoki kelishuv bitimini tuzish vakolati maxsus nazarda tutilgan IPK 63-moddasining talablariga muvofiq berilgan ishonchnoma mavjud boʻlgan holda, ularning vakillari tomonidan imzolanadi. Bunday ishonchnoma kelishuv bitimiga ilova qilinishi va ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kelishuv bitimi mazkur bitimni tuzgan shaxslar sonidan bittaga ortiq nusxada tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan bittasi ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlar inobatga olishlari lozimki, kelishuv bitimining mazmuni IPKning 132-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi va uning shartlari aniq, ravshan bayon qilinishi va uning ijro etilishida kelishuv bitimining mazmuni boʻyicha har xil talqin qilinishiga va kelgusida nizolarning kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi taraflarning bir-biri oldidagi oʻzaro majburiyatlarining shartlari, miqdori va bajarish muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kelishuv bitimi shartlarini koʻrib chiqishda sudning vazifasi taraflarning kelishuv bitimini tuzish va ish yuritishni tugatishga boʻlgan haqiqiy xohish-irodasini, ular tomonidan kelishuv bitimi tuzilayotganida qonun talablari bajarilganligini aniqlash va kelgusida kelishuv bitimini sud hujjatlari bilan teng shartlarda ijro qilinishini taʼminlashdan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sud kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilayotganida taraflar taqdim etgan kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof emasligini va u boshqa biror-bir shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini, agar kelishuv bitimi koʻchar yoki koʻchmas mulkni berish toʻgʻrisidagi shartni oʻz ichiga olsa, sud ushbu mulkka uchinchi shaxslarning huquqlari bor-yoʻqligini (xatlab qoʻyilganligini, garovga qoʻyilganligini va h.k.) tekshirishi lozim. Koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda, sud IPK 134-moddasiga muvofiq kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi va ishni mazmunan koʻrib chiqadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlar kelishuv bitimi huquqiy tabiatiga koʻra bitim ekanligini va kelishuvning qonun hujjatlariga muvofiqligini oʻrganishda uni tuzish tartibini ham tekshirishlari lozimligini hisobga olishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kelishuv bitimining tarafi aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyati boʻlsa, mazkur kelishuv yirik bitim belgilariga javob berishini, u “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibga muvofiq tuzilganligini aniqlash talab qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.1. FK 179-moddasining birinchi qismiga asosan davlat korxonasi oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkni mulkdorning roziligi bilangina boshqa shaxsga berishga yoki uni boshqacha usulda tasarruf etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasida davlatga toʻla yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda baholash oʻtkazilishi majburiyligi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, sudlar kelishuv bitimini tasdiqlash masalasini koʻrib chiqishda kelishuv bitimi obyekti davlat mulki boʻlsa tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan vakolatli davlat organining roziligi olinganligiga va obyekt baholanganligiga eʼtibor qaratishi lozim.
(14.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 17-iyundagi 299-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sud tomonidan kelishuv bitimining tasdiqlanishi ish yuritishni tugatishga asos boʻladi (IPK 110-moddasining 7-bandi va 133-moddasi).
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi sud ajrimining xulosa qismida uning barcha shartlari bayon etilishi lozim. Bunda taraflarning sud xarajatlarini taqsimlash boʻyicha kelishuvning mavjud emasligi kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etishga asos boʻlmasligini inobatga olishi kerak. Bunday holda, sud xarajatlarini taqsimlash masalasini sud IPK 118-moddasining qoidalari asosida hal qiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kelishuv bitimini tasdiqlash va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi sud hujjati ustidan IPKda belgilangan umumiy tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agar kelishuv bitimining tarafi, kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlangandan soʻng kelishuv bitimi shartlarini qayta koʻrib chiqishga va (yoki) kelishuv bitimini ijro etishdan bosh tortishga qaratilgan daʼvo bilan murojaat qilsa, sud IPK 173-moddasining ikkinchi qismini qoʻllab, bunday talablarni qanoatlantirishni rad etishi lozim.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimini taraflar oʻzaro bekor qilib yoki uni shartlarini oʻzgartirib, sudga yangi tahrirdagi kelishuv bitimini tasdiqlash uchun taqdim etsa, sud bunday arizani qanoatlantirishni rad etish haqida ajrim chiqaradi va bunday ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 17-iyundagi 299-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kelishuv bitimi taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda ijro etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimining unda belgilangan tartib va muddatlarda ijro etilmasligi sud tomonidan manfaatdor tarafning arizasi boʻyicha ijro varaqasi berish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ijro varaqasini berish masalasi sud tomonidan taraflar chaqirilmasdan IPKning V boʻlimi qoidalari boʻyicha koʻriladi. Zarurat tugʻilganda sud ijro varaqasi berish masalasini sud majlisida koʻrib chiqishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasining mazmuni IPKning 337-moddasi talablariga javob berishi kerak va u IPK 338-moddasining birinchi qismida belgilangan muddat ichida ijroga taqdim etilishi lozim.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sudlar inobatga olishlari lozimki, agar taraflar kelishuv bitimini sud hujjatini majburiy ijro etish davomida tuzgan boʻlsalar, kelishuv bitimi hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ijro ishi yuritilishida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ariza sudlar tomonidan taraflar sud majlisi toʻgʻrisida xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 37-moddasi ikkinchi qismining 2-bandiga binoan ijro ishi yuritish davomida tuzilgan kelishuv bitimining tasdiqlanishi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni tugatish uchun asos boʻladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha kelishuv bitimini tuzish va uni sud tomonidan tasdiqlash tartibi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204-son