18.12.2009 yildagi 204-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.12.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik sudlarining (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) eʼtibori xoʻjalik protsessi ishtirokchilari tomonidan kelishuv bitimini tuzish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinishiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlar inobatga olishlari lozimki, kelishuv bitimi deganda, oʻzaro kelishishga asoslangan, daʼvo talabi (talablari)ga nisbatan aniqlikka erishishga qaratilgan, nizoni hal qilish toʻgʻrisidagi taraflarning yozma kelishuvi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudlarga tushuntirilsinki, agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha kelishuv bitimi tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. XPK 122-moddasi birinchi qismining 9-bandiga muvofiq sud ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida taraflarni murosaga keltirish choralarini koʻradi. Shu munosabat bilan daʼvo arizasini qabul qilish va ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimda sudning taraflarga nizoni kelishish yoʻli bilan hal etish haqidagi taklifi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 40, 41 va 122-moddalarining, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalarining mazmunidan sud taraflarni murosaga keltirishga koʻmaklashishi lozimligi, taraflar va nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar esa sudning har qanday instansiyasida hamda sud hujjatini ijro etishda ham kelishuv bitimini tuzishlari mumkinligi kelib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Taraflar sud muhokamasi davomida kelishuv bitimi tuzish istagini bildirgan holda, sud taraflarga ushbu sud majlisida kelishuv bitimi tuzishni taklif etishi yoki taraflar kelishuv bitimi shartlarini ishlab chiqishlari uchun ularga imkoniyat bergan holda, ishni koʻrishni boshqa muddatga qoldirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala sud majlisida koʻrib chiqiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida XPK normalarining talablariga muvofiq xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlarga kelishuv bitimining shakli va mazmuni, uni tuzish tartibiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilgan holda tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash sudning huquqi emas, balki majburiyati ekanligi tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartli tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. XPK 44-moddasining birinchi qismida davlat organlari va boshqa organlar oʻzlarining vakolatlari doirasida davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida daʼvo taqdim etishlari mumkinligi nazarda tutilgan. Daʼvo taqdim etgan mazkur organlar daʼvogarning kelishuv bitimi tuzish huquqidan tashqari barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaati koʻzlangan shaxs davlat organi yoki boshqa organ tomonidan berilgan daʼvo boʻyicha javobgar bilan kelishuv bitimi tuzishga haqli. Bunday holda davlat organi yoki boshqa organning kelishuv bitimini tuzishda ishtiroki talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kelishuv bitimi yozma shaklda rasmiylashtiriladi va taraflar yoki kelishuv bitimini tuzish vakolati maxsus nazarda tutilgan XPK 52-moddasining talablariga muvofiq berilgan ishonchnoma mavjud boʻlgan holda, ularning vakillari tomonidan imzolanadi. Bunday ishonchnoma kelishuv bitimiga ilova qilinishi va ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kelishuv bitimi mazkur bitimni tuzgan shaxslar sonidan bittaga ortiq nusxada tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan bittasi ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlar inobatga olishlari lozimki, kelishuv bitimining shartlari aniq, ravshan bayon qilinishi va uning ijro etilishida kelishuv bitimining mazmuni boʻyicha har xil talqin qilinishiga va kelgusida nizolarning kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi taraflarning bir-biri oldidagi oʻzaro majburiyatlarining shartlari, miqdori va bajarish muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi, xususan: majburiyatlar bajarilishining kechiktirilishi yoki boʻlib-boʻlib bajarilishi toʻgʻrisidagi; qarzni, neustoykani tan olish yoki ularning miqdorini kamaytirish toʻgʻrisidagi; sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kelishuv bitimi shartlarini koʻrib chiqishda sudning vazifasi taraflarning kelishuv bitimini tuzish va ish yuritishni tugatishga boʻlgan haqiqiy xohish-irodasini, ular tomonidan kelishuv bitimi tuzilayotganida qonun talablari bajarilganligini aniqlash va kelgusida kelishuv bitimini sud hujjatlari bilan teng shartlarda ijro qilinishini taʼminlashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sud kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilayotganida taraflar taqdim etgan kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof emasligini va u boshqa biror-bir shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini, agar kelishuv bitimi koʻchar yoki koʻchmas mulkni berish toʻgʻrisidagi shartni oʻz ichiga olsa, sud ushbu mulkka uchinchi shaxslarning huquqlari bor-yoʻqligini (xatlab qoʻyilganligini, garovga qoʻyilganligini va h.k.) tekshirishi lozim. Koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda, sud XPK 40-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi va ishni mazmunan koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlar kelishuv bitimi huquqiy tabiatiga koʻra bitim ekanligini va kelishuvning qonun hujjatlariga muvofiqligini oʻrganishda uni tuzish tartibini ham tekshirishlari lozimligini hisobga olishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kelishuv bitimining tarafi aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyati boʻlsa, mazkur kelishuv yirik bitim belgilariga javob berishini, u “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibga muvofiq tuzilganligini aniqlash talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sud tomonidan kelishuv bitimining tasdiqlanishi ish yuritishni tugatishga asos boʻladi (XPK 86-moddasining 7-bandi va 132-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sud muhokamasi tugaganidan soʻng va ijro ishi qoʻzgʻatilgunga qadar sudga kelishuv bitimini tasdiqlash haqida ariza kelib tushganda, sudlar bunday ariza koʻrilmasligini hisobga olishlari lozim, chunki ariza sudda ish yuritish bosqichidan tashqarida berilgan hisoblanadi. Bunday holda XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandi qoʻllanilib, arizani qabul qilish rad etilishi lozim. Agar koʻrsatib oʻtilgan holat ariza ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlangan boʻlsa, ariza boʻyicha ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandi qoʻllanilib, tugatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi sud ajrimining xulosa qismida uning barcha shartlari bayon etilishi lozim. Bunda taraflarning sud xarajatlarini taqsimlash boʻyicha kelishuvning mavjud emasligi kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etishga asos boʻlmasligini inobatga olishi kerak. Bunday holda, sud xarajatlarini taqsimlash masalasini sud XPK 95-moddasining qoidalari asosida hal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kelishuv bitimini tasdiqlash va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi sud hujjati ustidan XPKda belgilangan umumiy tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agar kelishuv bitimining tarafi, kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlangandan soʻng kelishuv bitimi shartlarini qayta koʻrib chiqishga va (yoki) kelishuv bitimini ijro etishdan bosh tortishga qaratilgan daʼvo bilan murojaat qilsa, sud XPK 60-moddasining ikkinchi qismini qoʻllab, bunday talablarni qanoatlantirishni rad etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kelishuv bitimi taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda ijro etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimining unda belgilangan tartib va muddatlarda ijro etilmasligi sud tomonidan manfaatdor tarafning arizasi boʻyicha ijro varaqasi berish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ijro varaqasini berish masalasi sud tomonidan taraflar chaqirilmasdan XPKning IV boʻlimi qoidalari boʻyicha koʻriladi. Zarurat tugʻilganda sud ijro varaqasi berish masalasini sud majlisida koʻrib chiqishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi XPKning 212-moddasi talablariga javob berishi kerak va XPK 213-moddasining birinchi qismida belgilangan muddat ichida ijroga taqdim etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sudlar inobatga olishlari lozimki, agar taraflar kelishuv bitimini sud hujjatini majburiy ijro etish davomida tuzgan boʻlsalar, kelishuv bitimi hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ijro ishi yuritilishida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ariza sudlar tomonidan taraflar sud majlisi toʻgʻrisida xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrim ijro varaqasini berishga asos boʻlgan sud hujjatlari ijro qilinmasligi haqida koʻrsatmani oʻz ichiga olishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 37-moddasi ikkinchi qismining 2-bandiga binoan ijro ishi yuritish davomida tuzilgan kelishuv bitimining tasdiqlanishi sud ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni tugatish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha kelishuv bitimini tuzish va uni sud tomonidan tasdiqlash tartibi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204-son