Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziRINING
buyrugʻi
SOLIQ MASLAHATI MILLIY STANDARTI (2-SONLI SMMS) “SOLIQ MASLAHATI BOʻYICHA HISOBOT TUZISH VA MIJOZGA (ISHONCH BILDIRUVCHIGA) TAQDIM ETISH TARTIBI”NI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 497-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011—2015-yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PQ-1438-son qarorining 2-ilovasining 61-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 48-son, 442-modda) muvofiq buyuraman:
1. Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha hisobot tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-may,
44-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 44-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS)
Soliq maslahati boʻyicha hisobot tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) (keyingi oʻrinlarda standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 497-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida soliq maslahati boʻyicha faoliyatni normativ tartibga solishning elementi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu standartning maqsadi mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan soliq maslahati boʻyicha hisobot tuzish va taqdim etish tartibini belgilash hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur standartning talablari barcha soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan qoʻllanilishi majburiydir.
II bob. Soliq maslahati boʻyicha hisobot
3. Soliq maslahati boʻyicha hisobot (keyingi oʻrinlarda hisobot deb yuritiladi) – soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb yuritiladi) bajarish natijalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etiladigan hujjatdir.
4. Hisobot yozma shaklda tuziladi va shartnomani bajarish davomida soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan tayyorlangan xulosa va tavsiyalarni tasdiqlash uchun asos boʻlib hisoblanadi.
5. Hisobot tarkibi shartnomaning predmetiga va soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatish muddati davomiyligiga bogʻliq. Hisobot erkin shaklda tuziladi va majburiy tartibda quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
nomi – “Soliq maslahati boʻyicha hisobot”;
mijozning (ishonch bildiruvchining) manzili, nomi yoki F.I.O.;
hisobotni tuzish uchun asos boʻlgan shartnomaning predmeti, raqami va sanasi;
shartnomani bajarishda ishtirok etgan soliq maslahatchisi(lari) toʻgʻrisida maʼlumotlar (F.I.O., soliq maslahatchisi sertifikatining raqami va berilgan sanasi).
6. Soliq maslahati boʻyicha bir martalik (bir yoʻla) xizmat koʻrsatish va muayyan muddat davomida xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha hisobotda ushbu standartning 5-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari shartnomada koʻrsatib oʻtilgan savol yoki muammoning mazmuni, koʻrsatilgan savolga (muammoga) taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyxati va vakolatli organlarning tushuntirishlari, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan savolning (muammoning) yechimi boʻyicha tavsiyalar koʻrsatiladi.
Agar mijozga (ishonch bildiruvchiga) xizmat koʻrsatishda yozma ravishda tushuntirishlar taqdim etilgan boʻlsa, hisobotda faqatgina tushuntirishlarning raqami va sanasi koʻrsatilib, ularning nusxalari ilova qilinadi.
7. Mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini ifoda etish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha hisobotda ushbu standartning 5-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari soliq maslahatchisi tomonidan mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini ifoda etishda davlat soliq xizmati organlarida, huquqni muhofaza qilish va boshqa nazorat qiluvchi organlarda, shuningdek sudda amalga oshirilgan harakatlar va erishilgan natijalar koʻrsatiladi.
8. Shartnoma shartlariga muvofiq hisobot boshqa maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
III bob. Hisobotni tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish
9. Soliq maslahati boʻyicha hisobotning har bir beti soliq maslahatini amalga oshirgan soliq maslahatchisi tomonidan imzolanadi, hisobot soliq maslahatchilari tashkiloti rahbarining imzosi va mazkur tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Hisobot mijozga (ishonch bildiruvchiga) shartnomada belgilangan muddatlarda shaxsan olib borib berish, pochtadan buyurtma xat orqali yoki elektron hujjat tarzida taqdim etiladi.
11. Mijoz (ishonch bildiruvchi) hisobotni shartnomada belgilangan muddatlarda olganidan soʻng soliq maslahatchilari tashkilotini hisobotni mazmun jihatdan toʻliq ravishda qabul qilib olganligi toʻgʻrisida yohud ayrim masalalarga aniqlik kiritish lozimligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Agar shartnomada hisobotni qabul qilish muddatlari koʻrsatilmagan boʻlsa, hisobot topshirilgan sanadan boshlab oʻn kun oʻtgach qabul qilingan hisoblanadi.
12. Hisobotdagi axborot maxfiydir va taraflar tomonidan oshkor qilinishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV bob. Soliq maslahati boʻyicha hisobot mazmuni uchun javobgarlik
Keyingi tahrirga qarang.
13. Soliq maslahatchilari tashkiloti, oʻzining fikriga koʻra, huquqiy jihatdan xatar yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan hujjatlarni va maʼlumotlarni isbot sifatida foydalanmaslik huquqiga ega va bu haqida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarni koʻrsatgan holda mijozga (ishonch bildiruvchiga) xabar beradi.
14. Soliq maslahatchilari tashkiloti koʻrsatilgan xizmati oqibatlari uchun javobgar boʻlmaydi, agarda bunday oqibatlar mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilinishi natijasida yuzaga kelgan boʻlsa.
15. Soliq maslahatchilari tashkiloti mijozni (ishonch bildiruvchini) tuzilgan shartnomaga muvofiq soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatish davomida yuzaga keladigan barcha ahamiyatli boʻlgan huquqiy jihatdan xatarlar toʻgʻrisida ogohlantirishi shart.
16. Soliq maslahatchilari tashkiloti qonun hujjatlari talablariga yoki shartnomaga mos kelmaydigan hisobot tuzganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.
Keyingi tahrirga qarang.