19.04.2012 yildagi 115-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SANOAT TARMOQLARI KORXONALARINING MAʼNAVIY ESKIRGAN VA YEYILGAN ASBOB-USKUNALARINI JADAL YANGILASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yilda vazirliklar va xoʻjalik birlashmalari tarkibiga kiradigan 418 ta yirik sanoat korxonasida texnologik asbob-uskunalarning texnik auditini oʻtkazish natijasida 161,4 mingta asbob-uskuna tekshirib chiqildi, ulardan asbob-uskunalarning 30 foizi yangilashni yoki 2012 — 2014-yillarda va keyingi yillarda foydalanishdan chiqarishni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarda zamonaviy va jahon darajasida muvaffaqiyatli sinab koʻrilgan texnologiyalarni jadal joriy etish orqali ishlab turgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishni davom ettirish va respublikaning sanoat salohiyatini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirliklar va xoʻjalik birlashmalari tarkibiga kiradigan 1-ilovaga* muvofiq yirik sanoat korxonalarida Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 15-martdagi 72-son qaroriga muvofiq oʻtkazilgan texnik audit natijalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2012 — 2014-yillarda va keyingi yillarda sanoat tarmoqlarining yirik korxonalarining maʼnaviy eskirgan va yeyilgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinab koʻrilgan asbob-uskunalar bilan almashtirgan holda ularni foydalanishdan chiqarish va yangilashning maqsadli parametrlari 2, 2a va 2b-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2 — 2b-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda sanoat korxonalarining oʻtkazilgan texnik audit natijalari boʻyicha aniqlangan yeyilgan va maʼnaviy eskirgan texnologik asbob-uskunalari va jihozlarini qoldiq qiymat boʻyicha hisobdan chiqarish toʻgʻrisida boshqaruv organlarining qarorlari belgilangan tartibda qabul qilinishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq oʻtkazilgan texnik audit natijasida aniqlangan hisobdan chiqariladigan yeyilgan va maʼnaviy eskirgan texnologik asbob-uskunalar va jihozlar majburiy tartibda qora va rangli metallar parchalari shaklida faqat “Oʻzmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyati va Oʻzbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi AJ boʻlinmalariga shartnomaviy narx boʻyicha sotiladi, tushgan mablagʻlar zamonaviy asbob-uskunalar sotib olishga maqsadli yoʻnaltiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1017-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1017/0460-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Asosiy vositalarni tugatish natijasida olingan qora va rangli metallarni sotishdan tushgan daromadlarga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar solinmasligi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar ajratilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tijorat banklariga ushbu qarorga 2, 2a va 2b-ilovalarga muvofiq foydalanishdan chiqariladigan asbob-uskunalar oʻrniga yangi texnologik asbob-uskunalar sotib olish uchun sanoat korxonalariga uzoq muddatli kreditlar ajratish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2013-yil va keyingi yillar uchun Investitsiya dasturini shakllantirishda Manzilli roʻyxatga sanoat tarmoqlari korxonalarining maʼnaviy eskirgan va yeyilgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan oʻtgan asbob-uskunalar bilan almashtirgan holda yangilash loyihalari kiritilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirliklar, xoʻjalik birlashmalari va sanoat korxonalari har yili hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha boʻlgan muddatda maʼnaviy eskirgan va yeyilgan asbob-uskunalarni zamonaviy, jahon darajasida sinovdan oʻtgan asbob-uskunalar bilan almashtirgan holda yangilash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har chorakda hisobot beriladigan chorakdan keyingi oyning 10-kunigacha maʼnaviy eskirgan va yeyilgan asbob-uskunalarni zamonaviy, jahon darajasida sinovdan oʻtgan asbob-uskunalar bilan almashtirgan holda yangilash toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni tahlil qilish va natijalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari majlislarida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 19-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 190-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1017/0460-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)