OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
“AHOLI BILAN PUL HISOB-KITOBLARNI AMALGA OShIRIShDA NAZORAT-KASSA MAShINALARINI MAJBURIY QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOM VA UNGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 13-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 124-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 47-son, 488-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Adliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 124, 1995-yil 15-fevral);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 25-noyabrda 15-02-06/250, 97-99 va 10009/767-D-son bilan tasdiqlangan “Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar (roʻyxat raqami 124-1, 1997-yil 28-noyabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 12-yanvarda EG/15-02-06-55-son, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 13-yanvarda 18/5-289, 97-V va 124-2-son bilan tasdiqlangan “Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar (roʻyxat raqami 124-2, 1999-yil 22-yanvar);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Adliya vazirligining 2009-yil 13-noyabrdagi 107, 2009-34, 29/20 va 11-son “Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 124-3, 2009-yil 30-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 49-son, 525-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Adliya vazirligining 2010-yil 22-oktabrdagi 87, 2010-39, 32/2 va 17-son “Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 124-4, 2010-yil 2-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 391-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 2-fevral,
10-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 2-fevral,
2012-6-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 2-fevral,
2/4-son
Adliya vaziri N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2012-yil 2-fevral,
1-son
Kelishilgan:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKROMOV
2012-yil 2-fevral
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2012-yil 2-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 7-son, 70-modda)