Toshkent shahar hokimining
Qarori
Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolarni xizmatdan boʻshatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga navbatdagi chaqiruv toʻgʻrisida
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 3-martdagi “Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolarni xizmatdan boʻshatish xamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga navbatdagi chaqiruv toʻgʻrisida”gi PK-807-sonli qarorining ijrosini taʼminlash hamda Toshkent shahar fuqarolarini muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirishni yuqori saviyada va belgilangan muddatda oʻtkizish maqsadida qaror qilaman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 nil 3-martdagi “Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolarni xizmatdan boʻshatish xamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga navbatdagi chaqiruv toʻgʻrisida”gi PQ 807-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Toshkent shahar chaqiriq xayʼati (N. Baxtiyorov), Mudofaa ishlari boshqarmasi (B. Djumaniyazov), tuman hokimliklari:
3.1. Toshkent shahridagi 1981 — 1990-yillarda tugʻilgan, chaqirilish muddatini oʻzagartirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini 2008-yil aprel-may oylarida muddatli xarbiy xizmatga chaqirish tashkil etilsin.
3.2. Muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.
3.3. Qurolli Kuchlarning maxsus qoʻshinlariga va mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida Qurolli Kuchlar uchun texnik-mutaxassis qilib tayyorlangan chaqiriluvchilarni tibbiy nazoratdan oʻtkazish 2008-yil 24-martdan boshlanishi inobatga olinsin.
3.4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-martdagi “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarning yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisida”gi 84-sonli qarori talablariga muvofiq fuqarolarning qatiy ravishda muddatli harbiy xizmatga chaqirilishini, ularni harbiy qismlarga qabul qilishni, shuningdek rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil qilish ishlari amalga oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Toshkent shahar hokimining manaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha yordamchisi (A. Akromov), Axborot xizmati (X. Muxamedov), “Toshkentteleradiokanali” DUK, “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari “Poytaxt-inform” radiostudiyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Toshkent shahrida chaqiruv xayʼatlarining ish faoliyati, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish hamda Qurolli Kuchlardan rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni joylarga kutib olish boʻyicha tantanali tadbirlarni yoritish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Toshkent shahar hokimining 2007-yil 3-sentabrdagi “Fuqarolarni 2007-yil oktyabr-noyabr oylarida navbatdagi muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish toʻgʻrisidagi 784-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari N.M. Baxtiyorov zimmasiga yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hokim A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-mart,
129-son