13.04.2012 yildagi PF-4436-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.04.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ANGREN” MAXSUS INDUSTRIAL ZONASINI BARPO ETISh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, shuningdek Toshkent viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyatida “Angren” maxsus industrial zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Angren” MIZ deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq hududlar chegaralari doirasida barpo etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Angren” maxsus industrial zonasi tarkibiga kiritiladigan yer maydonlarining chegaralarini aniq belgilasin va yerlarning tegishli ravishda ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, “Angren” maxsus industrial zonasi tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Toshkent viloyati hokimligining bevosita tasarrufida boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va jahon bozorlarida raqobatbardosh boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun investitsiyalar, eng avvalo toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish borasida qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus industrial zonaga kiruvchi mintaqaning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash, mineral-xomashyo resurslarini yanada chuqurroq qayta ishlash boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus industrial zona va umuman respublika korxonalari oʻrtasida mustahkam kooperatsion aloqalar oʻrnatish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuksak texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hamda samarali foydalanish, “Angren” logistika markazi salohiyatini, yuklarni avtomobil va konteynerlarda tashish borasida yaratilgan tizimni yanada rivojlantirish hamda ulardan keng koʻlamda foydalanishni taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” maxsus industrial zonasining faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” MIZ faoliyat yuritadigan muddat mobaynida uning hududida maxsus soliq tartibi va bojxona imtiyozlari amal qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” MIZ qatnashchisi maqomi “Angren” maxsus industrial zonasi Maʼmuriy kengashining qarori bilan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Angren” maxsus industrial zonasining Maʼmuriy kengashi 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” maxsus industrial zonasi Maʼmuriy kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarga “Angren” MIZ qatnashchisi maqomini berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” MIZda loyihalarni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vazirliklar va idoralarning, xoʻjalik birlashmalarining loyiha, tender va kontrakt hujjatlarini oʻz vaqtida tayyorlash hamda ularning ekspertizasini oʻtkazish borasidagi ishlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining “Angren” MIZ faoliyati bilan bogʻliq masalalardagi ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlamayotgan korxonalarni va davlat egaligidagi mol-mulkni “Angren” MIZ qatnashchilariga nolga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” MIZning samarali faoliyat yuritishini tashkil qilish, “Angren” MIZ Direksiyasini shakllantirish va uning faoliyati ustidan nazorat olib borish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlashdan, kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi, shuningdek Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilmaydigan, loyihalarni amalga oshirish doirasida “Angren” MIZ hududiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar boj toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalarning hajmiga qarab 3 yildan 7 yilgacha muddatga beriladi, shu jumladan ekvivalenti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha boʻlganda — 3 yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 million AQSh dollaridan ortib 10 million AQSh dollarigacha boʻlganda — 5 yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 million AQSh dollaridan ortiq boʻlganda — 7 yil muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent viloyati hokimligi “Angren” maxsus industrial zonaning Maʼmuriy kengashi qarorlari boʻyicha belgilangan tartibda “Angren” MIZda loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun quyidagilarni taʼminlasin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda sobiq sanoat zonalarining foydalanilmayotgan hududlarida korxonalar qurish uchun yer maydonlarini oʻz vaqtida ajratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalarni “bir darcha” tamoyili asosida berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Angren” MIZda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻztransgaz” AK, Toshkent viloyati hokimligi boʻlinmalari va boshqa muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar kommunikatsiyalarni ishlab chiqarish maydonchalariga tutashtirgan holda kafolatli ulanishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzavtoyoʻl” AK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Angren” maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Angren” MIZ Direksiyasini tashkil etsin va “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilsin, unda “Angren” maxsus industrial zonasi toʻgʻrisidagi Nizom hamda “Angren” maxsus industrial zonasi Maʼmuriy kengashi haqidagi Nizomni tasdiqlash nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4436-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” maxsus industrial zonasiga kiruvchi hududlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Angren shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ohangaron shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. A-373 avtomobil yoʻlidan shimol tomonda Ohangaron va Angren shaharlari oʻrtasidagi uchastkada joylashgan hudud (78 — 101 km qismi), Alisher, Azimota, Uvoq, Chirish, Geolog, Yangi Kuchbuloq, Sogʻlom aholi punktlari bundan mustasno, va:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
janub tomondan — A-373 avtomobil yoʻli (78 — 101 km qismi) bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sharq tomondan — Qorabov daryosi qayirining oʻng tomoni bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shimol tomondan — Oqchasoy jilgʻasi qayirining soʻl tomonidan Angren sanoat magistral kanali (ASMK) boʻylab 3 km, soʻngra shimol tomonga 500 kV EUL “Yangi Angren IES-PS Oʻzbekiston” (500 kV EUL) gacha, keyin 500 kvV EUL boʻylab Alisher aholi punkti orqali 4-sugʻorish quvuri (SQ)gacha va soʻngra suv quvuri boʻylab 500 kV EUL bilan kesishgungacha, keyin sharqqa qarab 500 kV EUL boʻylab Achchiqsoy jilgʻasigacha, keyin shimolga qarab Achchiqsoy jilgʻasi 2-SQ bilan kesishgungacha, soʻngra 2-SQ boʻylab Uvoq aholi punkti orqali sharqqa tomon u Qurtoshsoy jilgʻasi bilan kesishgungacha, soʻngra Qurtoshsoy jilgʻasi boʻylab shimolga qarab u Olmaliq KMKning Angren ruda boshqarmasi gidroqatlamiga olib boradigan avtomobil yoʻli bilan kesishgungacha, keyin ushbu avtomobil yoʻli boʻylab sharqqa tomon Chirishsoy jilgʻasigacha, keyin u 500 kV EUL bilan kesishgunigacha janubga tomon, soʻngra 500 kV EUL boʻylab u “Qizil Olma” koniga olib boruvchi avtomobil yoʻli bilan kesishgunigacha shimoli-sharqqa tomon, keyin koʻrsatib oʻtilgan avtomobil yoʻli boʻylab janubi-sharqqa tomon Sogʻlom aholi punkti chegarasigacha, keyin sharqqa tomon Qorabov daryosigacha chegaralangan hudud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.