24.08.2011 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI BILAN KOREYA RESPUBLIKASI “KOREYA STATISTIKS” OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANGLAShUV MEMORANDUMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statistika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Koreya Respublikasi “Koreya Statistiks” (bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelajakda Tomonlar oʻrtasida statistika sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va rivojlantirish hamda statistikani yuksaltirish imkoniyatlari haqida kelishib olish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika sohasiga oid oʻzaro hamkorlikdagi dasturlar va loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirishning shart-sharoitlarini shakllantirishning muhimligini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda.
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, oʻzaro yordam va oʻzaro manfaatdorlikka asoslangan statistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishda barcha zarur boʻlgan chora-tadbirlardan amalda foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Hamkorlik yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, moliyaviy va inson resurslari yetarli boʻlgan sharoitlarda va Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga mos ravishda statistika sohasidagi quyidagi yoʻnalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga asos yaratadilar va qoʻllab-quvvatlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Tomonlar davlatlari hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar bilan bogʻliq, davriy va boshqa nashrlar (yillik nashrlar, toʻplamlar, byulletenlar, yangiliklar va sharhlar kabilar)ni qoʻshgan holda, ochiq statistik maʼlumotlar, statistik kuzatuvlar, roʻyxatga olish va kuzatuvlarga oid uslubiy qoʻllanmalar va axborotlar almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) statistikaga oid Tomonlar davlatlarining milliy qonunlarini takomillashtirish va Tomonlarning rivojlanishiga bogʻliq yangi yoʻnalishlarga oid axborotlar bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) axborot texnologiyalarini statistika amaliyotiga joriy etish bilan bogʻliq tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shartnoma asosida, foydali loyihalar boʻyicha oʻzaro hamkorlikdagi tadqiqotlarni amalga oshirishni muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) statistika masalalariga oid oʻzaro hamkorlikdagi texnik loyihalarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) statistika sohasidagi soʻnggi oʻzgarishlar bilan tanishish va tajriba almashish maqsadida, oʻzaro hamkorlikdagi sessiyalar, seminarlar va konferensiyalar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Hamkorlikni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar, aniq tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlarini, oʻzlarining tegishli vakolatlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda qoʻshimcha tarzda aniqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu anglashuv Memorandumi va Tomonlarning oʻzaro hamkorligi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar jarayonida, Tomonlar davlatlarining rasmiy (davlat) tilidan foydalaniladi. Loyihalarga oid barcha rasmiy hujjatlar, shu jumladan, barcha maʼlumotlar Tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida belgilangan tilda chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu anglashuv Memorandumini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan sarf va xarajatlar, oʻzaro hamkorlikdagi har bir tadbir boshlanishidan oldin Tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Memorandumning kuchga kirishi, oʻzgartirishlar kiritilishi va tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu anglashuv Memorandumi Tomonlar imzolagan sanadan kuchga kiradi va 5 yil davomida amal qiladi. Agar Tomonlardan biri boshqa Tomonga uning amal qilish muddatini tugatish kamida 6 oy oldin yozma ravishda xabar bermasa, anglashuv Memorandumi keyingi 5 yillik muddatlarga uzaytirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu anglashuv Memorandumini talqin etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan barcha munozarali masalalar, Tomonlarning maslahatlashuvi va muzokaralari vositasida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu anglashuv Memorandumiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, Tomonlarning oʻzaro kelishuviga asosan, ushbu anglashuv Memorandumining ajralmas qismi hisoblangan va ushbu anglashuv Memorandumida qayd etilgan tartibda kuchga kiradigan alohida rasmiylashtirilgan bayonnomalar vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning biri anglashuv Memorandumini tugatish maqsadida ekanini yozma ravishda ikkinchi tomonni kamida 6 oy oldin xabardor qilgan holda, ushbu anglashuv Memorandumini tugatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida, 2011-yil 24-avgustda ikki asl nusxada oʻzbek, koreys va ingliz tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar teng kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talqin etishda yuzaga keladigan har qanday tushunmovchilik holatida ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2011-y., 3-4-son)