Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Chet el valyutalaridagi operatsiyalarni tartibga solish, eksport qilishdan olingan valyuta tushumlari ustidan amaliy nazorat oʻrnatish va tovarlar hamda xizmatlarni import qilishni amalga oshirishda undan samarali foydalanish maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish uchun kvotalar boshqa yuridik shaxslarga sotilmaydi, berilmaydi yoki qayta taqsimlanmaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining eksport-import operatsiyalari boʻyicha xorijiy sheriklar bilan oʻzaro hisob-kitoblarni firmalarning chet el banklaridagi schyotlari orqali amalga oshirishlari taqiqlanadi va qonun boʻyicha jazolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslarning eksport-import hamda boshqa valyuta operatsiyalari boʻyicha xorijiy valyutadagi mablagʻlari harakati ustidan nazorat qilish Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Markaziy bank va vakil qilingan banklarga yuklatilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 282-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi valyuta tushumlarini qaytarishning va uning davlatga tegishli ulushini toʻlashning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan jinoiy va boshqa javobgarlik choralarini belgilash boʻyicha takliflar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Hukumatning ilgari qabul qilgan qarorlarini, shuningdek vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlarini mazkur Farmonga muvofiqlashtirishni taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-aprel,
PF-837-son
Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisida
NIZOM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini mustahkamlash va “Soʻm-kupon”ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar” toʻgʻrisida 1994-yil 11-apreldagi 195-son qaroriga muvofiq korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar (bundan keyin korxonalar deb ataladi) tomonidan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishda chet el valyutasidagi mablagʻlarning harakatini nazorat qilishning quyidagi tartibi belgilanadi.
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, chet el valyutasidagi schyotni faqat Oʻzbekistonning vakil qilingan banklarida ochishlari mumkin.
(1-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-dekabrdagi PF-2772-son Farmoniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 172-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Korxonalarning xoʻjalik faoliyatidan olingan chet el valyutasidagi barcha mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda ularning chet el valyutasidagi schyotlariga albatta oʻtkazilishi kerak.
II. Eksport-import operatsiyalari boʻyicha kontraktlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning bajarilishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
3. Korxonalar tomonidan ularning xorijiy, shu jumladan MDH mamlakatlaridagi sheriklar bilan litsenziya beriladigan tovarlar eksporti yuzasidan tuzadigan kontraktlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Barcha tashqi savdo shartnomalari valyuta nazorati organlarida, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (TSOYEAT) orqali vakil qilingan banklarda monitoringdan oʻtkaziladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4630-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 28-son, 336-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tovarlarni eksport qiluvchi korxonalar yukning bojxona deklaratsiyasida xorijiy sheriklar bilan hisob-kitoblar, uning orqali amalga oshiriladigan vakil qilingan bankning rekvizitlarini va toʻliq nomini koʻrsatadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Davlat bojxona xizmati organlari tashqi savdo shartnomalari boʻyicha tovarlar harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning TSOYEATga toʻliq, oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi nazorati (monitoringi)ni amalga oshiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4630-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 28-son, 336-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Vakil qilingan banklar tashqi savdo shartnomalari boʻyicha pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar TSOYEATga toʻliq, oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi kundalik nazoratini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pul mablagʻlarining belgilangan muddatlarda kelib tushmagani yoki kam miqdorda tushgani haqidagi maʼlumotlar TSOYEATda shakllantiriladi. Davlat soliq xizmati organlari tegishli choralar qabul qilish uchun TSOYEATdagi maʼlumotlardan foydalanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4630-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 28-son, 336-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Nomarkazlashtirilgan eksportdan valyuta tushumini majburiy sotish korxonaning tranzit valyuta hisobvaragʻiga kelib tushgan kundan boshlab 5 bank kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-dekabrdagi PF-2772-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 172-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Eksport va import qiluvchi korxonalarning javobgarligi
9. Korxonalar yuklab joʻnatilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun tushumlar ularning schyotlariga oʻz vaqtida va toʻliq kelib tushishi uchun javobgardirlar.
Bunda oʻzbekistonlik eksport qiluvchilar tomonidan olingan tushumni boshqa yuridik shaxslar foydasiga transferabel akkreditivlar va boshqa toʻlov hujjatlarini qoʻllash yoʻli bilan qayta berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Korxonalar chet el valyutasidagi tushumni yashirgan hollarda Markaziy bank, respublikaning moliya va soliq organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida quyidagi sanksiyalar qoʻllanadi:
chet el valyutasida barcha operatsiyalarni amalga oshirishga olingan litsenziyalardan mahrum qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilanadigan miqdorlarda maʼmuriy jarima solish;
qoidalarni buzgan yoki valyuta nazorati va tartibga solish normalariga rioya qilinishi uchun tegishli chora-tadbirlar koʻrmagan mansabdor shaxslarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish.
Valyutani sotib olish, sotish va undan foydalanish tartiblarini buzganlik uchun vakil qilingan banklarga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan jazo choralari, shu jumladan ularning ichki valyuta bozorida joriy valyutani sotib olish huquqidan vaqtincha 6 oy muddatga qadar mahrum etishgacha boʻlgan jazo qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijdan valyuta tushumining 30 bank kuni muddatidan kechiktirib tushirilishiga yoʻl qoʻygan yuridik rezident-shaxslar (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 bank kuni) belgilangan muddatlar oʻtganidan soʻng respublika budjeti daromadiga quyidagi miqdorda jarima toʻlaydilar:
Keyingi tahrirga qarang.
valyuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 180 kun kechiktirilgan hollarda — kelib tushmagan valyuta mablagʻi summasining 10 foizi ekvivalentida;
valyuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 180 kundan 365 kungacha kechiktirilgan hollarda — kelib tushmagan valyuta mablagʻi summasining qoʻshimcha 20 foizi ekvivalentida;
valyuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 365 kundan ortiq kechiktirilgan hollarda — kelib tushmagan valyuta mablagʻi summasining qoʻshimcha 70 foizi ekvivalentida.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-oktabrdagi PF-4374-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 43-44-son, 461-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Chet el valyutasidagi tushumni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatisiz xorijiy banklarda ochilgan schyotlarga oʻtkazish chet el valyutasidagi tushumni yashirib qolish hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Import qilinayotgan tovarlarga haq toʻlash korxonaning Oʻzbekistonning unga xizmat koʻrsatadigan vakil qilingan bankdagi schyotidan amalga oshirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Eksport-import operatsiyalari boʻyicha toʻlovlarning asosiy shakllari hujjatli akkreditivlar, bank joʻnatmasi va inkasso hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 16-iyuldagi PF-3276-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 93-modda)
IV. Vakil qilingan banklarning javobgarligi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Vakil qilingan banklar pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar TSOYEATga toʻgʻri va oʻz vaqtida kiritilishi hamda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha toʻlov shakllarining toʻgʻri qoʻllanilishi boʻyicha javobgardirlar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4630-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 28-son, 336-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vakil qilingan banklarning notoʻgʻri harakatlari yoki oʻz vakolatlarini oshirib yuborishlari oqibatida xoh davlatga, xoh chet el valyutasidagi schyotlar egalariga yetkazilgan zararlar va ziyon shu banklar tomonidan majburiy ravishda qoplanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 4-son, 107-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 171-modda; 2003-y., 1-2-son, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 93-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 282-modda; 2011-y., 43-44-son, 461-modda; 2014-y., 28-son, 336-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 06/17/5287/0425-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 14.07.2018-y., 06/18/5476/1504-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son; 25.10.2019-y., 06/19/5856/3956-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)