2-ILOVA
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar |
|
2. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar |
|
3. |
“Mahalla” xayriya jamoat Fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, |
|
4. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar |
|
5. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar |
|
6. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar |
|
7. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar |
|
8. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar |
|
9. |
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpogʻiston Respublikasi, |
|
10. |
Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi hududiy boʻlimi rahbari |
|
11. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar |
|
12. |
Jamoatchilik vakillari |
|
13. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar |
3-ILOVA
| T/r | Tadbirlar | Masʼullar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati |
| I. Oila, mahalla, taʼlim muassasalari hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan metodologik asoslarni yaratish | ||||
| 1. | Ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi oʻrni, majburiyati, masʼuliyati va farzandlar bilan oʻzaro munosabatlarini mustahkamlashga doir uslubiy qoʻllanma va tavsiyalarni tayyorlash, joylarga yetkazish. | “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy- amaliy markazi, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIMM), “Kelajak ovozi” YOTM, “Kamolot” YOIH, manfaatdor vazirliklar va idoralar | 1. Uslubiy qoʻllanma va tavsiyalar loyihasini tayyorlash. | 2012-yil 20-iyul |
| 2. | Umumiy oʻrta taʼlim maktablari 1 — 4-sinflarida “Bola tarbiyasi — kelajak mevasi”, 5 — 7-sinflarida “Ilm ol — hunar oʻrgan!”, 8-9-sinflarida va Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim muassasalari 1-bosqichlarida “Tanlagan kasbing — sening kelajaging!” hamda 2-3-bosqichlarida “Yetuk mutaxassis — kelajak mevasi!” mavzularida “Otalar majlisi”ni oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va joriy etish. | Xalq taʼlimi vazirligi (XTV), Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (OʻMKHTM), “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YOIH manfaatdor vazirliklar va idoralar | 1. Tanlangan mavzular boʻyicha “Otalar majlisi”ni oʻtkazish tartibi loyihalarini tayyorlash. 2. Oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash va ijroga yoʻnaltirish. | 2012-yil 1-avgust 2012-yil sentabr |
| 3. | Yoshlarning psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, pedagoglar, psixologlar va huquqshunoslar hamkorligida oʻquvchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan huquqiy axborotlarni oʻz ichiga olgan buklet, maʼlumotnoma va tarqatma materiallar ishlab chiqish va joylarga yetkazish. | XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Davlat boshqaruvi akademiyasi (DBA), RBIMM, “Kelajak ovozi” YOTM, “Oila” ilmiy-amaliy markazi | Huquqiy bilimlarni oshirishga doir buklet, maʼlumotnoma va tarqatma materiallarni ishlab chiqish va joylarga yetkazish. | 2012-yil 30-avgust |
| 4. | Qizlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, salomatlik masalalari va balogʻat davri oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida “Orasta qiz yon daftarchasi” nomli qoʻllanmani ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi (SSV), “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro Fondi, “Kamolot “ YOIH, Adliya vazirligi, XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM | 1. “Orasta qiz yon daftarchasi” nomli qoʻllanma loyihasini tayyorlash. 2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish, chop etib joylarga yetkazish. | 2012-yil 20-avgust 2012-yil sentabrdan boshlab |
| II. “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” Jamoat kengashlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish | ||||
| 5. | “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashlarini tuzish. | XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM, IIV, SSV, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YOIH, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Kelajak ovozi” YOTM, QR Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashini tuzish. 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari huzurida “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligi hududiy jamoat kengashlarini tuzish. | 2012-yil iyul |
| 6. | Jamoat kengashi, ota-onalar tomonidan taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya sifatini oʻrganish va ularni yanada takomillashtirishga doir tadbirlarni amalga oshirishdagi faolligini oshirish. | “Mahalla” Fondi, XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YOIH “Oila” ilmiy-amaliy markazi, manfaatdor vazirliklar va idoralar | 1. Taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya sifatini tubdan oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalariga koʻra taʼlim muassasalaridan takliflar olish va ishlarni takomillashtirish choralarini koʻrish. 3. Ota-onalarning taʼlim-tarbiya sifatini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirishda faol qatnashishini taʼminlash. | 2012-yil 30-avgust 2012-yil sentabr muntazam ravishda |
| 7. | Taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, oʻquvchilar davomatini yaxshilash bilan bogʻliq masalalarda Jamoat kengashi va mahallaning oʻrnini kuchaytirish. | XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM, IIV, “Mahalla” Fondi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Kamolot” YOIH | 1. Taʼlim muassasalari rahbarlari, Jamoat kengashi, mahalla va ota-onalar hamkorligida taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish yoʻllari va oʻquvchilarning darsga qatnash davomatini uzviy tahlil qilib borish. 2. Dars qoldirgan, oʻqishga qatnamaydigan oʻquvchilar, ularning ota-onalari bilan tushuntirish va sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish. | 2012-yil sentabrdan boshlab muntazam ravishda |
| 8. | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yoshlar bilan ishlash komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish. | “Mahalla” Fondi, “Kamolot” YOIH, OOʻMTV, XTV, OʻMKHTM, Madaniyat va sport ishlari vazirligi | 1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yoshlar bilan ishlash komissiyasi faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrganish, vazifalarini aniq belgilash va samaradorligini yanada oshirish. 2. Tashabbuskor yoshlarni taʼlim-tarbiya masalalarini oʻrganishga jalb qilish va hisobotlarini eshitishni yoʻlga qoʻyish. | 2012-yil 20-iyuldan muntazam ravishda har chorakda |
| 9. | Taʼlim tizimidagi yutuqlar va islohotlar haqida ota-onalarning keng maʼlumotga ega boʻlishlarini taʼminlash maqsadida “Ota-onalar universiteti” faoliyatini kuchaytirish. | XTV, OʻMKHTM, “Mahalla” Fondi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Kamolot” YOIH, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. “Ota-onalar universiteti” faoliyati samaradorligini oshirish choralarini belgilash. 2. “Ota-onalar universiteti” faoliyatiga oid hisobotlarni eshitishni yoʻlga qoʻyish. | 2012-yil 20-avgust 2012-yil sentabrdan boshlab muntazam ravishda |
| 10. | Taʼlim muassasalari va mahallalarda “Oila — muqaddas tushuncha”, “Oilaviy anʼanalar”, “Mahalla va oila maʼnaviyatining mustahkamligi”, “Ota va ona — oila tayanchi”, “Oilada sharqona sadoqat” mavzularida suhbatlar va savol-javob kechalarini tashkil etish. | “Mahalla” Fondi, XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, RBIMM, “Kelajak ovozi” YOTM, “Kamolot” YOIH, Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi | 1. Soha mutaxassislari, malakali professor-oʻqituvchilar, oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari hamda namunali oilalar vakillaridan iborat targʻibot guruhlarini shakllantirish. 2. Targʻibot guruhlari uchun oʻquv seminari tashkil qilish. Ularni zarur qoʻllanma va maʼruza matnlari bilan taʼminlash. 3. Targʻibot guruhlari aʼzolarini hududlar boʻyicha taqsimlash va targʻibot ishlarini tashkil etish. 4. Tadbirlarni OAVlarda keng yoritish. | 2012-yil 30-iyun 2012-yil 30-iyul 2012-yil avgust muntazam ravishda |
| III. Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida gʻayriijtimoiy harakatlarning vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish | ||||
| 11. | Mahallalarda noqobil, notinch oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarning taʼlim-tarbiyasi hamda ularga har tomonlama ijtimoiy koʻmaklashish koʻlamini kengaytirish. | “Mahalla” Fondi, XTV, OʻMKHTM, IIV, Xotin-qizlar qoʻmitasi, RBIMM, “Kamolot” YOIH , “Oila” ilmiy-amaliy markazi | 1. Mahallalarda faol, el orasida hurmat qozongan ziyoli insonlarni hamda tegishli idoralar vakillarini jalb qilgan holda oilalarni oʻrganish, mavjud muammolarni aniqlash. 2. Muammolarning yechimini topishda koʻmaklashish hamda notinch oila farzandlarini oʻquv jarayoniga toʻliq jalb etish choralarini koʻrish. | 2012-yil 30-avgust muntazam ravishda |
| 12. | Oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni qiziqishlari boʻyicha kasb-hunarga yoʻnaltirish. | XTV, OʻMKHTM, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, RBIMM, “Kelajak ovozi” YOTM, “Kamolot” YOIH, SSV, Davlat soliq qoʻmitasi, IIV, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Mahallalar va taʼlim muassasalarida oʻquvchi-yoshlar uchun tashkil etilgan fan toʻgaraklari, sport seksiyalari faoliyatini oʻrganish, tarmogʻini kengaytirish orqali ommaviylikni taʼminlash. 2. Oʻquvchi-yoshlarni, ayniqsa qizlarni hududdagi usta-hunarmandlarga biriktirish, va ularni kasb-hunarga oʻrgatish ishlarini takomillashtirish. 3. Oʻquvchi-yoshlar tomonidan toʻgaraklarda tayyorlangan mahsulotlarning koʻrgazma savdosini tashkil etish, shu orqali ularda tadbirkorlik boʻyicha bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish. 4. Toʻgaraklarda egallangan bilim va koʻnikmalar asosida ularni kasb-hunar taʼlimi muassasalariga jalb etish tizimini mustahkamlash. | 2012-yil sentabrdan boshlab muntazam ravishda |
| 13. | Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik yoki boshqa noijtimoiy harakatlar sodir etilishining oldini olish boʻyicha keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | XTV, OʻMKHTM, IIV, Adliya vazirligi, RBIMM, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YOIH, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Oʻquvchilar oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish borasida profilaktik suhbatlar, uchrashuvlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish hamda ijroga yoʻnaltirish. 2. Profilaktik tadbirlarga Jamoat kengashi, tegishli idoralar vakillari, ota-onalarni jalb etish. 3. Tadbirlarning natijaviyligini taʼminlash boʻyicha monitoring yuritish. | 2012-yil 20-avgust 2012-yil sentabrdan boshlab muntazam ravishda |
| 14. | Dars vaqtida maktabga bormasdan bemaqsad yurgan, masjidlarga qatnayotgan, bozorlarda turli yumushlar hamda jamoat transportlarida chipta sotish bilan shugʻullanayotgan oʻquvchilarni aniqlash va ularni oʻqishga qaytarish maqsadida “Oʻquvchi” reydlarini oʻtkazish. | XTV, OʻMKHTM, IIV, “Mahalla” Fondi, “Kamolot” YOIH, Xotin-qizlar qoʻmitasi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruhini tuzish. 2. Reyd oʻtkaziladigan manzillarni aniqlash va Ishchi guruhga qoʻshimcha jamoatchilik vakillarini jalb etish. 3. Reydda aniqlanib roʻyxatga olingan oʻquvchi-yoshlarni taʼlimga qaytarish choralarini koʻrish, doimiy monitoring yuritish. | 2012-yil sentabr muntazam ravishda reja asosida |
| 15. | Oʻquvchi-yoshlarning dars va tungi vaqtlarda “Internet-kafe”lar va “Kompyuter klublari”da boʻlishi, maʼnaviy-axloqiy buzuqlikni targʻib etuvchi saytlarga kirishi holatlarini aniqlash va ularga barham berish boʻyicha vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda reydlar tashkil etish. | OʻzAAA, “Mahalla” Fondi, XTV, OʻMKHTM, IIV, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YOIH QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruhini tuzish. 2. Reyd oʻtkaziladigan manzillarni hamda dars vaqtida maktabga bormasdan “Internet — kafe” va “Kompyuter klublari”da bemaqsad yurgan oʻquvchilarni aniqlash, ularni oʻqishga qaytarish choralarini koʻrish. 3. Reyd vaqtida aniqlangan salbiy holatlar boʻyicha ularning rahbarlariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda keskin choralar koʻrish. | 2012-yil sentabrdan boshlab muntazam ravishda reyd kuni |
| 16. | Erta turmush qurish hamda yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish, ularni inson sogʻligʻiga zararlari, huquqiy javobgarliklari mavzularida mahallalarda ota-onalar oʻrtasida mutaxassislar ishtirokida tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” Fondi, “Kamolot” YOIH, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi | 1. Erta turmush qurish holatlarining oldini olishga qaratilgan uchrashuv, suhbat va tushuntirish ishlarini tashkil etish boʻyicha hamkorlik jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish. 2. Voyaga yetmagan qizlar oʻrtasida aniqlangan homiladorlik holatlari yuzasidan qizlar va ota-onalar ishtirokida yakka tartibda tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | 2012-yil sentabrdan boshlab muntazam ravishda |
| 17. | Oʻquvchi-yoshlar orasida turli milliy mentalitetimizga zid boʻlgan salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha hamda profilaktik nazoratda turuvchi oʻquvchilarni tarbiyalashda ota-onalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish. | “Mahalla” Fondi, IIV, XTV, OʻMKHTM, Xotin-qizlar qoʻmitasi, RBIMM, “Kamolot” YOIH Adliya vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Turli milliy mentalitetimizga zid boʻlgan salbiy holatlarning oldini olish. 2. Ichki ishlar profilaktik hisobiga va taʼlim muassasalarining ichki nazoratiga olingan oʻquvchi-yoshlar bilan yakka yoki ommaviy tarzda maqsadli ishlarni olib borish. 3. Ichki ishlar profilaktik nazoratiga va taʼlim muassasalarining ichki nazoratiga olingan oʻquvchi-yoshlarni toʻgaraklarga jalb etish, ularga masʼullarni biriktirish. 4. Taʼlim-tarbiya jarayonida ijobiy oʻzgarishlarga erishgan oʻquvchi-yoshlarni roʻyxatdan chiqarish. 5. Farzandlar tarbiyasiga eʼtiborsiz ota-onalarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda intizomiy choralar qoʻllash. | 2012-yil 1-iyuldan boshlab muntazam ravishda |
| 18. | Oʻquvchi-yoshlarning zararli odatlar yoʻliga kirishiga sabab boʻlayotgan omillarga qarshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. | XTV, OʻMKHTM, OOʻMTV, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, RBIMM, “Kamolot” YOIH | 1. Taʼlim muassasalariga yaqin hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilishining oldini olish boʻyicha Jamoatchilik kengashi nazoratini kuchaytirish. 2. Oʻquvchi-yoshlar, pedagog-xodimlar va ota-onalar oʻrtasida tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarning zarari haqidagi tushunchalari va ularga munosabatini oʻrganish boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazish. 3. Oʻquvchilar oʻrtasida tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarning zarari, ular bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularning ogʻir asoratlari toʻgʻrisida mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish. | 2012-yil 1-iyuldan boshlab 2012-yil sentabr Muntazam ravishda jadval asosida |
| IV. Barkamol avlodni tarbiyalashga doir maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni samaradorligini oshirish va ularni mazmunan yanada takomillashtirish | ||||
| 19. | “Bir bolaga yetti qoʻshni ota-ona” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarining mazmun-mohiyatini keng targʻib etish. | “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi “Kamolot” YOIH , XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM | 1. Jamoat kengashi ishtirokida taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayoniga oid masalalarni muhokama etishni yoʻlga qoʻyish. 2. Mahallalarda jamoatchilik asosida “Ota-onalar universiteti”ni tashkil etish. 3. Yoshlarni hayotga ruhiy-maʼnaviy jihatdan toʻliq tayyorlash, ularda hayotga masʼuliyat hissini uygʻotish yuzasidan ibratli oilalar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari oʻtkazish. | 2012-yil muntazam ravishda alohida reja asosida muntazam ravishda |
| 20. | Yosh avlodga xalqimizning koʻp asrlar davomida shakllangan qadriyatlarini, ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qoʻyilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish. | Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi, XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YOIH | 1. Soha mutaxassislari va jamoatchilik vakillaridan iborat Targʻibot guruhini shakllantirish. 2. Milliy qadriyat va anʼanalarimizni, ibratli urf-odatlarimizni targʻib etishga doir mavzularda uchrashuv, davra suhbati va seminarlar tashkil etish. | 2012-yil sentabrdan boshlab rejaga muvofiq |
| 21. | “Yoshlar maʼnaviy olamini boyitishda adabiyot va sanʼatning oʻrni” mavzuida turkum maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, “Mahalla” Fondi, OʻzFA Til va adabiyot instituti, “Kamolot” YOIH, XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM | 1. Yozuvchi, shoir, olim, sanʼatkor va yosh qalamkashlardan iborat Ishchi guruh tuzish. 2. Oʻquvchi-yoshlarning kitobxonlikka boʻlgan qiziqishlarini orttirish, kutubxonalarning kitob fondini boyitish maqsadida “Maktab-mahalla, oila-jamoatchilik” hamkorligida kitoblar koʻrgazmasini oʻtkazish. 3. “Birinchi kitobim” yoʻnalishida yosh qalamkashlarning kitoblari taqdimotini tashkil etish. | 2012-yil sentabr muntazam ravishda rejaga muvofiq |
| 22. | Oʻquvchi-yoshlarni gʻoyaviy tahdid va past saviyali “ommaviy madaniyat” va boshqa turdagi yot gʻoyalarning zararli taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. | Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM, SSV, “Kamolot” YOIH, Xotin-qizlar, “Mahalla” Fondi | 1. Soha mutaxassislari tomonidan mahalla oqsoqollarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari oʻrtasida “Missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari”, “Din va maʼnaviyat”, Xurofotga qarshi kurashda ayollarning oʻrni” mavzularida suhbatlar, muloqotlar tashkil etish. 2. Taʼlim muassasalarida “Yoshlarni gʻoyaviy tahdidlar va past saviyali “ommaviy madaniyat”ning halokatli taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan seminarlar, savol va javoblar, ijodiy kecha, davra suhbatlarini tashkil etish. | 2012-yil sentabrdan boshlab muntazam ravishda rejaga muvofiq |
| 23. | “Qudratimiz — birlik va hamjihatlikda” mavzuida madaniy tadbirlar tashkil etish. | Baynalmilal madaniyat markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, MTRK, “Mahalla” Fondi, “Kamolot” YOIH | Respublikamizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari ishtirokida joylarda doʻstlik festivallari, maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar, turli tildagi sheʼrxonlik kechalarini tashkil etish. | 2012-yil iyuldan boshlab muntazam ravishda reja asosida |
| 24. | Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va taʼlim muassasalari hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish. | MTRK, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YOIH, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Amalga oshirilayotgan ishlarni televideniye, radio va matbuot orqali keng yoritish. 2. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning oʻz tarmoq gazeta va jurnallarida va maxsus veb-saytlari orqali yoritish. 3. Hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar doirasida namunaviy va ilgʻor ish tajribalarni ommalashtirish va ularning monitoringini yuritish. | 2012-yil iyundan boshlab muntazam ravishda |
| 25. | “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasi bajarilishi boʻyicha axborot tayyorlash va keyingi yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM, IIV, SSV, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YOIH, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Kelajak ovozi” YOTM, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Amalga oshirilgan chora-tadbirlarni samaradorligini oʻrganish, tanqidiy tahlil qilish hamda ularni kelgusida yanada samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 2. 2013-yilga moʻljallangan “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2013-yil 25-yanvarga qadar 2013-yil 1-fevralga qadar |