13.06.2012 yildagi 172-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NAVOIY” ERKIN INDUSTRIAL-IQTISODIY ZONASI HUDUDIDA “UZKABEL” OCHIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI QOʻSHMA KORXONASI BILAN BIRGALIKDA YANGIDAN TASHKIL ETILAYOTGAN QOʻSHMA KORXONA BAZASIDA KUCH KABELLARI ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH” INVESTITSIYA LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida xaridorgir boʻlgan yuqori qoʻshimcha qiymatli raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar tashkil etishni yanada kengaytirish va jadallashtirish, shuningdek jalb etilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish va oʻzlashtirish hajmini kengaytirish boʻyicha dastlabki chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2011-yil 4-oktabrdagi PQ-1623-son qaroriga muvofiq 2012-2013-yillarda umumiy qiymati 20 455,0 ming AQSH dollariga teng boʻlgan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida “Uzkabel” ochiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasi bilan birgalikda yangidan tashkil etilayotgan qoʻshma korxona bazasida kuch kabellari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish nazarda tutilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida “Olmaliq KMK” OAJ, “Uzkabel” OAJ qoʻshma korxonasi va “Gulf Cable Trading Company” (XXR) kompaniyasi tomonidan yuqori kuchlanishli kabellar va yillik hajmi 10 ming km va ishlab chiqariladigan mahsulotning kamida 60 foizi hajmini eksport qilish prognoz qilinayotgan toʻqilgan polietilen izolyatsiyali oʻzakli izolyatsiyalangan simlar ishlab chiqarish boʻyicha ustav fondi 18,8 mln AQSH dollarini tashkil etadigan “Nayat Power Cable Systems” MCHJ qoʻshma korxonasi tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nayat Power Cable Systems” MCHJ qoʻshma korxonasining ustav fondida muassislar ulushi quyidagi miqdorlarda: “Olmaliq KMK” OAJ va “Uzkabel” OAJ qoʻshma korxonasi ulushi — 25 foizdan, “Gulf Cable Trading Company” kompaniyasi (XXR) ulushi — 50 foiz etib belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nayat Power Cable Systems” MCHJ qoʻshma korxonasi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida tanlovda tanlab olish natijalari boʻyicha belgilangan tartibda bosh loyihalovchi “Navoiyxoʻjalikloyiha” MCHJ va foydalanishga tayyor shartlarida obyekt qurilishi boʻyicha bosh pudratchi “Navoiyfrizone” MCHJ belgilanganligi, yetakchi xorijiy kompaniyalarda 14 551,0 ming AQSH dollariga teng summaga zamonaviy texnologik asbob-uskunalar tayyorlashga buyurtmalar joylashtirilganligi, ulardan 8 132,6 ming AQSH dollari summasiga asbob-uskunalar tayyorlanganligi va qurilish maydoniga keltirilganligi, 6 418,4 mln AQSH dollari summaga asbob-uskunalar joʻnatishga tayyorlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va “Nayat Power Cable Systems” MCHJ qoʻshma korxonasining investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatlarini qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini loyiha boʻyicha 2012-yil 30-noyabrgacha tugallagan holda 4 oyga qisqartirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Nayat Power Cable Systems” MCHJ qoʻshma korxonasiga “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida “Uzkabel” ochiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasi bilan birgalikda yangidan tashkil etilayotgan qoʻshma korxona bazasida kuch kabellari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi boʻyicha qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini bir vaqtning oʻzida ishlab chiqqan holda 2012-yil 1-sentabrgacha amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida “Uzkabel” ochiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasi bilan birgalikda yangidan tashkil etilayotgan qoʻshma korxona bazasida kuch kabellari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari U.U. Rozuqulov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 13-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 23-24-son, 266-modda)