Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“SHARGʻUNKOʻMIR” OCHIQ AKSIYADORLIK JAMIYATINING BARQAROR MOLIYAVIY-IQTISODIY HOLATINI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
[Koʻchirma]
Koʻmir tarmogʻi korxonalarini boshqarish tuzilmasini yanada takomillashtirish, ularning barqaror, muvozanatli rivojlanishini taʼminlash, respublika isteʼmolchilarining koʻmir mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Shargʻunkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari umumiy yigʻilishida uning “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi;
“Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorida “Shargʻunkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ilgari xorijiy aksiyadorlarga tegishli boʻlgan aksiyalari sotib olinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan “Shargʻunkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining investitsiya loyihalarini Koʻmir tarmogʻini texnika bilan qayta jihozlash va modernizatsiyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, qaytarish asosida, moliyalashtirishga ruxsat etilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 21-iyundagi 290-son qaroriga 4-ilovadagi “Yerostigaz OAJ” hamda “* Davlatga tegishli aksiyalar paketi tanlov asosida professional boshqaruvchi kompaniyalarga berilgunga qadar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-fevral,
57-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 86-modda)