Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Gerbli guvohnomalar berganlik uchun gerb yigʻimi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2018-y., 09/18/768/1967-son)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2018-y., 09/18/768/1967-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2018-y., 09/18/768/1967-son)
2. Belgilansinki:
gerbli guvohnomalar blankalari qatʼiy hisobda turuvchi hujjatlar hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yagona namunada tasdiqlanadigan tegishli himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan maxsus qogʻozda tayyorlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
gerbli guvohnomalar blankalarini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalarini yangi gerbli guvohnomalar blankalari bilan;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
gerbli guvohnomalar blankalarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2018-y., 09/18/768/1967-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Gerbli guvohnomalarni ular toʻliq ishlatib boʻlingungacha amaldagi blankalarda rasmiylashtirish va berishga ruxsat etilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 17-dekabrdagi 332-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 667-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma bundan mustasno) gerb yigʻimining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida belgilansin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan gerbli guvohnomalar berilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarori bilan tasdiqlangan tariflar asosida konsullik yigʻimlari undirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki, gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
15 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga;
Oldingi tahrirga qarang.
85 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi hamda gerbli guvohnomalar va fuqarolik holati yozuvlari blankalarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga, adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, FHDY organlarining qoʻshimcha shtat birliklarini saqlab turish tadbirlariga sarflanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2012-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri N.T.Yoʻldoshevga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 25-aprel,
119-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2018-y., 09/18/768/1967-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2018-y., 09/18/768/1967-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2018-y., 09/18/768/1967-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2018-y., 09/18/768/1967-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2018-y., 09/18/768/1967-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2018-y., 09/18/768/1967-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2018-y., 09/18/768/1967-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 768-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2018-y., 09/18/768/1967-son)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 119-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2012-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Tugʻilganlik, nikoh qayd etilganligi va oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar shaklini tasdiqlash, gerb yigʻimini joriy qilish toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyundagi 330-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Gerbli guvohnomalar shakli va gerb yigʻimi miqdori toʻgʻrisida” 2003-yil 5-iyundagi 249-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 193-modda, 52-son, 591-modda; 2013-y., 51-son, 667-modda; 2016-y., 52-son, 603-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son, 27.09.2018-y., 09/18/768/1967-son, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)