Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 10.05.2012 yildagi PQ-1754-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 10.05.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib oʻtilsinki, mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va tarkibiy oʻzgartirish boʻyicha aniq yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida xizmat koʻrsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2005-yildagi 38,7 foizdan 2011-yilda 50,5 foizga oʻsdi. Axborot-kommunikatsiya, bank, sugʻurta, lizing, sayyohlik-ekskursiya va boshqa zamonaviy yuqori texnologik va bozor iqtisodiyotiga mos xizmat turlari ildam surʼatlar bilan rivojlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006—2011-yillarda xizmat koʻrsatish sohasini tezkor rivojlantirish hisobiga, avvalambor kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda 1,1 mln. yangi ish joylari yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga koʻrsatilayotgan xizmatlarning erishilgan darajasi va sifati, ayniqsa qishloq joylarda, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar darajasiga, respublika aholisining real talablariga, mavjud resurslar hamda imkoniyatlarga hali mos kelmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish, avvalambor qishloq joylarda koʻrsatilayotgan xizmatlarning turini kengaytirish hamda sifatini yaxshilash va buning asnosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror va shiddatli rivojlantirishda, aholining bandligini taʼminlash, daromadini koʻpaytirish va farovonligini yuksaltirishda xizmat koʻrsatish sohasining roli hamda ahamiyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2012—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish Dasturi maʼqullansin, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilgacha mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 55 foizgacha oshirilishini nazarda tutadigan 2012—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasining asosiy turlarini rivojlantirish maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish maqsadli parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012 — 2016-yillarda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan koʻrsatiladigan yangi xizmat turlarini rivojlantirishning prognoz parametrlari 3-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish Dasturi maqsadli parametrlarining belgilangan muddatlarda sifatli hamda toʻliq hajmda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralarining, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012—2016-yillarda xizmat koʻrsatish sohasini shaharlar, tumanlar va xizmat turlari boʻyicha rivojlantirishning hududiy dasturlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012—2016-yillarda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirishning hududiy dasturlarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirishning hududiy dasturlari va ularni amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda quyidagilarga alohida eʼtibor berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish sohasi tarkibini yanada takomillashtirish, aholi talabgor boʻlgan zamonaviy xizmat turlari bilan bozorni jadal rivojlantirish va toʻldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va qishloq aholi punktlari hududlarining qurilishini rejalashtirishda tasdiqlangan meʼyorlardan kelib chiqqan holda mintaqalar aholisiga turli ijtimoiy va kommunal-maishiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda qishloq aholi punktlarida xizmat koʻrsatish korxonalarini rivojlantirish, xizmat koʻrsatish sohasiga oilaviy tadbirkorlik subyektlari hamda ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari ichidan yoshlarni keng jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bankining Oʻzbekiston Respublikasi hududlari boʻyicha 4-ilovaga* muvofiq “Mikrokreditbank” OATB mablagʻlari hisobidan 2012—2016-yillarda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladigan imtiyozli kredit resurslarining prognoz hajmlari boʻyicha takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratiladigan imtiyozli kredit resurslari xizmat koʻrsatish sohasining yangi obyektlarini barpo etishga, shuningdek xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan amaldagi tadbirkorlik subyektlarini texnik va texnologik jihozlashga (qayta jihozlashga) maqsadli tarzda yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli kredit resurslarini olish uchun ustuvor huquq qishloq joylarda xizmat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli qarori bilan belgilangan, 5-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha xizmat koʻrsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda soligʻi hamda yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2017-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar 2012-yilning II choragidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyabzal maishiy texnika taʼmirlash boʻyicha ustalar va boshqalar) qatʼiy belgilangan soliq toʻlashdan 3 yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda tashkil qilinayotgan kirxonalar xizmatlarini koʻrsatadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tegishli ravishda yagona soliq toʻlovi hamda qatʼiy belgilangan soliq toʻlovini toʻlashdan 5 yil muddatga ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida 2006—-2010-yillarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli qarorining 4-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiq holga keltirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 10-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1754-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 215-modda; 2013-y., 16-son, 216-modda, 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda)