Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2005 02.08.2000 yildagi PF-2676-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-son“Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublika bozorlarida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, raqobatni rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, bozorlarni monopollashtirishga urinishlarga yoʻl qoʻymaslik, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi monopoliyaga qarshi tartibga solish tizimini takomillashtirish maqsadida, shuningdek, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish manfaatlarini koʻzlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada sogʻlom raqobat muhitini yaratish uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlarni, mustahkam huquqiy bazani shakllantiruvchi va muvofiqlashtiruvchi markaz funksiyalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi raqobat qonunlarini, umumiy qabul qilingan normalar va qoidalarni samarali amalga oshirishni taʼminlovchi monopoliyaga qarshi tartibga solishning kuchli tizimini barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insofsiz raqobatchilar tomonidan tovar va moliya bozorlarini, birinchi navbatda, isteʼmol tovarlari bozorlarini monopollashtirish yuzasidan har qanday urinishlarning oldini olish, ularni cheklash va ularga barham berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyadan chiqarish boʻyicha respublika, tarmoq va mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek, oʻz vakolati doirasida tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopol birlashmalar (korxonalar)ning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlari narxlari monitoringini oʻtkazish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda narxlarning asossiz ravishda oʻsib ketishiga, ichki bozorda sifatsiz isteʼmol tovarlari sotilishi va xizmatlar koʻrsatilishiga olib keluvchi insofsiz raqobatning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi negizida tashkil etiladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahrida — viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari negizida tashkil etiladigan monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining oʻz vakolati doirasida qabul qilinadigan qarorlari vazirliklar, idoralar, joylardagi hokimiyat organlari, muassasalar va tashkilotlar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlariga, joylardagi hokimiyat organlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga oʻz vakolatlari doirasida qarorlar (yozma koʻrsatmalar) berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va joylardagi hokimiyat organlari mansabdor shaxslariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda jarimalar solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopol faoliyat, isteʼmolchilar huquqlarini va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzish natijasida asossiz olingan mablagʻlarni (daromad, foydani), shuningdek, solingan jarimalarni va qoʻshilgan penyani xoʻjalik yurituvchi subyektlardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning ularning isteʼmolchilik huquqlari poymol qilinishi haqidagi arizalari va shikoyatlari boʻyicha bu huquqlarni buzgan korxonalar va tashkilotlarni (ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bundan mustasno) Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishgan holda tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari bilan birgalikda shahar va tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining shakllantirilishiga har tomonlama koʻmaklashsin, bozorlarda sifatsiz mahsulotlar paydo boʻlishining, tovarlar isteʼmol narxlarining va xizmatlarga tariflarning asossiz oʻsishiga olib keluvchi insofsiz raqobatning oldini olishda ularning rolini oshirishga yordamlashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xodimlariga ular tomonidan xizmat vazifalarini bajarishlarida koʻmaklashsinlar, Qoʻmita va uning hududiy organlari xodimlariga ularga yuklangan funksiyalarni bajarishda toʻgʻonoq boʻlayotgan mansabdor shaxslarning, ayrim fuqarolar xatti-harakatlarining oldini olsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 15-maydagi PF-1464-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, 1-bandning ikkinchi xatboshi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 2-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2676-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 240-modda)