Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.2023 10.03.2012 yildagi 67-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.2023
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

BOLALARNING DAM OLIShINI TAShKIL ETISh VA SOGʻLOMLAShTIRISh TIZIMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-sonli “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda bolalarning dam olishini tashkil etish, oromgohlarda ularni sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish, bu boradagi ishlarni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish Konsepsiyasi 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh (keyingi oʻrinlarda Muvofiqlashtiruvchi guruh deb yuritiladi) tarkibi 2-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2 ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh tuzilmasi 3-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oromgohlarida maishiy, kommunal, transport va tibbiy taʼminotning barcha tizimlari ishonchli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishi boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

bolalar oromgohlariga yondosh hududlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish;

bolalarni oromgohlarga olib borish va ularni dam olishdan keyin olib qaytishda transport xizmati xavfsizligini, shuningdek yongʻin xavfsizligini taʼminlash;

bolalar oromgohlarida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, shuningdek bolalar, tarbiyachilar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha profilaktika chora-tadbirlarini koʻrish;

bolalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish, oromgohlarni zarur dori-darmonlar va tibbiy vositalar bilan taʼminlash;

barcha oromgohlarda bolalarning yashash, ovqatlanish va dam olish joylariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilishi, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari sifati va normalari ustidan kuchli nazoratni taʼminlash;

oromgohlarda bolalarni vatanparvarlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda erkin fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan taʼlim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;

bolalarning oʻqishdan tashqari vaqtini sermazmun oʻtkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlarini taʼminlash, turli sport musobaqalarini oʻtkazish va bu orqali bolalar sportini ommalashtirish;

oromgohlarda oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlarida respublikadagi taniqli madaniyat, fan, adabiyot va sanʼat xodimlari hamda sportchilarning ishtirokini taʼminlash;

oromgohlarga jalb etiladigan bolalar salmogʻini yildan yilga oshirib borishni nazarda tutgan holda, ularga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilab borish;

bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy ravishda monitoring qilib borish, mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

bolalar oromgohlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish, zarur hollarda, mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlar faoliyat samaradorligini oshirishga doir tashkiliy masalalarni oʻz vaqtida hal etish, xavfsizlik va tibbiy xizmat, shuningdek bolalarning mazmunli dam olishini taʼminlash boʻyicha hududiy Muvofiqlashtiruvchi guruhlarni tuzsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy Muvofiqlashtiruvchi guruhlar mazkur qarorning 2-bandida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, faoliyat yoʻnalishlarini belgilasin hamda guruh aʼzolarining shaxsiy masʼuliyati va javobgarligi kuchaytirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oromgohlarini yangi mavsumga har tomonlama tayyorlash maqsadida ularni toʻliq xatlovdan oʻtkazsinlar hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va yetarli shart-sharoitlar yaratish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning oromgohlarda dam olishlarini tashkil etish va sogʻlomlashtirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Muvofiqlashtiruvchi guruhga muntazam ravishda axborot berib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tasarrufida bolalar oromgohlari boʻlgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarning samarali faoliyat koʻrsatishi, xavfsizlik va tibbiy xizmat, shuningdek bolalarning mazmunli dam olishini taʼminlash boʻyicha zaruriy tashkiliy chora-tadbirlarni koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oromgohlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar belgilab, amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-iyundagi 383-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 10-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI

Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab yoshlarni har tomonlama barkamol avlod etib tarbiyalash davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilab olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yoʻnalishda mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida keng miqyosdagi islohotlar amalga oshirilib, bu boradagi ishlar koʻlami yil sayin kengayib va takomillashib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan saʼy-harakatlar oʻzining samarasini berib, yoshlarimiz bilim darajasi oshmoqda, ularning jismoniy holati yildan yilga rivojlanib bormoqda, yoshlarimizning jahon maydonlaridagi turli jabhalarda erishayotgan yutuqlari sharafiga davlatimiz bayrogʻi baland koʻtarilib, uning nufuzi ortib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish sohasida erishilgan yutuqlar ham bu borada Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oromgohlarga jalb etiladigan bolalar salmogʻini koʻpaytirish, ularga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, oromgohlar nufuzini yanada yuksaltirish maqsadi – ushbu yoʻnalishdagi ishlarni kompleks ravishda takomillashtirish va rivojlantirishni, shuningdek uning doimiy faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konsepsiyada bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish asosiy tushunchalari, maqsad va vazifalari, oromgohlar turlari va yoʻnalishlari, oromgohlarda bolalarga koʻrsatiladigan xizmatlar hamda erishiladigan natijalar oʻz aksini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya oʻsib kelayotgan avlodni bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish hamda har tomonlama barkamol avlod etib tarbiyalashning asosiy talab, mezon va gʻoyalarining mamlakat miqyosidagi toʻlaqonli tizimini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya”siga asoslangan holda ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishni yanada takomillashtirish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan faoliyatda hamda turli darajadagi dastur va rejalarni ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konsepsiya, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha turdagi oromgohlar faoliyatiga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. ASOSIY TUShUNChALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish — bu sanitariya-gigiyena, sanitariya-epidemiologiya hamda xavfsizlik talablariga toʻliq javob beradigan va qulay sharoitda bolalarning belgilangan kundalik hayot tarziga rioya etishi, sifatli ovqatlanishi, ijodiy salohiyatining rivojlanishi, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarining shakllanishi, dam oldirilishi, salomatliklarining tiklanishi va mustahkamlanishi, jismoniy tarbiya, sport va turizm bilan shugʻullanishlarini taʼminlovchi kompleks tadbirlar majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dam olish — bolalar organizmining jismoniy va ruhiy funksiyalari tiklanishiga, uning faolligini oshirishga yoʻnaltirilgan maxsus ijtimoiy tadbirlar majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻlomlashtirish — bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilash, ratsional ovqatlanish hamda sogʻligʻini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan tibbiy, gigiyenik, jismoniy tarbiya tadbirlarining majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. BOLALARNING DAM OLIShINI TAShKIL ETISh VA SOGʻLOMLAShTIRIShNING ASOSIY MAQSAD VA VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishning asosiy maqsadi — bolalarning oʻqishdan tashqari vaqtini sermazmun oʻtkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlarini taʼminlash, ular ongiga milliy gʻoyani, vatanparvarlik tuygʻularini hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish orqali har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan vazifalar quyidagilardan iboratdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishni tashkil etish va amalga oshirishning mukammal tizimini yaratish, respublika oromgohlar tarmogʻini takomillashtirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish yuzasidan har yili rejalar ishlab chiqish, zarur moliyaviy mablagʻlar manbalarini aniqlash va jalb etish orqali ushbu rejalarni toʻliq amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, unda bajarish muddatlari va masʼullarni aniq koʻrsatish, ushbu reja ijrosini muntazam ravishda nazorat qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishni tashkil etish yuzasidan vazirlik, idora, tashkilot va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish va oʻzaro hamkorligini taʼminlash, ularning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur yoʻnalishda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni joyining oʻziga chiqqan holda oʻrganib, doimiy ravishda monitoring qilib borishni yoʻlga qoʻyish, ularni yanada takomillashtirish boʻyicha tegishli choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda bugungi kundagi “ommaviy madaniyat”ning turli illatlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ular ongiga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni singdirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish, bu boradagi ishlarga davlat va jamoat tashkilotlarini keng jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. OROMGOHLAR FAOLIYATINING ASOSIY TAMOYILLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oromgohlar faoliyatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlagan hamda ratsional ovqatlanishni tashkil etgan holda, ularning sifatli dam oldirilishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar manfaatlarining ustuvorligi, ularning ijodiy rivojlanishi hamda oʻz imkoniyatlarini toʻliq namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy meʼyorlar va oromgoh qoidalariga rioya qilgan holda, pedagog va yetakchilarning bolalar shaxsini rivojlantirish va ularning koʻngilli dam olishlarini taʼminlash borasidagi tashabbuslarini qoʻllab-qavatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish mobaynida bolalar ongiga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni singdirish, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy chora-tadbirlar amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir oromgoh jamoasi oʻz tashkiliy-pedagogik faoliyatining yoʻnalishlarini yuqori darajadagi tegishli tashkilotlar tavsiya va koʻrsatmalari asosida mustaqil ravishda ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
U oʻz ichiga sogʻlomlashtirish, rivojlantirish, taʼlim-tarbiyaviy va bolalarni ijtimoiy tiklash dasturlarini ishlab chiqish, bolalarni ijtimoiylashtirish, ular oʻrtasida oʻzaro hamkorlikning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish kabilarni qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. OROMGOHLAR TURLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oromgohlar 2 turga ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statsionar oromgohlar — statsionar baza asosida qurilgan yoki vaqtinchalik ijaraga olingan obyektlarda tashkil etilib, unda bolalar smena davomida yashaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur oromgohlar statsionar oromgohlar joylashuvi, taʼminoti va kun tartibini tashkil etishning sanitariya talablariga asosan faoliyat olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kunduzgi oromgohlar — umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, sport, ijtimoiy xizmat koʻrsatish, sanatoriy-kurort muassasalari, klublar qoshida vaqtinchalik tashkil etilib, unda bolalar faqatgina kunduz kuni dam oldiriladi va sogʻlomlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu oromgohlar faoliyati taʼtil davrida bolalarning kunduz kuni dam olishlarini taʼminlash va sogʻlomlashtirish oromgohlari joylashuvi, taʼminoti va kun tartibini tashkillashtirishning gigiyena talablariga muvofiq yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. OROMGOHLARNING FAOLIYAT YOʻNALIShLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oromgohlar bolalarning yoshini eʼtiborga olgan holda, tarbiyaviy ishlarning mazmuni boʻyicha quyidagi ixtisoslashgan yoʻnalishlarda tashkil etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Intellektual rivojlantirish oromgohlari. Oromgohlar fan olimpiadalari, taʼlim sohasining turli darajadagi musobaqalari gʻoliblari boʻlgan 10 — 14 yoshdagi bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish uchun yoʻnaltirilgan boʻlib, unda bir yoki bir nechta fanlar yoxud tillar chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganilishiga eʼtibor beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari. Oromgohlar 8 — 18 yoshdagi bolalar va oʻsmirlar uchun sport yoʻnalishidagi oʻquv muassasalari tarbiyalanuvchilarining oʻquv-mashq jarayonini davom ettirishlari, ularning sport mahoratini takomillashtirish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, sogʻligʻini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, unda bolalarning yoshi va sport turining oʻziga xos xususiyatlari asosida har xil guruhlar tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari. Oromgohlar yurak qon-tomir tizimining kasallanishi, nafas olish, ovqat hazm qilish organlari, tayanch-harakat apparatining oʻziga xos boʻlmagan xususiyatlari bilan betob boʻlib turadigan 7 — 14 yoshdagi bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish uchun tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehnat va dam oldirish oromgohlari. Oromgohlar umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 15 — 18 yoshdagi oʻquvchilarining ijtimoiy foydali mehnati dam oldirish va sogʻlomlashtirish bilan birga qoʻshib olib borilishiga yoʻnaltiriladi. Unda bolalar ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlanadi, ularning mehnat koʻnikmalari shakllantiriladi. Oʻquvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish oromgohni tashkil etishning asosiy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Harbiy-sport oromgohlari. Oromgohlar 12 — 17 yoshdagi bolalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni Vatan mudofaasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari saflarida xizmat qilishga tayyorlash maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlari. Oromgohlarda 7 — 14 yoshdagi bolalar uchun sayyohlik-oʻlkashunoslik va ekskursiya ishlarining serqirrali turlari tashkil etiladi, ularga mamlakatimizning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy jihatdan oʻziga xos jihatlari chuqur oʻrgatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ixtisoslashgan bolalar oromgohlari. Oromgohlar 7 — 14 yoshdagi bolalarda yetakchilik va faollikni shakllantirish, ularning ijtimoiy moslashuv koʻnikmalarini oshirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishni amalga oshirish boʻyicha mutasaddi tashkilotchilarning taklif va tashabbuslari bilan boshqa yoʻnalishlarda ham oromgohlar faoliyati yoʻlga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. OROMGOHLARDA KOʻRSATILADIGAN XIZMAT TURLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oromgohlarda bolalarga koʻrsatiladigan xizmatlar quyidagilardan iboratdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash, aloqa va transport xizmatlari. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlar va ularning atrofidagi hududlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha ichki ishlar organlari xodimlarining doimiy navbatchiligi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning daryo, anhor yoki suv havzasi boʻyida boʻlishlari, sayrga chiqishlari oromgoh yetakchisi yoki tarbiyachisi kuzatuvisiz boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir oromgohda yongʻin chiqish va tabiiy ofat ehtimoliga qarshi bolalarni koʻchirish rejasi ishlab chiqiladi va shunga asosan tayyorgarlik koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar yongʻin xavfsizligi va jarohatlanishning oldini olish talablariga javob beruvchi turar joy bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgoh hududida begona kishilarning boʻlishi yoki yashashiga mutlaqo yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlardagi bolalar hamda ularga xizmat koʻrsatayotgan xodimlarning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar boʻyicha hushyorligini oshirish yuzasidan profilaktik tadbirlar oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir oromgoh shaharlararo telefon bilan taʼminlanadi, agar oromgoh joylashgan hududga telefon tarmogʻi oʻtkazilmagan boʻlsa, u holda uyali aloqa vositasi bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar belgilangan joydan texnik jihatdan soz boʻlgan transport vositalarida yoʻl patrul xizmati kuzatuvida oromgohlarga olib boriladi va olib kelinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni sayohat, ekskursiya va safarlarga yoki oromgoh tomonidan oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarga olib borish va olib kelish uchun transport vositalari ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oromgohlarni tibbiy yordam bilan taʼminlash, Davlat sanitariya nazoratini oʻrnatish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash hamda sifatini nazorat qilib borish xizmatlari. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir oromgohda tibbiy punkt tashkil etilib, u tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan barcha dori-darmonlar va tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarga doimiy tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun shay boʻlgan tibbiyot muassasalari oldindan belgilab qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oromgohga yuborilishidan oldin shifokor va tibbiyot hamshirasi tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi, tibbiy hujjatlar tekshiriladi, agarda bolada biror kasallik alomati aniqlansa, uning oromgohga joʻnatilishiga ruxsat berilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning yoshi va mavjud kasalliklarini eʼtiborga olgan holda kun tartibi ishlab chiqiladi, ratsional ovqatlantirish tashkil etiladi va muntazam ravishda nazorat qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning sogʻligʻi muntazam ravishda kuzatib boriladi, ular shifokor tomonidan reja asosida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar uzluksiz ravishda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanadi, ularning sifati va belgilangan meʼyorlarga mosligi doimiy ravishda nazorat qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavsumiy kasalliklar (oʻtkir ichak kasalliklari) koʻpayishi mumkin boʻlgan oylarda tibbiyot xodimlari tomonidan kasallikning oldini olish va zarur boʻlganda davolash ishlari tashkil etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklar aniqlangan taqdirda, bu haqda sogʻliqni saqlash muassasalariga va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boʻlinmalariga belgilangan tartibda maʼlum qilinadi va bemor bola oromgoh rahbari nazoratida shifoxonaga yotqiziladi;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgoh oshxonasi ishi ustidan nazorat olib boriladi, taomnoma tuzishda shifokor ishtirok etadi, tayyor ovqatlar kaloriyasi tekshirib boriladi, tashqaridan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari shifokor ruxsatisiz bolalarga berilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlanishi, idish-tovoq va texnologik jihozlarni yuvishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi qattiq nazoratga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar bilan sogʻlom turmush tarzi boʻyicha mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar, savol-javoblar, davolash-profilaktik, sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkaziladi, bolalarning yoshini eʼtiborga olgan holda, ular oʻrtasida turli yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha sanitariya-oqartuv ishlar olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgoh joylashgan hudud sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan holda tartibga keltiriladi va tozalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlarining bolalar salomatligi va oromgohda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi uchun, oromgoh rahbarining oromgoh hududi tozaligi uchun javobgar shaxs ekanliklari belgilab qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarda koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarning monitoringi olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taʼlim-tarbiyaviy xizmatlar. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir oromgohda kutubxona yoki axborot-resurs markazi ishi tashkil etiladi, bolalar kitoblar, jurnal va gazetalar bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning qiziqishlari va iqtidorlari boʻyicha toʻgaraklar, bolalar studiyalari, kompyuter sinflari, mahorat darslari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiadalar, viktorinalar, bilimlar tanlovlari, texnik va badiiy ijodiyot koʻrgazmalari oʻtkaziladi, fan va sanʼat arboblari bilan uchrashuvlar uyushtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning yoshi va salomatligiga mos keluvchi ijtimoiy foydali va pedagogik maqsadga muvofiq mehnat turlari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar, ayniqsa, pedagog va yetakchilarni oromgoh faoliyatiga jalb etishda ularning oʻz kasbini puxta egallaganligi, bola shaxsini hurmat qilishi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, fidoyiligiga eʼtibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy xizmatlar. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgoh hududi, binolari, maʼnaviyat va maʼrifat xonalari noanʼanaviy va qiziqarli ravishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holda oʻziga xos jihozlanadi va bezatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni vatanparvarlik va milliy gʻoya ruhida tarbiyalashga qaratilgan davra suhbatlari, uchrashuvlar oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning yoshiga qarab, ular stol usti oʻyinlari hamda oʻyinchoqlar bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat toʻgʻrisida suhbatlar, oʻqilgan kitoblar, namoyish etilgan kinofilmlarning muhokamasi oʻtkaziladi, badiiy va ilmiy-ommabop kinofilmlar, multfilmlar, slaydlar, videofilmlar namoyish etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh tomoshabinlar teatri va boshqa ijodiy jamoalarning bolalar uchun spektakllari, konsert dasturlari namoyish etiladi, bolalarning muzeylar, koʻrgazmalarga tashriflari uyushtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning yoshi, qiziqish va qobiliyatlarini eʼtiborga olib, milliy musiqa madaniyati, tasviriy sanʼat, xalq hunarmandchiligi, jahon madaniyati va sanʼati durdonalari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli millatga mansub bolalar uchun yangi doʻstlar orttirish, til oʻrganish va doʻstlik klublari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarda jismoniy va aqliy mehnatga birday hurmat uygʻotish, ularda mehnatsevarlik va yaratuvchanlik xislatlarini shakllantirishga qaratilgan mahorat darslari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼdodli bolalar bilan ishlashda ularning oʻz iqtidorlarini namoyon etishlariga sharoit yaratib beriladi va ular namunasida boshqa tengdoshlarining imkoniyatlari ham kashf etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tadbir oʻtkazilishiga yuqori talab va masʼuliyat bilan yondashgan holda oromgohdagi barcha narsalar bolalar yoshiga mos, ularning qiziqishlari, dunyoqarashlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgoh tartib-qoidalariga amal qilish, odob-axloq meʼyorlarini bajarish va yuksak intizomli boʻlish har bir tarbiyalanuvchiga tushuntiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgoh hududi bolalar dunyosiga mos ravishda turli banner va shiorlar bilan bezatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xizmatlar. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar uchun ertalabki gigiyenik hamda davolash gimnastikasi oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport oʻyinlari hamda mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun sport maydonchalari tayyorlanadi, ular sport inventarlari bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suzish, yugurish, yurish, futbol, voleybol, tennis, shaxmat, stol tennisi va sportning boshqa turlari boʻyicha sport musobaqalari hamda mashgʻulotlar tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportning ommaviy turlari bilan bir qatorda bolalarning yoshini, bilim darajalari, salomatliklari va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, maxsus mashgʻulotlar ham oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning oʻzlariga maʼqul boʻlgan sport seksiyalariga qatnashishi, turli musobaqalarda ishtirok etishi taʼminlanadi, mazkur tadbirlar belgilangan tartibdagi tibbiy koʻrik ostida amalga oshirilib, bu jarayon tibbiyot xodimlarining nazoratida boʻlishi muhimdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sayyohlik va ekskursiya xizmatlari. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni sayyohlik safarlari va ekskursiyalarga olib chiqishdan oldin ularda ekstremal holatda oʻzini tutish koʻnikmalari shakllantiriladi, xavfsizlik qoidalari tushuntiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yoʻnalishlar boʻyicha turli ekskursiyalar (shahar boʻylab, shahardan tashqarida, dam olish kuni yoʻnalishlari va boshqalar) uyushtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlkashunoslik, yosh tabiatshunoslik va ekologik yoʻnalishlarda amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi, bu jarayonda bolalar tabiat hodisalarini kuzatishlari va taqqoslashlari, ekologik muammolarni amaliyotda oʻrganishlari va muhokama etishlari, bevosita tajriba oʻtkazishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. BOLALARNING DAM OLIShINI TAShKIL ETISh VA SOGʻLOMLAShTIRIShNI AMALGA OShIRIShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Muvofiqlashtiruvchi guruh zimmasiga bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishni taʼminlashga doir barcha chora-tadbirlarni tashkil etish, bu borada vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, mazkur yoʻnalishda joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahliliy oʻrganib, ularni yanada takomillashtirish va rivojlantirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifalari yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishni amalga oshirish ishlariga davlat tashkilotlari bilan birga jamoat tashkilotlari ham keng jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi ishlar ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. ERIShILADIGAN NATIJALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishning respublika miqyosidagi tizimi yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarni yangidan qurish, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilab borish tufayli respublika oromgohlar tarmogʻi takomillashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni tizimli ravishda dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish qamrovi yildan-yilga ortib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh darajasida oromgohlarda xizmat koʻrsatish borasidagi vazifalar va ularning ijrochilari aniq belgilanganligi sababli xizmat koʻrsatish darajasi va sifati yaxshilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh avlodda hozirgi davrdagi “ommaviy madaniyat”ning turli illatlariga qarshi mafkuraviy immunitet shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T U Z I L M A S I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruhi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N I Z O M

I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruhi (keyingi oʻrinlarda Muvofiqlashtiruvchi guruh deb yuritiladi)ning asosiy maqsadi va vazifalari, huquqlari, faoliyatini tashkil etish tartiblarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muvofiqlashtiruvchi guruh oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muvofiqlashtiruvchi guruh tomonidan oʻziga yuklangan vazifalarni samarali tashkil etish yuzasidan qabul qilingan qarorlar ijrosini taʼminlash guruh aʼzolari uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MUVOFIQLAShTIRUVChI GURUHNING ASOSIY MAQSADI VA VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Muvofiqlashtiruvchi guruhning asosiy maqsadi oromgohlarda bolalarning sifatli dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish orqali har tomonlama barkamol avlodning voyaga yetishiga koʻmaklashishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oromgohlarida maishiy, kommunal, transport va tibbiy taʼminotning barcha tizimlari ishonchli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishi boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oromgohlariga yondosh hududlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni oromgohlarga olib borish va ularni dam olishdan keyin olib qaytishda transport xizmati xavfsizligini, shuningdek yongʻin xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oromgohlarida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, shuningdek bolalar, tarbiyachilar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha profilaktika chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish, oromgohlarni zarur dori-darmonlar va tibbiy vositalar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha oromgohlarda bolalarning yashash, ovqatlanish va dam olish joylariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilishi, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari sifati va normalari ustidan kuchli nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarda bolalarni vatanparvarlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda erkin fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan taʼlim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning oʻqishdan tashqari vaqtini sermazmun oʻtkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlarini taʼminlash, turli sport musobaqalarini oʻtkazish va bu orqali bolalar sportini ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarda oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlarida respublikadagi taniqli madaniyat, fan, adabiyot va sanʼat xodimlari hamda sportchilarning ishtirokini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarga jalb etiladigan bolalar salmogʻini yildan yilga oshirib borishni nazarda tutgan holda, ularga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy ravishda monitoring qilib borish, mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oromgohlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish, zarur hollarda, mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MUVOFIQLAShTIRUVChI GURUHNING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muvofiqlashtiruvchi guruh quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik, idora, tashkilot va mahalliy davlat hokimiyati organlariga bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha topshiriqlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni oromgohlarda dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari uchun korxona, tashkilot va muassasalarning homiylik mablagʻlarini jalb etish, ushbu mablagʻlarni maqsadli ishlar uchun yoʻnaltirish hamda sarflanishini nazorat qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik, idora, tashkilot va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbar xodimlarining oromgohlar faoliyatini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik, idora va tashkilotlardan Muvofiqlashtiruvchi guruhga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun zarur axborotlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar mutaxassislari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini bolalarni dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish boʻyicha uslubiy materiallar tayyorlash uchun jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda oromgohlar faoliyatiga masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarning lavozimiga qonunchilik talablari buzilishiga yoʻl qoʻyganlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish toʻgʻrisida tegishli organlarga takliflar kiritish.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Muvofiqlashtiruvchi guruh oʻziga yuklangan vazifalar ijrosining samarali amalga oshirilishi yuzasidan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. MUVOFIQLAShTIRUVChI GURUH FAOLIYATINI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri – Muvofiqlashtiruvchi guruh raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi – Muvofiqlashtiruvchi guruh raisining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi guruhning aʼzolari tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan (saylangan) shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muvofiqlashtiruvchi guruhi raisi guruh faoliyatini boshqaradi, uning majlislarini olib boradi, majlislar bayonlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muvofiqlashtiruvchi guruh faoliyatida qarorlar qabul qilishda aʼzolarning tenghuquqliligi va kollegiallik tamoyillariga amal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Muvofiqlashtiruvchi guruh majlislari yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladi, Muvofiqlashtiruvchi guruh raisi tomonidan yoki aʼzolarning taklifiga koʻra navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Muvofiqlashtiruvchi guruh majlislari unda aʼzolarining koʻpchiligi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi guruh qarorlari majlisda ishtirok etayotganlarning yarmidan koʻpi qoʻllab-quvvatlaganda qabul qilingan hisoblanadi, ovozlar teng boʻlganda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Zarurat boʻlganda, Muvofiqlashtiruvchi guruh majlisiga koʻrib chiqilayotgan masalalar xarakteriga qarab, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. MUVOFIQLAShTIRUVChI GURUH TARKIBIDAGI IShChI GURUHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Muvofiqlashtiruvchi guruh oʻz faoliyatini tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish maqsadida 5 ta asosiy yoʻnalish boʻyicha Ishchi guruhlar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ishchi guruh. “Oromgohlarda taʼlim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, ularni malakali pedagog va yetakchilar bilan taʼminlash”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh:

oromgohlarni malakali pedagog xodimlar bilan taʼminlaydi, ular uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarning axborot-resurs markazlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kitoblari, badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni vatanparvarlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda erkin fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan uslubiy qoʻllanmalar tayyorlaydi va har bir oromgohga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha turli tanlovlar, bolalar ongini rivojlantirishga qaratilgan oʻyinlar oʻtkazish, toʻgaraklar tashkil etish ishlarini yoʻlga qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ishchi guruh. “Bolalarga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish, oromgohlarda oziq-ovqat mahsulotlari sifatini, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarni yetarli miqdordagi barcha zarur dori-darmon vositalari, shu jumladan, ilon va qoraqurt zahriga qarshi zardoblar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarni malakali tibbiyot xodimlari bilan taʼminlaydi, ular uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarda oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvining sifatini hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini oʻrganib boradi hamda aniqlangan kamchiliklarning zudlik bilan bartaraf etilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar bilan sogʻlom turmush tarzi boʻyicha davra suhbatlari, savol-javoblar, davolash-profilaktik, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazadi, bolalarning yoshini eʼtiborga olgan holda, ular oʻrtasida turli yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha sanitariya-gigiyenaga doir tushuntirish ishlarini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ishchi guruh. “Bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va sport musobaqalarini oʻtkazish, ularga madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish maqsadida har bir oromgoh boʻyicha alohida dastur ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarga madaniyat va fan xodimlari, yozuvchi va shoirlar, mashhur sportchilarning tashrifini tashkil etib, bolalar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, badiiy kechalar, savol-javoblar, mahorat darslari oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarda mumtoz va estrada sanʼatkorlarining chiqishlarini, milliy konsert namoyishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarda oʻzbek milliy kinofilmlari namoyishlarini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻrtasida turli sport musobaqalarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ishchi guruh. “Oromgohlarda jamoat tartibini saqlash, aloqa, transport xizmati va harakat xavfsizligini taʼminlash, favqulodda vaziyatlar boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish davomida oromgohlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlardagi bolalar hamda ularga xizmat koʻrsatayotgan xodimlarning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar boʻyicha hushyorligini oshirish yuzasidan profilaktik tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir oromgohga ichki ishlar xodimlarini biriktirib, ularning doimiy ravishda navbatchiligini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla posbonlari va faollarini jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash ishlariga jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning belgilangan joylardan oromgohlarga borib-kelishlarini taʼminlaydi, bunda yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari kuzatuvini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarga bolalarni olib borayotgan va olib kelayotgan har bir transport vositasining texnik jihatdan soz boʻlishini muntazam ravishda nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarga olib boradigan yoʻllarning xavfsizlik nuqtai nazaridan soz boʻlishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarning oldini olish barcha zarur choralarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tektonik hududda joylashgan yoki sel kelishi xavfi boʻlgan oromgohlar faoliyatini vaqtincha yopish choralari koʻrilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar xodimlari uchun qisqa muddatli oʻquv mashgʻulotlari yoki oʻquv kurslari tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar uchun yoʻl harakati qoidalariga rioya etish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari olib borilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ishchi guruh. “Oromgohlarda elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti uzluksizligini taʼminlash, ularga sifatli kommunal xizmat koʻrsatish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarda elektr energiyasi va tabiiy gaz uzluksizligini taʼminlaydi, favqulodda holatlarda elektr energiyasi oʻchib qolganda qoʻshimcha choralardan foydalanish imkoniyatini yaratadi, bu borada har bir hududda Shtablar tashkil etib, ularning faoliyatini nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarda toza ichimlik suvi taʼminotini tashkil etadi, chekka hududlarda joylashgan oromgohlarga ichimlik suvining maxsus transport vositalari orqali uzluksiz ravishda yetkazib berilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarda obodonlashtirish ishlari olib borilishini tashkil etadi, obodonlashtirish uchun zarur boʻlgan maxsus transport vositalari xizmatlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Har biri Ishchi guruh rahbari huzurida tegishli vazirlik va tashkilotlar mutaxassislaridan iborat tarkibda jamoatchilik asosida faoliyat olib boradigan monitoring guruhlari tashkil etiladi. Ularning asosiy vazifasi Ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida tahliliy axborotlar tayyorlab, Muvofiqlashtiruvchi guruh masʼul kotibiga taqdim etib borishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishchi guruhlar bolalarni dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish boʻyicha oʻz yoʻnalishi boʻyicha belgilangan ishlarni amalga oshirish, zudlik bilan hal etish lozim boʻlgan vazifalarni bajarish va nazorat qilish boʻyicha malakali mutaxassislardan iborat guruhlar tuzishi va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. HUDUDIY MUVOFIQLAShTIRUVChI GURUHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Joylarda bolalarni dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishni tashkil etish, Muvofiqlashtiruvchi guruh topshiriqlarining ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida hududiy Muvofiqlashtiruvchi guruhlar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy Muvofiqlashtiruvchi guruhlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishni tashkil etish boʻyicha joylardagi hududiy idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish rejasini amalga oshirish uchun talab etiladigan moliyaviy mablagʻlar manbalarini aniqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ularni rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarni belgilangan meʼyorlar asosida, uzluksiz ravishda sifatli oziq-ovqat hamda goʻsht mahsulotlari bilan taʼminlashni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohlarni zarur inventarlar bilan taʼminlash choralarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari ijrosini toʻliq va sifatli bajarish yuzasidan homiylik mablagʻlarini jalb etadi va ularning maqsadli sarflanishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi oromgohlar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun Muvofiqlashtiruvchi guruhga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. MUVOFIQLAShTIRUVChI GURUH MAJLISIGA MATERIALLAR TAYYORLASh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Muvofiqlashtiruvchi guruh majlisiga materiallar guruh aʼzolari, hududiy guruhlar, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, shuningdek oromgohlarning bolalarni qabul qilishga tayyorligi holatini oʻrganish materiallari asosida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi guruh majlisi kun tartibining har bir masalasi boʻyicha hujjatlar paketida guruh qarorini qabul qilish uchun zarur boʻlgan materiallar (tahliliy maʼlumotnomalar, jadvallar va boshqalar) hamda Muvofiqlashtiruvchi guruh qarori loyihasi mavjud boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muvofiqlashtiruvchi guruh majlisiga materiallarni guruh masʼul kotibi tayyorlaydi, shuningdek u Muvofiqlashtiruvchi guruh qarorlarining ijrosi monitoringini yuritadi va uning natijalarini Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 118-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)