Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori)” qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Toshkent viloyati hokimligi bir hafta muddatda Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, shuningdek respublikaning boshqa mintaqalaridan doimiy yashash uchun kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtkazish masalalari boʻyicha maxsus komissiya ishini tashkil etsin.
3. Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 12-iyul,
145-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-iyuldagi 145-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini hamda doimiy yashash uchun Toshkent shahriga kelishini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 22-fevraldagi 92-son qarorida:
qarorning nomiga “Toshkent shahriga” soʻzlaridan keyin “va Toshkent viloyatiga” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshiga “Toshkent shahrida” soʻzlaridan keyin “va Toshkent viloyatida” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshiga “Toshkent shahrida” soʻzlaridan keyin “va Toshkent viloyatida” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“hadya qilish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar hamda xorijiy fuqarolarni, shu jumladan, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, shuningdek, boshqa mintaqalardan kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlov sifatida tushayotgan mablagʻlar Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari ixtiyorida qoladi hamda uy-joy-kommunal xoʻjaligini, infratuzilmaning boshqa obyektlarini, kommunikatsiyalarni mustahkamlashga va jamoat tartibini saqlashga sarflanadi.”
quyidagi mazmundagi 21-band qoʻshilsin:
“21. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini roʻyxatdan oʻtkazish masalalarini hal etishda Maxsus komissiya quyidagi uzrli holatlarni hisobga olishi kerak:
qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan uy-joy mavjudligi;
voyaga yetmagan bolalar va vasiylikdagilarni — ota-onalar yoki vasiylarning turar joy maydoniga roʻyxatdan oʻtkazish;
oʻz oilalariga ega boʻlmagan yoki voyaga yetmagan bolalari boʻlgan, biroq nikohda boʻlmagan voyaga yetgan bolalarni — ota-onalarning turar joy maydoniga roʻyxatdan oʻtkazish;
ota-onalarni — bolalarning turar joy maydoniga roʻyxatdan oʻtkazish;
erni (xotinni) — xotinning (erning) turar joy maydoniga roʻyxatdan oʻtkazish;
ota-onalari boʻlmagan tugʻishgan aka-ukalar va opa-singillarni, shuningdek yoshidan qatʼi nazar mehnatga layoqatli boʻlmagan tugʻishgan aka-ukalar va opa-singillarni, agar ular oʻz oilalariga ega boʻlmasalar — aka-ukalar yoki opa-singillarning turar joy maydoniga roʻyxatdan oʻtkazish;
yuqori malakali mutaxassislarni, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlarga lavozimga taklif etiladigan tor ixtisoslikdagi mutaxassislarni roʻyxatdan oʻtkazish”;
toʻrtinchi xatboshiga “Toshkent shahrida” soʻzlaridan keyin “va Toshkent viloyati” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan lavozimga tayinlangan shaxslar”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Maxsus komissiyalar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 16-apreldagi 178-son qaroriga 1-ilovada:
3-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi Maxsus komissiyalar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vakolatlardan tashqari respublikaning boshqa mintaqalaridan kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, Oʻzbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtkazish masalalarini ham hal etadilar, uy-joy sotib olishni xohlaydigan fuqarolarga roʻyxatdan oʻtishi toʻgʻrisidagi qarorning bir nusxasini beradilar”;
III boʻlimning nomiga “Toshkent shahrida” soʻzlaridan keyin “va Toshkent viloyati” soʻzlari qoʻshilsin;
12-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Respublikaning boshqa mintaqalaridan doimiy yashash uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi Maxsus komissiyalarga bevosita quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar”;
13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Komissiyalar bir oy muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va 3, 3a, 4, 4a-ilovalarga muvofiq belgilangan shakllar boʻyicha tegishli xulosalar chiqaradilar.
Doimiy roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishi haqida qaror chiqarilgan taqdirda komissiyalar oʻz xulosasida bunday rad etishning sabablarini koʻrsatishlari va bu haqda fuqarolarga xabar berishlari shart.
Istisno hollarda, Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tashabbusi bilan, komissiyalar fuqarolarga doimiy roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishining sabablari toʻgʻrisida xabar bermasliklari mumkin”.
14. Komissiyalar Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy yashash uchun kelayotgan shaxslarni doimiy roʻyxatdan oʻtkazishni quyidagi asoslar boʻyicha rad etish huquqiga ega:
a) agar shaxsga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa — ishni koʻrib chiqish tamom boʻlgunga qadar;
b) agar shaxs oʻzi toʻgʻrisida qasddan yolgʻon maʼlumotlar bergan boʻlsa;
v) agar shaxsga sudda fuqarolik daʼvosi berilgan boʻlsa — ishni koʻrib chiqish tamom boʻlgunga qadar;
g) agar ariza beruvchini roʻyxatdan oʻtkazmoqchi boʻlgan shaxsning turar joyi Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hokimining qarori bilan belgilangan buzib tashlash zonasida boʻlsa;
d) turar joy maydoni uy-joyning ijtimoiy normalariga muvofiq boʻlmagan taqdirda;
e) agar shaxs ilgari roʻyxatdan chiqqan va boshqa davlatda doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketgan boʻlsa;
j) agar shaxs ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan boʻlsa.
Komissiyalar shuningdek doimiy roʻyxatdan oʻtkazishni qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda ham rad etish huquqiga ega”;
Namunaviy nizomga quyidagi tahrirdagi 3a-ilova qoʻshilsin:
“Namunaviy nizomga
3a-ILOVA
3a-ILOVA
| | |
Tasdiqlayman |
| | | _______________________ |
| | | _______________________ |
| | |
20______ yil " " ______ |
|
| ||
| Komissiya____________________________________________ dan kelgan, _______________________________________manzili boʻyicha vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan, pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjati__________________________________________________________________________ | ||
| |
(seriyasi, №, kim tomonidan va qachon berilgan) | |
| boʻlgan fuqaro (fuqaroligi boʻlmagan shaxs) _______________________ ni doimiy roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi materiallarni koʻrib chiqib | ||
| QAROR QILADI: | | |
| Fuqaro (fuqaroligi boʻlmagan shaxs) __________________________________________________ | ||
| ____________________________________________________________________________ | ||
| _________________________________________________________ doimiy roʻyxatdan oʻtkazilsin. | ||
| Materiallar ijro etish uchun Toshkent viloyatining ___________________tumani (shahri) ichki ishlar boʻlimi (boshqarmasi)ga yuborilsin. | ||
| Komissiya aʼzolari: _______________________________________________________________ | ||
| ___________________________________________________________________________ ”; | ||
Namunaviy nizomga 4-ilovaga “Fuqaro (fuqaroligi boʻlmagan shaxs) _____________________________ ni” soʻzlaridan keyin “quyidagi asoslar boʻyicha” soʻzlari qoʻshilsin.
Namunaviy nizomga quyidagi tahrirdagi 4a-ilova qoʻshilsin:
“Namunaviy nizomga
4a-ILOVA
4a-ILOVA
| | |
Tasdiqlayman |
| | | _______________________ |
| | | _______________________ |
| | |
20______ yil " " ______ |
|
| ||
| Komissiya____________________________________________ dan kelgan, _______________________________________manzili boʻyicha vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan, pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjati__________________________________________________________________________ | ||
| |
(seriyasi, №, kim tomonidan va qachon berilgan) | |
| boʻlgan fuqaro (fuqaroligi boʻlmagan shaxs) _______________________ ni doimiy roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi materiallarni koʻrib chiqib | ||
| QAROR QILADI: | | |
| Fuqaro (fuqaroligi boʻlmagan shaxs) ________________________________________________ | ||
| __________________________________________________________________________ | ||
| __________________________________________________ni roʻyxatdan oʻtkaziish rad etilsin. | ||
| Materiallar ijro etish uchun Toshkent viloyatining ___________________tumani (shahri) ichki ishlar boʻlimi (boshqarmasi)ga yuborilsin. | ||
| Komissiya aʼzolari: _______________________________________________________________ | ||
| ___________________________________________________________________________ ”; | ||
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2010-y., 7-son, 36-modda; 2012-y., 17-son, 191-modda)