OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AKKREDITATSIYA QILINGAN XORIJIY DAVLATLAR DIPLOMATIK VAKOLATXONALARI VA KONSULLIK MUASSASALARI, ShUNINGDEK ULARGA TENGLAShTIRILGAN TAShKILOTLAR XODIMLARIGA NISBATAN YOʻL HARAKATI QOIDALARINI BUZGANLIK UChUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK ChORALARINI QOʻLLASh HAQIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 26-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2338-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2012-yil 13-fevraldagi 7, 5 va 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2338, 2012-yil 13-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 11-son, 121-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi yoʻriqnomaning 4-bandi sakkizinchi xatboshidagi “diplomatik vakolatxona boshligʻining transport vositasi bundan mustasno” soʻzlari “CMD”, “D”, “UN” va “X” seriyali davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqam belgilari boʻlgan transport vositalari bundan mustasno” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
Toshkent sh.,
2012-yil 12-aprel,
8-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2012-yil 12-aprel,
12-son
Oliy sud raisi B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 12-aprel,
50-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 198-modda)