Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining
Buyrugʻi
BUGʻ VA ISSIQ SUV QUVURLARINING TUZILIShI VA XAVFSIZ EKSPLUATATSIYA QILISh QOIDALARIGA OʻZGARTISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2011-yil 23-dekabr 6-24/13-13134/6-son]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-oktabrdagi 283-son “Byurokratlik toʻsiqlarni bartaraf etish va ruxsat berish tartibotlarini amalga oshirishda davlat boshqaruv funksiyalarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 454-modda) qarori ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 6-iyuldagi 199-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2010-yilning 2-avgustidagi 6-24/23-6554/6-son xulosasiga koʻra texnik qoidalar va normalarga tegishli deb topilgan) “Bugʻ va issiq suv quvurlarining tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari”ning:
123-bandining birinchi xatboshidagi “qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda kelishilgan” soʻzlari “belgilangan tartibda ishlab chiqilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
275-bandidan “qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda ruxsatnomasi bor boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi, “Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgach kuchga kiradi.
Inspeksiya boshligʻi B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 1-dekabr,
270-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-noyabr,
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi I. YuLDAShEV
Toshkent sh.,
2011-yil 28-noyabr,
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining bosh direktori U. XALMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2011-yil 18-noyabr,
“Oʻzstandart” agentligining bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 11-noyabr,
Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashining raisi G. XAKIMOVA
Toshkent sh.,
2011-yil 14-noyabr,
“Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi B. TEShABAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-noyabr,
“Oʻztransgaz” AKning bosh direktori T. JURAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 1-dekabr,