Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PF-3972-sonli farmoni ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-3972-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-3972-sonli Farmoni ijro uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Farmonga muvofiq quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
2.1. 2008-yilning 1-aprelidan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar oʻrta hisobda 1,12 baravar oshirilganligi;
2.2. 2008-yilning 1-aprelidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi — oyiga 20865 soʻm;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 41330 soʻm;
yagona tarif setkasi boʻyicha boshlangʻich (noʻlinchi) razryad — oyiga 20865 soʻm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 41330 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 25030 soʻm miqdorida belgilanganligi.
2.3. Ish haqiga qoʻshiladigan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolali oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa toʻlovlar 2008-yilning 1 alrelidan boshlab Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilganligi;
2.4. Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar respublika Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilishi;
2.5. Xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlar 2008-yilning 1 alrelidan boshlab ish haqi miqdorini mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish, shuningdek joriy yil boshidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar zimmasiga tushadigan soliq yuki darajasini pasaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirishlari.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi (B.S. Kamolov), tuman hokimliklari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar, budjetdan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining mansab maoshlari miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PF-3972-sonli Farmoni va mazkur qarordan kelib chiqqan holda oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishi taʼminlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Toshkent shahar hokimining 2007-yil 24-oktabrdagi 907-sonli qarori (4-bandi istisno qilingan holda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari B.I. Tohirov zimmasiga yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hokim A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 14-mart,
147-son