Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021 05.05.2008 yildagi 274-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021
Hujjat 05.05.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimi
Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashma Kengashi Rayosatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YoZGI TAʼTIL KUNLARIDA MAKTAB OʻQUVChILARINI DAM OLDIRISh VA SOGʻLOMLAShTIRISh IShLARINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining 2008-yil 3-mart “Yoshlar yili” Davlat dasturini amalga tatbiq etish toʻgʻrisida”gi 121-sonli qaroriga asosan hamda taʼtil kunlarida shahar mehnatkashlari farzandlarini dam oldirish va ularni sogʻlomlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida, Toshkent shahar hokimi va Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining rayosati qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yozgi taʼtil kunlarida maktab oʻquvchilarini dam oldirish va sogʻlomlashtirishga tayyorgarlik koʻrish hamda taʼminlash boʻyicha shahar komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimliklari, boshqarmalar, tarmoq kasaba uyushmalarining shahar tashkilotlari, tasarrufida bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi boʻlgan barcha korxona va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga taʼtil kunlarida maktab oʻquvchilarini dam oldirish va ularni sogʻlomlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu borada quyidagilar amalga oshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi oromgohlarda tiklash-taʼmirlash ishlarini 2008-yilning 25-may kunigacha tugatish uchun zarur choralar koʻrilib, ularda oʻquvchilarning maʼnaviy va mehnat tarbiyasi, sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport ishlarini amalga oshirishga shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga, ularni sotish yoki boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazorat oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yozgi taʼtil kunlarida maktab oʻquvchilarini dam oldirish va sogʻlomlashtirishga tayyorgarlik koʻrish hamda taʼminlash boʻyicha shahar komissiyasi aʼzolari va tarmoq kasaba uyushmalari shahar tashkilotlari rahbarlari 2-ilovaga* muvofiq oromgohlarga biriktirilsin. Biriktirilgan masʼullar zimmasiga mavsumning maroqli oʻtkazilishini tashkil etish va doimiy nazoratga olish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimlari, Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (N.X. Rahmonqulova), yozgi mavsum mobaynida shahar maktablari qoshidagi kunduzgi oromgohlarning samarali ishlashini eʼtiborga olgan holda ularni tashkil etish va moliyalashtirish boʻyicha majmuaviy tadbirlarni joriy yilning 1-mayiga qadar ishlab chiqsinlar hamda amalga oshirsinlar. Bunda, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarini bir meʼyorda ishlashi bilan bogʻliq boʻlgan, pedagogik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga haq toʻlash kabi barcha xoʻjalik xarajatlari Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, tuman xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan moliyalashtirilishi koʻzda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimlari va “Mahalla” jamgʻarmasining tuman boʻlimlari budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga Bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirishni tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan belgilangan meʼyorlar boʻyicha bolalarning ovqatlanishi uchun xarajatlarni tuman xalq taʼlimi boʻlimlarining hisob raqamiga oʻtkazish choralari koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yilgi sogʻlomlashtirish mavsumida maktablar qoshida tashkil etilgan kunduzgi oromgohlarda bolalarni dam oldirish boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlikni joriy yilning 15-mayigacha bartaraf etish choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi ( N.X. Rahmonqulova), Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (M.S. Islomov), Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish departamenti (R.A. Abdumajitov), Madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi ( R.M. Xamidov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarga zarur boʻlgan malakali xodimlarni tanlash va ularni oʻz vaqtida ishga yuborish choralari koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2007-yil yozgi mavsumda pedagogik kadrlar bilan oromgohlarni taʼminlanishidagi kamchilik va nuqsonlarni eʼtiborga olgan holda 2008-yil maktab oʻquvchilarining yozgi taʼtili mobaynida oromgohlarda ishlash uchun yuboriladigan tarbiyachi va yetakchilarning kasb mahoratini hamda malakasini oshirish maqsadida Toshkent shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (N.X. Rahmonqulova), “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Toshkent shahar Kengashi (A.X. Mirzajonov) va pedagogika kadrlarini tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlari — Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti (U.Sh. Begimqulov), Toshkent Davlat Jahon tillari universiteti (Gʻ.B. Shoumarov) yozda oromgohlarda yetakchi va tarbiyachi boʻlib ishlashga yuboriladigan talabalar uchun 1-2 haftalik oʻquv kurslari ishlab chiqilib, ularni meʼyoriy hujjatlar va oʻqish yakuni boʻyicha tegishli guvohnoma bilan taʼminlasinlar va joriy yilning 25-mayiga qadar barcha bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining talabnomalariga binoan yetarli darajada yetakchilar bilan taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti (J.A. Akramov) yozgi sogʻlomlashtirish mavsumida bolalarni jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari bilan toʻliq ravishda qamrab olish maqsadida Toshkent shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (N.X. Rahmonqulova) va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Toshkent shahar Kengashi (A.X. Mirzajonov) bilan birgalikda shahar maktablarida sportning turli toʻgaraklari, sportning ommaviy turlari boʻyicha seksiyalarni tashkil etsin. Mazkur ishni maktablarda tashkil etish hamda oʻtkazish uchun 2008-yilning taʼtili davrida pedagogik amaliyot oʻtash sifatida institutning tayyorgarlik koʻrgan magistrlari hamda talabalari maktablarga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Maʼnaviyat targʻiboti markazi” shahar boʻlimi (I.X. Abdugʻaniyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavsum boshlanishi arafasida (15-mayga qadar) bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga maʼnaviyat va maʼrifat xonalarini koʻrgazmali materiallar, pedagog xodimlarini uslubiy qoʻllanmalar va adabiyotlar bilan taʼminlashda amaliy yordam bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish departamenti (R.A. Abdumajitov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash uchun ularni savdo tashkilotlari, tayyorlov idoralari va shoxobchalariga biriktirish ishlari amalga oshirilsin. Oromgohlarga sifatli mahsulotlar berilishi, mahsulotlarning ayrim turlari belgilangan narxlardan eng kam savdo ustamasi qoʻyilgan holda sotilishi ustidan nazorat oʻrnatilsin, shuningdek oromgohlarni zarur madaniy, sport va xoʻjalik anjomlari, sanoat mollari bilan (pul oʻtkazish yoʻli orqali) taʼminlash choralari koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kasaba uyushmalarining tarmoq tashkilotlari va xoʻjalik rahbarlari: xarid qilingan mahsulotlar uchun hisob-kitobni oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Dori-darmon” birlashmasi (V.V. Ziyoyeva):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha oromgohlarni kerakli dori-darmonlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi (Sh.Sh. Muxamedjonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar va korxonalarning talabnomalariga binoan bolalarni oromgohlarga yetkazish uchun texnik jihatdan sifatli avtobuslar ajratilsin. Ajratilgan avtobuslar avtoxizmat tannarxi darajasida boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ichki ishlar bosh boshqarmasi (Q.U. Naqibov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarda jamoat tartibini saqlash uchun militsiya xodimlari biriktirilsin. Oromgohlarga bolalarni avtotransportda olib borish va qaytib olib kelishda yoʻl harakati xavfsizligi taʼminlansin hamda ularni YPX avtoekipajlari tomonidan kuzatuvi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (B.J. Qurbonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarda tozalikni saqlash va oziq-ovqatlarni tayyorlashda sanitariya-gigiyena meʼyorlariga qatʼiy rioya etilishi hamda toza va sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlanishi nazoratga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi (R.T. Axmedov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoz mavsumida shahar hududida va Toshkent viloyati tumanlarida joylashgan oromgohlarni viloyat elektr tarmoqlari korxonasi bilan birgalikda uzluksiz ravishda elektr energiyasi bilan taʼminlash choralari koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. IIBB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi (T.M. Yuldashev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozgi mavsumga tayyorgarlik qoʻrish va mavsum davomida oromgohlarda yongʻinni oldini olish holati, xavfsizligini taʼminlash maqsadida aniq reja-tadbirlar ishlab chiqilsin va uning toʻliq bajarilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (E.J. Ikromov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchki xavfi boʻlishi mumkin boʻlgan hududlarda joylashgan oromgohlarni chegara qoʻshinlari vakillari bilan birgalikda oʻrganib chiqib, ularni koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining Toshkent shahar filiali (A.I. Tolipjonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga binoan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga sport, ommaviy ishlarni joylarda tashkil etish uchun homiylik yordami sifatida sport inventarlari va jihozlarini ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar bosh boshqarmasi (Sh.R. Xojizadayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarga zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy ashyolar, xoʻjalik va madaniy-sport anjomlari sotib olish, xodimlarga ish haqi berish uchun mablagʻlar va toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi nazoratga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi (R.M. Xamidov), “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati shahar Kengashi (A.X. Mirzajonov), Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining Toshkent shahar filiali (A.I. Tolipjonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozgi mavsum davrida oromgohlarda bolalar oʻrtasida madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlarini uyushtirish boʻyicha tadbirlar rejasi ishlab chiqsin va joylarda ijrosi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Oʻzbekkino” milliy agentligining shahar boʻlimi ( B.S. Ortiqov ):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha oromgohlarni maxsus kino-videofilmlar repertuari bilan taʼminlasin va har bir oromgohda har ikki kunda filmlar namoyish etilishi koʻzda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari (D.I. Isroilov), “Toshkent teleradiokanali” DUK (F. Zokirov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab oʻquvchilarining taʼtili kunlarida shahar mehnatkashlari farzandlarini dam oldirish va ularni sogʻlomlashtirish ishlarini muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari B.I. Toxirov va Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisining oʻrinbosari — madaniy-maʼrifiy va sport ishlari boʻlimi mudiri A.N. Efimov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. TOʻXTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining raisi N. NASIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 14-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-8-son