Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1672-son qarori va “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 26-aprel,
PQ-1745-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-apreldagi PQ-1745-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarining mehnatini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-iyundagi PQ-655-son qarorida:
a) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalarining boshqaruv
xodimlari, muhandis-texnik xodimlari va xizmatchilari uchun mehnat haqi
xodimlari, muhandis-texnik xodimlari va xizmatchilari uchun mehnat haqi
TARIF KOEFFITSIYENTLARI
| Mehnat haqi razryadlari | Tarif koeffitsiyentlari | |
| 1 | 1,209 | |
| 2 | 1,378 | |
| 3 | 1,612 | |
| 4 | 1,902 | |
| 5 | 2,264 | |
| 6 | 2,581 | |
| 7 | 2,891 | |
| 8 | 3,220 | |
| 9 | 3,540 | ”; |
b) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi
TARIF KOEFFITSIYENTLARI
|
Mehnat haqi razryadlari |
Tarif koeffitsiyentlari | |
| 1 | 1,000 | |
| 2 | 1,100 | |
| 3 | 1,226 | |
| 4 | 1,369 | |
| 5 | 1,526 | |
| 6 | 1,679 | ”; |
v) 3-ilovada:
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdori tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentini tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasi miqdoriga koʻpaytirilishi bilan belgilanadi”;
III boʻlimning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
III. Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalarining
ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha tarif setkasining boshlangʻich
(birinchi) razryadi tarif stavkasini belgilash tartibi”;
ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha tarif setkasining boshlangʻich
(birinchi) razryadi tarif stavkasini belgilash tartibi”;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha korxonada qoʻllaniladigan tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasi miqdorlari korxona tomonidan korxona moliyaviy imkoniyati va mehnat haqi fondining (mukofotlarni hisobga olmaganda) korxona xarajatlaridagi mavjud ulushidan kelib chiqib, shuningdek moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida mehnat organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasi miqdori mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha birinchi razryad tarif stavkasi miqdoridan past boʻlishi mumkin emas”;
10 — 12-bandlardagi “boshlangʻich (nulinchi) razryadi” soʻzlari “Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-bandda “tarif setkasi boshlangʻich (nulinchi) razryadi tarif stavkasining 50%igacha miqdorda” soʻzlari “issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalarining ishchilari uchun mehnat haqi boʻyicha tarif setkasining boshlangʻich (birinchi) razryadi tarif stavkasining 20%igacha miqdorda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-721-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “toʻrt yil deb belgilansin (2007 — 2011-yillar)” soʻzlari “olti yil deb belgilansin (2007 — 2013-yillar)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondini tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 26-fevraldagi PQ-1292-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “2” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qarorining:
a) 9-1-ilovasi quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan toʻldirilsin:
|
“ |
2 - 1. |
Ommaviy axborot vositalarining tahririyatlari, nashriyotlar, poligrafiya tashkilotlari, teleradioeshittirish kompaniyalari |
5 |
”; |
b) 11-ilovaning 1-bandi:
quyidagi mazmundagi beshinchi satr bilan toʻldirilsin:
|
“ |
|
gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari |
5,0 |
3,0 |
2,0 |
” |
beshinchi satr oltinchi satr deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 189-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)