OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 15-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2364]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/13-sonli ““Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2364-6, 14.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova), Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-mart,
10/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 24-martdagi 10/1-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2364-3, 03.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 10/18/2364-3/0987-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bank kafolati — bank (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning buyurtmasiga koʻra kafil oʻz zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini toʻlash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga toʻlash haqida prinsipalga beradigan yozma majburiyat (keyingi oʻrinlarda kafolat deb yuritiladi);
kafil — oʻz mijozi (prinsipal)ning yozma arizasiga koʻra, prinsipal benefitsiar oldidagi majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafolatga muvofiq ushbu majburiyatlarning bajarilishini oʻz zimmasiga oluvchi bank;
prinsipal — bankka oʻzining uchinchi shaxs (benefitsiar) oldidagi majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida kafolat berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan shaxs;
benefitsiar — prinsipalning majburiyati boʻyicha kafolatni qabul qiluvchi kreditor.
2. Kafolat prinsipalning benefitsiar oldidagi oʻz majburiyatini (asosiy majburiyatini) lozim darajada bajarilishini taʼminlaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining banklarga oid qonun hujjatlariga, shu jumladan, Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan iqtisodiy meʼyorlarga rioya etmayotgan hamda kredit portfelida 6 foiz va undan yuqori miqdordagi toʻlov muddati oʻtgan yoki muammoli aktivlari mavjud boʻlgan tijorat banklari tomonidan kafolat berish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2364-3, 03.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 10/18/2364-3/0987-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2364-3, 03.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 10/18/2364-3/0987-son)
5. Kafolat olish uchun prinsipal quyidagi talablarga javob berishi lozim:
zarar koʻrib ishlamayotgan boʻlishi hamda nolikvid balansga ega boʻlmasligi;
muddati oʻtkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud boʻlmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
moliyaviy yil natijalari boʻyicha ijobiy auditorlik xulosasiga ega boʻlishi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2364-4, 16.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 10/18/2364-4/1524-son)
ijobiy kredit tarixiga ega boʻlishi.
6. Kafolat berilgandan keyin prinsipal tomonidan mazkur Nizomning 5-bandi ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida belgilangan talablar buzilgan taqdirda kafolat chaqirib olinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Kafolat berish masalasi bank (filial)ning kredit qoʻmitasi tomonidan bank kredit siyosatida koʻrsatilgan kafolat berishning limitlari doirasida koʻrib chiqiladi.
Berilgan kafolatlarning hisobi Bosh bankda yuritiladi va uning toʻgʻri yuritilishi bank boshqaruvi raisi zimmasiga yuklatiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2364-5, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/2364-5/1842-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Bank tomonidan kafolat berish qatʼiy hisobda turuvchi blankda rasmiylashtiriladi. Kafolat blanklari hisobi alohida daftarda qayd etib boriladi. Kafolat blanklari shakli bankning ichki tartiblarida yagona shaklda belgilanadi.
Kafolat blanklari Bosh bank va “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida yagona shakldagi maxsus himoya belgilari bilan taʼminlangan qogʻozda tayyorlanib, Bosh bank tomonidan bankning barcha filiallariga yetkaziladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2364-5, 06.09.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/2364-5/1842-son)
II bob. Kafolat olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar hamda kafolat berishni rasmiylashtirish
8. Kafolat olish uchun prinsipal tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
kafolat buyurtmasi;
kafolatdan foydalanishning butun davrini oʻz ichiga olgan pul oqimi tahlili koʻrsatilgan biznes-reja;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan soʻnggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-shakl), shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-martdagi 8/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2364-2, 13.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 157-modda)
oxirgi uch moliyaviy yil natijalari boʻyicha auditorlik xulosasi.
9. Prinsipal taqdim etilgan kafolat boʻyicha majburiyatni oʻz vaqtida bajarishning taʼminoti sifatida bankka quyidagi taʼminot turlaridan birini taqdim etishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
likvidli mol-mulk yoki qimmatli qogʻozlar, pul mablagʻlari garovi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-maydagi 13/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2364-1, 03.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 276-modda)
prinsipalning kafolat boʻyicha majburiyatni bajarmaslik xatarining sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.
10. Prinsipalning buyurtmasiga asosan bank tomonidan kafolat berish yoki kafolat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddati buyurtma barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda bankka kelib tushgan kundan boshlab yigirma bank kunidan oshmasligi lozim.
Qabul qilingan qaror natijalari toʻgʻrisidagi xabarnoma uch bank kunidan kechiktirmay prinsipalga yuboriladi. Kafolat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda xabarnomada rad etish sabablari aniq koʻrsatilishi lozim.
11. Kafolat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, kafil va prinsipal oʻrtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafillik shartnomasi (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb yuritiladi) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Shartnomada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
shartnoma tuzilgan sana va joy;
shartnoma predmeti;
shartnoma bahosi;
shartnomaning bajarilish muddatlari;
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
kafil majburiyatlarining chegaralari;
kafilning xizmatlariga haq toʻlash miqdori va tartibi;
kafolatni chaqirib olish asoslari;
shartnomaning bekor boʻlishi;
shartnoma boʻyicha javobgarlik;
tomonlarning yuridik manzili va boshqa rekvizitlari.
13. Kafolat boʻyicha benefitsiarga tegishli boʻlgan kafilga talab qoʻyish huquqi, agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Shartnoma bank (filial) kredit qoʻmitasining bayonnomasiga asosan rasmiylashtiriladi va u imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2364-5, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/2364-5/1842-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2364-4, 16.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 10/18/2364-4/1524-son)
IV bob. Berilgan kafolatlar hisobini yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
24. Berilgan kafolatlar hisobi Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga (roʻyxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) muvofiq, “90993 — Kafolat va kafilliklar” hisobvaragʻida yuritiladi. Ushbu hisobvaraq har bir mijozning unikal kodi bilan ochiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2364-3, 03.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 10/18/2364-3/0987-son)
25. Kafolat taʼminoti sifatida kafil tomonidan qabul qilingan taʼminot hisobi “94500 — Garov sifatida taʼminlangan qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy huquqlar (talablar)” hisobvaragʻida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kafolat summasi “90993 — Kafolat va kafilliklar” hisobvaragʻiga kirim qilinadi va kafolat summasi ushbu hisobvaraqda toʻliq qoplab berilgunga qadar saqlanadi. Bunda xorijiy va xalqaro tashkilotlarning kredit liniyalari va qarzlarini jalb qilish bilan bogʻliq bank kafolatlari summasi mijozlar tomonidan grafikka asosan yoki muddatidan oldin qaytarilganda “90993 — Kafolat va kafilliklar” hisobvaragʻining qoldigʻi mos ravishda kamaytirib boriladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2364-4, 16.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 10/18/2364-4/1524-son)
26. Mazkur Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan holatlardan biri yuz bergan taqdirda, kafolat summasi bank farmoyishiga asosan “90993 – Kafolat va kafilliklar” hisobvaragʻidan chiqariladi.
27. Ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxira shakllantirish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Dt 56895 — Boshqa aktivlar — koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash;
Kt 29806 — Toʻlash uchun hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar.
28. Berilgan kafolat summasi benifitsiarga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali toʻlab beriladi:
Dt 19997 — Boshqa aktivlar;
Kt Benifitsiar talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi.
29. Bank tomonidan shakllantirilgan zaxira hisobidan toʻlab berilgan kafolat summasi “19999 – Boshqa aktivlar – koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvaragʻiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali oʻtkazib beriladi:
Dt 29806 — Toʻlash uchun hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar;
Kt 19999 — Boshqa aktivlar — koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv).
30. Bank tomonidan benifitsiarga toʻlab berilgan kafolat summasini prinsipal tomonidan qisman yoki toʻliq qoplab berish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Dt Prinsipalning talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi;
Kt 19997 — Boshqa aktivlar.
31. Ayni vaqtda, shakllantirilgan zaxira summasi prinsipal tomonidan toʻlab berilgan kafolat summasi hisobiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kamayib boradi:
a) kafolat summasi zaxira shakllantirilgan hisobot yilida qoplab berilganda:
Dt 19999 — Boshqa aktivlar — koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv);
Kt 56895 — Boshqa aktivlar — koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash;
b) kafolat summasi zaxira shakllantirilgan yildan keyingi muayyan davrda qoplab berilganda:
Dt 19999 – Boshqa aktivlar – koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv);
Kt 45921 – Hisobdan chiqarilgan mablagʻlarning qaytarilishi.
32. Agar bank tomonidan benifitsiar foydasiga toʻlab berilgan kafolat summasi prinsipal tomonidan qisman yoki toʻliq qoplab berilmasa “19997 – Boshqa aktivlar” hisobvaragʻining qoldiq summasi quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali balansdan chiqariladi:
Dt 19999 – Boshqa aktivlar – koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv);
Kt 19997 — Boshqa aktivlar.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Kafillik xizmatlarini koʻrsatganlik uchun haq toʻlash prinsipal tomonidan oldindan bankning “22896 – Muddati uzaytirilgan boshqa daromadlar” hisobvaragʻiga oʻtkazib berish orqali amalga oshiriladi. Ushbu hisobvaraqdan kafillik xizmatlarini koʻrsatganlik uchun haq summasini daromadga oʻtkazish Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisida nizomda (roʻyxat raqami 1435, 2004-yil 17-dekabr) belgilangan tartibda bank daromadiga oʻtkazib boriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2364-3, 03.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 10/18/2364-3/0987-son)
VI bob. Kafolatning bekor boʻlishi hamda kafilning prinsipalga regress talablari
34. Kafolat boʻyicha kafilning benefitsiar oldidagi majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 309-moddasida nazarda tutilgan tartibda bekor boʻladi.
35. Kafilning prinsipaldan kafolat boʻyicha benefitsiarga toʻlangan summalarni regress tartibida toʻlashni talab qilish huquqi kafil bilan prinsipal oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilab qoʻyiladi.
Agar kafil bilan prinsipal oʻrtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil benefitsiarga kafolat shartlariga nomuvofiq tarzda yoki kafilning benefitsiar oldidagi majburiyatni buzganligi uchun toʻlangan summalarni qoplashni prinsipaldan talab qilishga haqli emas.
VII bob. Yakuniy qoida
36. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 223-modda; 2014-y., 23-son, 276-modda; 2016-y., 15-son, 157-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 10/18/2364-3/0987-son, 17.07.2018-y., 10/18/2364-4/1524-son, 06.09.2018-y., 10/18/2364-5/1842-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)