Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziRINING
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
SOLIQ MASLAHATI MILLIY STANDARTI (2-SONLI SMMS) “SOLIQ MASLAHATI BOʻYICHA HISOBOT va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini TUZISH VA MIJOZGA (ISHONCH BILDIRUVCHIGA) TAQDIM ETISH TARTIBI”NI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-avgustdagi 126-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-1 11.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1011-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 497-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011—2015-yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PQ-1438-son qarorining 2-ilovasining 61-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 48-son, 442-modda) muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha hisobot va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-avgustdagi 126-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-1 11.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1011-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-may,
44-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 44-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq maslahati boʻyicha hisobot va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-avgustdagi 126-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-1 11.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1011-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) (keyingi oʻrinlarda standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 497-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida soliq maslahati boʻyicha faoliyatni normativ tartibga solishning elementi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
I bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu standartning maqsadi mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan soliq maslahati boʻyicha hisobot va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va taqdim etish tartibini belgilash hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-avgustdagi 126-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-1 11.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1011-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur standartning talablari barcha soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan qoʻllanilishi majburiydir.
II bob. Soliq maslahati boʻyicha hisobot
3. Soliq maslahati boʻyicha hisobot (keyingi oʻrinlarda hisobot deb yuritiladi) – soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb yuritiladi) bajarish natijalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etiladigan hujjatdir.
4. Hisobot yozma shaklda tuziladi va shartnomani bajarish davomida soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan tayyorlangan xulosa va tavsiyalarni tasdiqlash uchun asos boʻlib hisoblanadi.
5. Hisobot tarkibi shartnomaning predmetiga va soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatish muddati davomiyligiga bogʻliq. Hisobot erkin shaklda tuziladi va majburiy tartibda quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
nomi – “Soliq maslahati boʻyicha hisobot”;
mijozning (ishonch bildiruvchining) manzili, nomi yoki F.I.O.;
hisobotni tuzish uchun asos boʻlgan shartnomaning predmeti, raqami va sanasi;
shartnomani bajarishda ishtirok etgan soliq maslahatchisi(lari) toʻgʻrisida maʼlumotlar (F.I.O., soliq maslahatchisi sertifikatining raqami va berilgan sanasi).
6. Soliq maslahati boʻyicha bir martalik (bir yoʻla) xizmat koʻrsatish va muayyan muddat davomida xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha hisobotda ushbu standartning 5-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari shartnomada koʻrsatib oʻtilgan savol yoki muammoning mazmuni, koʻrsatilgan savolga (muammoga) taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyxati va vakolatli organlarning tushuntirishlari, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan savolning (muammoning) yechimi boʻyicha tavsiyalar koʻrsatiladi.
Agar mijozga (ishonch bildiruvchiga) xizmat koʻrsatishda yozma ravishda tushuntirishlar taqdim etilgan boʻlsa, hisobotda faqatgina tushuntirishlarning raqami va sanasi koʻrsatilib, ularning nusxalari ilova qilinadi.
7. Mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini ifoda etish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha hisobotda ushbu standartning 5-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari soliq maslahatchisi tomonidan mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini ifoda etishda davlat soliq xizmati organlarida, huquqni muhofaza qilish va boshqa nazorat qiluvchi organlarda, shuningdek sudda amalga oshirilgan harakatlar va erishilgan natijalar koʻrsatiladi.
8. Shartnoma shartlariga muvofiq hisobot boshqa maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
III bob. Hisobotni tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
9. Hisobotning har bir beti soliq maslahatini amalga oshirgan soliq maslahatchisi tomonidan imzolanadi, hisobot soliq maslahatchilari tashkiloti rahbarining imzosi va mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-avgustdagi 126-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-1 11.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1011-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Hisobot mijozga (ishonch bildiruvchiga) shartnomada belgilangan muddatlarda shaxsan olib borib berish, pochtadan buyurtma xat orqali yoki elektron hujjat tarzida taqdim etiladi.
11. Mijoz (ishonch bildiruvchi) hisobotni shartnomada belgilangan muddatlarda olganidan soʻng soliq maslahatchilari tashkilotini hisobotni mazmun jihatdan toʻliq ravishda qabul qilib olganligi toʻgʻrisida yohud ayrim masalalarga aniqlik kiritish lozimligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Agar shartnomada hisobotni qabul qilish muddatlari koʻrsatilmagan boʻlsa, hisobot topshirilgan sanadan boshlab oʻn kun oʻtgach qabul qilingan hisoblanadi.
12. Hisobotdagi axborot maxfiydir va taraflar tomonidan oshkor qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
III1 bob. Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi
Keyingi tahrirga qarang.
121. Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi (keyingi oʻrinlarda xulosa deb yuritiladi) soliq maslahatchilari tashkilotining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, toʻlash, soliq solish bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarni aniqlash va hisobini yuritish toʻgʻrisidagi fikrini oʻz ichiga oluvchi yozma shaklda ifodalangan hujjatdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Xulosa hisobot asosida tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
122. Xulosa erkin shaklda tuziladi va majburiy tartibda quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
nomi — “Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi”;
Keyingi tahrirga qarang.
mijozning (ishonch bildiruvchining) manzili, nomi yoki F.I.O.;
tuzilayotgan xulosaga asos boʻlgan hisobot sanasi;
Keyingi tahrirga qarang.
shartnomani bajarishda ishtirok etgan soliq maslahatchisi(lari) toʻgʻrisida maʼlumotlar (F.I.O., soliq maslahatchisi sertifikatining raqami va berilgan sanasi).
123. Xulosada soliq maslahatchilari tashkilotining shartnoma predmeti boʻyicha asoslangan fikri aniq bayon etilishi kerak.
(III1 bob Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-avgustdagi 126-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2375-1 11.09.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1011-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
III2 bob. Xulosani tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish
124. Xulosa soliq maslahatchisi (soliq maslahatchilari), soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanishi va mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanishi kerak.
125. Xulosa mijozga (ishonch bildiruvchiga) shartnomada belgilangan muddatlarda shaxsan olib borib berish, pochtadan buyurtma xat orqali yoki elektron hujjat tarzida taqdim etiladi.
(III2 bob Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-avgustdagi 126-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2375-1 11.09.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1011-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
IV bob. Hisobot va xulosaning mazmuni uchun javobgarlik
(IV bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-avgustdagi 126-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-1 11.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1011-modda)
13. Soliq maslahatchilari tashkiloti, oʻzining fikriga koʻra, huquqiy jihatdan xatar yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan hujjatlarni va maʼlumotlarni isbot sifatida foydalanmaslik huquqiga ega va bu haqida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarni koʻrsatgan holda mijozga (ishonch bildiruvchiga) xabar beradi.
14. Soliq maslahatchilari tashkiloti koʻrsatilgan xizmati oqibatlari uchun javobgar boʻlmaydi, agarda bunday oqibatlar mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilinishi natijasida yuzaga kelgan boʻlsa.
15. Soliq maslahatchilari tashkiloti mijozni (ishonch bildiruvchini) tuzilgan shartnomaga muvofiq soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatish davomida yuzaga keladigan barcha ahamiyatli boʻlgan huquqiy jihatdan xatarlar toʻgʻrisida ogohlantirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Soliq maslahatchilari tashkiloti qonun hujjatlari talablariga yoki shartnomaga mos kelmaydigan hisobot va xulosa tuzganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-avgustdagi 126-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-1 11.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1011-modda)
Keyingi tahrirga qarang.