Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
MAHALLIY IJRO ETUVChI HOKIMIYAT ORGANLARINING TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi PQ-2981-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakat aholisi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash dasturlarini amalga oshirish boʻyicha jamoat tashkilotlari hamda diniy tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqargʻi Kengesi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari apparati tuzilmasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining hamda viloyat hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari, shuningdek ularning kotibiyat mudirlari lavozimlarini kiritish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari zimmasiga quyidagilarni taʼminlash vazifasi yuklansin:
millatlararo totuvlikni, diniy bagʻrikenglikni taʼminlash va yanada mustahkamlash hamda diniy-ekstremistik mafkuraning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning faoliyati va bahamjihat harakatini muvofiqlashtirish;
madaniy meros obyektlarini saqlash masalalarida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning birgalikdagi harakati;
joylarda “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 3-yanvar,
PQ-1456-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-yanvardagi PQ-1456-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyati hokimligi tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyat samaradorligini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 21-dekabrdagi PQ-536-sonli Qarorining:
a) 1-bandida “46 kishidan” soʻzlari “48 kishidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qaror ilovasi:
hokimga boʻysunuvchi “Hokimning jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari – 1” katagi bilan toʻldirilsin;
hokimning jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosariga boʻysunuvchi “Kotibiyat mudiri – 1” katagi bilan toʻldirilsin;
“46 kishidan” soʻzlari “48 kishidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 3-oktabrdagi PQ-970-sonli Qarorining:
a) 2-bandida “46 kishidan” soʻzlari “48 kishidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qaror ilovasi:
hokimga boʻysunuvchi “Hokimning jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari – 1” katagi bilan toʻldirilsin;
hokimning jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosariga boʻysunuvchi “Kotibiyat mudiri – 1” katagi bilan toʻldirilsin;
“46 kishidan” soʻzlari “48 kishidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 2-sonli qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “7a” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovadagi “**Andijon va Fargʻona viloyatlari hokimliklarida” izohi chiqarib tashlansin;
v) 1a-ilovadagi “**Namangan viloyati hokimligida” izohi chiqarib tashlansin;
g) 1b-ilova:
hokimga boʻysunuvchi “Hokimning jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari – 1” katagi bilan toʻldirilsin;
hokimning jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosariga boʻysunuvchi “Kotibiyat mudiri – 1” katagi bilan toʻldirilsin;
d) 7a-ilova chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 1-son, 10-modda)