O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“SUG‘URTA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 6-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 23-martda ma’qullangan
Senat tomonidan 2012-yil 23-martda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi O‘RQ-730-sonli “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi 358–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4–5, 68-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 9, 415-modda; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 635-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 12, 467-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning birinchi qismi “sug‘urta mukofotlaridan” degan so‘zlardan keyin “shuningdek sug‘urtalovchining boshqa mablag‘laridan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 61-moddaning:
to‘qqizinchi xatboshisidagi “sug‘urta tovoni miqdorini” degan so‘zlar “sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi xatboshisi “sug‘urta tovoni” degan so‘zlardan keyin “(sug‘urta puli)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
oltinchi xatboshisi “sug‘urta tovoni” degan so‘zlardan keyin “(sug‘urta puli)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘ninchi xatboshisidagi “aktuariyni (aktuar tashkilotni)” degan so‘zlar “aktuar tashkilotni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 81-moddaning:
birinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “(qayta sug‘urtalovchini)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisi “sug‘urta” degan so‘zdan keyin “(qayta sug‘urta qilish)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “shart” degan so‘z chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga ko‘ra taqdim etishi;
firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) joylashgan eri o‘zgargan taqdirda, bu haqda maxsus vakolatli davlat organini va sug‘urtalovchilarni xabardor qilishi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart”;
4) 91-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi “sug‘urta tovoni” degan so‘zlardan keyin “(sug‘urta puli)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 92-moddaning:
birinchi xatboshisi “sug‘urtalovchining (sug‘urta qildiruvchining)” degan so‘zlardan keyin “va boshqa buyurtmachining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “sug‘urtalovchi uchun” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi “sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi)” degan so‘zlardan keyin “va boshqa buyurtmachi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 93-moddaning:
ikkinchi xatboshisi “sug‘urtalovchini (sug‘urta qildiruvchini)” degan so‘zlardan keyin “va boshqa buyurtmachilarni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “sug‘urta qildiruvchidan (sug‘urtalovchidan)” degan so‘zlar “sug‘urtalovchidan (sug‘urta qildiruvchidan) va boshqa buyurtmachilardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini aniqlash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish”;
beshinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “shart” degan so‘z chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga ko‘ra taqdim etishi shart”;
7) 94-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“94-modda. Aktuar tashkilot va aktuariy”;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aktuar tashkilot quyidagilarni o‘z ichiga oladigan aktuar xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxsdir”;
uchinchi xatboshisidagi “(qayta sug‘urtalovchining)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshisining ruscha matnidagi “(perestraxovщikom)” degan so‘z chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “(qayta sug‘urtalovchining)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“aktuar hisob-kitoblarini amalga oshirish bo‘yicha dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish;
sug‘urta bilan bog‘liq boshqa aktuar xizmatlari ko‘rsatish”;
ikkinchi — oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Aktuar tashkilot shartnomaga muvofiq to‘lov asosida faqat aktuar xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin.
Aktuariy maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olgan va aktuar tashkilot shtatida turgan yoki aktuar tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxsdir.
Aktuariy sifatsiz aktuar xizmatlarini ko‘rsatganlik, tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor qilganlik va aktuar tashkilotning zarar ko‘rishiga olib kelgan o‘zga xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar uchun aktuar tashkilot oldida javobgar bo‘ladi.
Aktuar tashkilot o‘z shtatida kamida bitta aktuariyga ega bo‘lishi kerak”;
yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
8) 95-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“95-modda. Aktuar tashkilotning huquq va majburiyatlari”;
“Aktuar tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
aktuar xizmatlari ko‘rsatiladigan sug‘urtalovchini va boshqa buyurtmachilarni erkin tanlash;
aktuar xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan axborot sug‘urtalovchi va boshqa buyurtmachilar tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, aktuar xizmatlari ko‘rsatishni rad etish”;
to‘rtinchi xatboshisidagi “aktuariylarni” degan so‘z “aktuar tashkilotlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Aktuariy” degan so‘z “Aktuar tashkilot” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aktuar tashkilot”;
to‘rtinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “shart” degan so‘z chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga ko‘ra taqdim etishi shart”;
to‘rtinchi qismidagi “Aktuariy” degan so‘z “Aktuar tashkilot” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 96-modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari “sug‘urta” degan so‘zdan keyin “(qayta sug‘urta qilish)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
10) 97-moddaning:
to‘rtinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “shart” degan so‘z chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga ko‘ra taqdim etishi shart”;
11) 99-moddaning:
to‘rtinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “shart” degan so‘z chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga ko‘ra taqdim etishi shart”;
12) 10-moddaning ikkinchi qismi:
oltinchi xatboshisi “sug‘urta brokerining” degan so‘zlardan keyin “hamda ular alohida bo‘linmalarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘n yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridan qonun hujjatlarida belgilangan axborotni so‘rab oladi”;
o‘n yettinchi xatboshisi o‘n sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
13) 11-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qayta sug‘urta brokerlari, adjasterlar, aktuar tashkilotlar, sug‘urta syurveyerlari, assistanslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin bir haftalik muddatda bu haqda maxsus vakolatli davlat organini yozma ravishda xabardor qiladi”;
14) 13-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13-modda. Sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining firma nomiga doir talablar
Sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining firma nomida ilgari tashkil etilgan sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining firma nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining filiallari, shuningdek unitar korxona shaklida boshqa sug‘urtalovchilar tomonidan tashkil etilgan sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining firma nomlari mustasno”;
15) 22-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
16) 24-moddaning ikkinchi qismidagi “Sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilariga” degan so‘zlar “Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 25-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar sug‘urtalovchilarning va adjasterlarning so‘roviga ko‘ra sug‘urta hodisalarining ro‘y berishi sabablari hamda holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorlarini sug‘urtalovchi va adjaster tomonidan aniqlash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni taqdim etishi shart”;
ikkinchi qismidagi “sug‘urtalovchilar yoki sug‘urta brokerlaridan” degan so‘zlar “sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 26-modda:
beshinchi qismi “surishtiruv va tergov organlariga” degan so‘zlardan keyin “sudning undiruvni sug‘urta qildiruvchining mol-mulkiga qaratish yoki bu mol-mulkni xatlash haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, sud ijrochilariga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tuzilgan sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etiladi”;
19) 27-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-aprel,
O‘RQ-323-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 15-son, 165-modda)