Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OILALARNING IJTIMOIY-MAIShIY ShAROITLARINI YaXShILAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 27-fevraldagi PQ-1717-son qaroriga muvofiq, mahalliy maishiy texnika ishlab chiqarishning ishlab turgan quvvatlarini kengaytirishga, oilalarga uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni isteʼmol krediti sifatida berishga va jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etish yoʻli bilan xotin-qizlar mehnatining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2012 — 2014-yillarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan elektr-maishiy texnika ishlab chiqarishning prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2012-yilda qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mavzelarida jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan 2012 — 2014-yillarda elektr-maishiy texnika tovarlari sotib olish uchun aholiga ajratiladigan isteʼmol kreditlarining prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq maqullansin.
3. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Fargʻona, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korxonalar va tashkilotlar, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2012 — 2014-yillarda elektr-maishiy texnika ishlab chiqarishning tasdiqlangan prognoz parametrlarini bajarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
4. Belgilansinki, nazarda tutilgan parametrlarga muvofiq jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar qurish, ularni rekonstruksiya qilish va jihozlash tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari, shuningdek tijorat banklari va boshqa moliyaviy tashkilotlarning kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda:
aholi punktlari boʻyicha qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mavzelarida tashkil etiladigan jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalarning manzilli roʻyxatlarini;
kir yuvish xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan kir yuvadigan mashina-avtomatlar va boshqa texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish uchun tashkiliy masalalar hal etilishini va tadbirkorlik subyektlariga kreditlar berilishini nazarda tutuvchi jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etishning tasdiqlangan parametrlarini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli qaroriga asosan 2020-yil 18-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 17-aprel,
111-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-apreldagi 111-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2012 — 2014-yillarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan elektr-maishiy texnika ishlab chiqarishning
prognoz parametrlari
| | | | |
(ming ta) | ||
|
T/r |
Mahsulotning nomi |
Ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi |
Hammasi |
Shu jumladan: | ||
|
2012-y. |
2013-y. |
2014-y. | ||||
| 1. |
Sovutgichlar |
“SINO” OAJ | 108,5 | 33,5 | 35,0 | 40,0 |
|
“PONTEGREYN” XK |
115,0 |
35,0 |
40,0 | 40,0 | ||
|
“FERETTE ELECTRONICS” MChJ |
60,0 |
20,0 |
20,0 | 20,0 | ||
|
Hammasi: |
283,5 |
88,5 |
95,0 | 100,0 | ||
| 2. |
Maishiy gaz plitalari |
“Fargʻona gaz apparatlari zavodi” MChJ | 6,6 | 2,0 | 2,2 | 2,4 |
|
“Eko Elektron” ShK |
100,0 |
30,0 |
35,0 | 35,0 | ||
|
Hammasi: |
106,6 |
32,0 |
37,2 | 37,4 | ||
| 3. |
Kir yuvish mashinalari |
“ZENITH ELESTRONIKS” MChJ QK | 28,5 | 9,5 | 9,5 | 9,5 |
| “STA-PLAST” MChJ |
4,5 |
1,5 |
1,5 | 1,5 | ||
| Hammasi: |
33,0 |
11,0 |
11,0 | 11,0 | ||
| 4. |
Televizorlar |
“ZENITH ELESTRONIKS” MChJ QK | 292,2 | 78,7 | 106,7 | 106,8 |
| “FOTON” OAJ |
49,0 |
15,0 |
16,0 | 18,0 | ||
| Hammasi: |
341,2 |
93,7 |
122,7 | 124,8 | ||
|
5. |
Elektr chang yutgichlar |
“White Machine Technology” MChJ QK | 53,0 | 17,0 | 18,0 | 18,0 |
|
6. |
Mikrotoʻlqinli pechlar |
“Neo Sun Light” MChJ QK | 74,0 | 24,0 | 25,0 | 25,0 |
|
7. |
Elektr duxovka |
“SAM-NUR-TAFVIZ” MChJ QK | 42,0 | 12,0 | 15,0 | 15,0 |
|
8. |
Yoritqichlar |
“Oniks” OAJ | 18,0 | 6,0 | 6,0 | 6,0 |
| “DILIGHT” QK |
165,0 |
55,0 |
55,0 | 55,0 | ||
| Hammasi: |
352,0 |
114,0 |
119,0 | 119,0 | ||
|
9. |
Elektr dazmol |
“Oʻzelektrapparat-elektroshchit”MChJ QK | 42,0 | 14,0 | 14,0 | 14,0 |
|
10. |
Konditsionyerlar |
“Neo Sun Light” MChJ QK | 53,0 | 17,0 | 18,0 | 18,0 |
| “ZENITH ELESTRONIKS” MChJ QK |
55,0 |
12,0 |
18,0 | 25,0 | ||
| Hammasi: |
150,0 |
43,0 |
50,0 | 57,0 | ||
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-apreldagi 111-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
2012-yilda qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mavzelarida jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etishning maqsadli
parametrlari
| | | | (ta) | ||
|
T/r |
Mintaqalar nomi |
Kirxonalar soni |
shu jumladan choraklar boʻyicha | ||
|
II |
III |
IV | |||
| | Oʻzbekiston Respublikasi | 75 | 18 | 31 | 26 |
| | shu jumladan: | ||||
| 1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 4 | 1 | 2 | 1 |
| 2. | Andijon viloyati | 5 | 1 | 2 | 2 |
| 3. | Buxoro viloyati | 4 | 1 | 2 | 1 |
| 4 | Jizzax viloyati | 5 | 1 | 2 | 2 |
| 5. | Qashqadaryo viloyati | 10 | 3 | 4 | 3 |
| 6. | Navoiy viloyati | 12 | 2 | 5 | 5 |
| 7. | Namangan viloyati | 5 | 1 | 2 | 2 |
| 8. | Samarqand viloyati | 4 | 1 | 2 | 1 |
| 9. | Surxondaryo viloyati | 5 | 1 | 2 | 2 |
| 10. | Sirdaryo viloyati | 3 | 1 | 1 | 1 |
| 11. | Toshkent viloyati | 10 | 3 | 4 | 3 |
| 12. | Fargʻona viloyati | 5 | 1 | 2 | 2 |
| 13. | Xorazm viloyati | 3 | 1 | 1 | 1 |
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-apreldagi 111-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
2012 — 2014-yillarda elektr-maishiy texnika tovarlari sotib olish uchun aholiga ajratiladigan isteʼmol kreditlarining
prognoz parametrlari
| | | | (mln soʻm) | ||
|
T/r |
Mintaqalar nomi |
2012-yil |
2013-yil |
2014-yil |
2012 — 2014-yillarda hammasi |
| | Oʻzbekiston Respublikasi | 30 000 | 34 500 | 40 000 | 104 500 |
| | shu jumladan: | ||||
| 1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 2 200 | 2 500 | 2 800 | 7 500 |
| 2. | Andijon viloyati | 3 000 | 3 500 | 3 900 | 10 400 |
| 3. | Buxoro viloyati | 1 300 | 1 500 | 1 800 | 4 600 |
| 4. | Jizzax viloyati | 800 | 1 000 | 2 200 | 4 000 |
| 5. | Qashqadaryo viloyati | 2 000 | 2 300 | 2 600 | 6 900 |
| 6. | Navoiy viloyati | 1 000 | 1 200 | 1 400 | 3 600 |
| 7. | Namangan viloyati | 1 600 | 1 900 | 2 200 | 5 700 |
| 8. | Samarqand viloyati | 2 500 | 3 000 | 3 500 | 9 000 |
| 9. | Surxondaryo viloyati | 2 300 | 2 500 | 2 700 | 7 500 |
| 10. | Sirdaryo viloyati | 800 | 1 000 | 1 200 | 3 000 |
| 11. | Toshkent viloyati | 2 500 | 2 800 | 3 200 | 8 500 |
| 12. | Fargʻona viloyati | 3 500 | 4 000 | 4 400 | 11 900 |
| 13. | Xorazm viloyati | 2 000 | 2 300 | 2 600 | 6 900 |
| 14. | Toshkent shahri | 4 500 | 5 000 | 5 500 | 15 000 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 16-son, 182-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)