OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
XODIMLAR SONI VA MEHNATGA HAQ TOʻLASh FONDINING ENG KAM MEʼYORLARI JORIY ETILIShINI HISOBGA OLGAN HOLDA SOLIQLAR VA BOShQA MAJBURIY TOʻLOVLARNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 13-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2200-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 24-yanvardagi 2017-4, 7-sonli “Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2200-7, 03.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ–1675-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 52-son, 561-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2011-yil 2-fevraldagi 2011-5, 6-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 2200, 2011-yil 23-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 7-8-son, 79-modda) 5-ilovasidagi jadval quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
T/r |
Koʻrsatkich nomi |
Umumiy tushumlarga |
|
1. |
Davlat budjeti |
22,8 |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi |
77,2 |
2. Ushbu qaror 2012-yilning 1-martidan kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-yanvar,
2012-5-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-yanvar,
6-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 7-son, 71-modda)