Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2019 20.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2344
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2019
Hujjat 24.04.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN ShAXSIY YORDAMChI XOʻJALIKLARGA QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINI YETIShTIRISh UChUN MIKROKREDITLAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 20-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2344]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 22-iyundagi 14/11-sonli “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2344-3, 16.07.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 369-modda) qonunlariga muvofiq, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. Mullajonov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 10-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8/1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 10-martdagi 8/1-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, chorvachilik, yilqichilik, tuyachilik baliqchilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, quyon boqish va yetishtirish, issiqxonalar tashkil etish, shuningdek urugʻ va koʻchatlar sotib olish uchun mikrokreditlar berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 8-apreldagi 7/4-sonli (roʻyxat raqami 2344-2, 21.04.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 282-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mikrokreditlar qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 14-martdagi 6/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2344-1, 20.03.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 11-son, 132-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yordamchi xoʻjalik deganda, shaharcha, qishloq, ovullarda yashovchi fuqarolarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida uy-joy qurish uchun berilgan uchastkalarning bir qismi – tomorqada oila aʼzolarining shaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hamda oila ehtiyojidan ortiqchasini dehqon bozorlarida sotish bilan shugʻullanadigan oilaviy xoʻjalik tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, chorvachilik, yilqichilik, tuyachilik baliqchilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, quyon boqish va yetishtirish, issiqxonalar tashkil etish, shuningdek urugʻ va koʻchatlar sotib olish uchun eng kam ish haqining 100 baravarigacha miqdorda mikrokreditlar beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 8-apreldagi 7/4-sonli (roʻyxat raqami 2344-2, 21.04.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mikrokreditlar shartnoma asosida qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mevali daraxtlar va uzum koʻchatlarini sotib olish, baliqchilik va parrandachilikni rivojlantirish uchun — 1 yillik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik, yilqichilik, tuyachilik, asalarichilikni rivojlantirish, quyon boqish va yetishtirish, uchun — 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻliklar, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini sotib olish hamda issiqxonalar tashkil etish uchun — 6 oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
limon yetishtirishga moʻljallangan issiqxonalar tashkil etish, unabi va grek yongʻogʻi yetishtirish uchun — 3 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 8-apreldagi 7/4-sonli (roʻyxat raqami 2344-2, 21.04.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 282-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Imtiyozli davr oʻrnatilgan holda berilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarzni toʻlash imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli davrda kredit boʻyicha foizlar hisoblanadi va undiriladi. Bunda foizlar qarz oluvchiga kredit boʻyicha qarzdorlikning amaldagi qoldigʻiga kunlik hisoblab boriladi va har oyda bir marta undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi darajasidan yuqori boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mikrokreditlar berishni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shaxsiy yordamchi xoʻjalik yurituvchi jismoniy shaxslar mikrokredit olish uchun, qoida tariqasida, oʻzlari istiqomat qiladigan joydagi tijorat banklari filiallaridan biriga mikrokredit berishni soʻrab ariza bilan murojaat etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mikrokredit olish uchun shaxsiy yordamchi xoʻjalik yurituvchi jismoniy shaxs tomonidan tijorat bankiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan maqsadlar uchun mikrokredit berish soʻralgan ariza;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 14-martdagi 6/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2344-1, 20.03.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 11-son, 132-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan imzolangan, belgilangan tartibda berilgan sanasi va raqami qayd etilgan hamda muhr bilan tasdiqlangan tavsiyanoma va mikrokredit oluvchi shaxsiy yordamchi xoʻjalik yurituvchi jismoniy shaxsda tomorqa uchastkasi mavjudligi hamda uning maydoni koʻrsatilgan maʼlumotnoma.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 14-martdagi 6/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2344-1, 20.03.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 11-son, 132-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shaxsiy yordamchi xoʻjalik yurituvchi jismoniy shaxs mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni topshirishda oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatadi hamda undan nusxa taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Qarz oluvchilar mikrokredit olish boʻyicha arizalarni elektron tizim orqali taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi boʻyicha Kredit axborotining davlat reyestri va kredit byurolariga taqdim etilayotgan kredit axboroti maʼlumotlari tijorat bankining kredit yigʻmajildidagi kredit axborotiga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Shaxsiy yordamchi xoʻjalik yurituvchi jismoniy shaxs tomonidan zarur hujjatlar taqdim qilingandan soʻng, uning arizasi mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi “Arizalarni roʻyxatga olish kitobi”ga qayd qilinadi va bir vaqtning oʻzida qarz oluvchiga ariza tijorat banki tomonidan qabul qilinganligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda “Maʼlumotnoma” beriladi. Bunda “Maʼlumotnoma”ning birinchi qismi tijorat bankida qoldiriladi, ikkinchi qismi esa, qarz oluvchiga taqdim etiladi. Qarz oluvchi “Maʼlumotnoma”ning birinchi qismini uni olganligi toʻgʻrisidagi sanani koʻrsatgan holda imzolaydi, ariza elektron tizim orqali qabul qilingan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar elektron tizim orqali qabul qilinganda, u “Arizalarni roʻyxatga olish kitobi”ga qayd qilinadi va arizaga “Elektron tizim orqali qabul qilindi” deb yozib qoʻyiladi va bir vaqtning oʻzida qarz oluvchiga ariza tijorat banki tomonidan elektron tizim orqali qabul qilinganligi toʻgʻrisida elektron shaklda “Maʼlumotnoma” yuboriladi hamda tijorat bankida qolgan “Maʼlumotnoma”ga uning elektron shaklda yuborilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritiladi va sana koʻrsatilgan holda imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. “Maʼlumotnoma”lar tushunarli, toʻgʻri va aniq koʻrinadigan holda toʻldirilishi lozim. “Maʼlumotnoma”dagi yozuvlarni qisqartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(81 — 83-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 14-martdagi 6/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2344-1, 20.03.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 11-son, 132-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qarz oluvchilar mikrokreditlar qaytarilishining taʼminoti sifatida tijorat banki filialiga quyidagi taʼminot turlaridan birini taqdim etishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk garovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank yoki sugʻurta kompaniyasining kafolati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxs kafilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kreditning taʼminoti sifatida mol-mulk garovi boʻyicha tuziladigan shartnomalar qonunda nazarda tutilgan hollarda notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kafillik bank foydasiga kafil va qarz oluvchi oʻrtasida yozma shaklda 3 (uch) nusxada tuziladigan kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu shartnomaning oxirgi betida kafil va qarz oluvchi imzolaridan kafillik qabul qilinganligi toʻgʻrisida tijorat bank filiali boshqaruvchisi tomonidan imzolangan va dumaloq muhr qoʻyilgan yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mikrokredit soʻrab, mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda berilgan ariza bankka kelib tushgan kundan boshlab, tijorat banki filiali kredit qoʻmitasi tomonidan ushbu ariza boʻyicha qaror qabul qilish muddati 3 ish kunidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tijorat banki filialining kredit qoʻmitasi qarori mikrokreditlarni berish yoki bermaslik uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mikrokredit berish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, tijorat bank arizachiga bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda yozma shaklda maʼlum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tijorat banki filiali kredit qoʻmitasining mikrokredit berish toʻgʻrisidagi ijobiy qarori qabul qilingan taqdirda, qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi tuzilishi hamda ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan, kreditning taʼminoti sifatida qarz oluvchi tomonidan taqdim etilayotgan taʼminot turlaridan biri qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tijorat banki va qarz oluvchi oʻrtasida tuziladigan kredit shartnomasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uchun foiz stavkasi miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit taʼminotiga oid maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kredit shartnomasi tuzilib, kreditning taʼminotiga oid hujjatlar toʻliq rasmiylashtirib boʻlingan kunning ertasidan kechiktirmagan holda tijorat banki tomonidan qarz oluvchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ssuda hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kreditlash va kreditni qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mikrokreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvaragʻidan uning toʻlov topshiriqnomasiga asosan, kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga berilgan mikrokreditlar hisobi 14900-sonli “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvaraqlarida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Shaxsiy yordamchi xoʻjalik yurituvchi jismoniy shaxs tomonidan mikrokredit hamda unga hisoblangan foizlarni toʻlash tijorat bank kassasiga naqd pul topshirish yoki qarz oluvchining omonat hisobvaragʻidan pul oʻtkazib berish yoxud bank plastik kartochkalari orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tijorat banklari tomonidan mikrokreditdan foydalanishning butun muddati davomida fuqarolar yigʻini xodimi ishtirokida mikrokreditdan samarali hamda maqsadli foydalanilayotganligini aniqlash boʻyicha bevosita joyiga chiqib doimiy monitoring oʻtkaziladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 14-martdagi 6/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2344-1, 20.03.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 11-son, 132-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Olingan mikrokreditdan boshqa maqsadda foydalanilganligi aniqlangan taqdirda, tijorat banki kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mikrokredit boʻyicha qarzdorlikni undirishda birinchi navbatda mikrokreditdan foydalanganlik uchun foizlar undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mikrokredit belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, tijorat banki undiruvni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mikrokreditning qaytarilish taʼminoti sifatida taqdim etilgan taʼminot shakliga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom qoidalarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalarni roʻyxatga olish
KITOBI
201__ yil uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ariza bergan shaxsiy yordamchi xoʻjalik

Ariza raqami va sanasi

Ariza topshirilgan sana

Arizaning qisqacha mazmuni

(Mikrokredit maqsadi, muddati, summasi, ustama foizi, manbasi, taʼminot turi)

Arizada koʻrsa-tilgan mikrokredit miqdori (ming soʻm)

Arizachiga hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida berilgan maʼlumotnomaning raqami va sanasi

Ariza boʻyicha Kredit qoʻmita tomonidan qabul qilingan qarorning raqami, sanasi

Arizachiga mikrokredit ajratish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganligi haqida berilgan yozma javob xatining raqami va sanasi

Ariza rad qilingan taqdirda, arizachiga berilgan yozma javob xatining raqami va sanasi

Bank kredit qoʻmitasi tomonidan maʼqullangan kredit miqdori (ming soʻm) va kredit ajratish boshlanganligining dastlabki sanasi

Imzo

0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

1.

2.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 14-martdagi 6/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2344-1, 20.03.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 11-son, 132-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 14-martdagi 6/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2344-1, 20.03.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 11-son, 132-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 12-son, 136-modda; 2015-y., 11-son, 132-modda; 2017-y., 16-son, 282-modda)