Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT SOLIQ BOSH BOSHQARMASINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT SOLIQ QOʻMITASIGA AYLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq va nazorat organlari faoliyatini tartibga solish, yagona davlat soliq siyosatini oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 7-son, 182-modda)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 7-son, 182-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi va uning joylardagi boʻlinmalari tugatilib, xodimlarining 50 foizi Davlat soliq qoʻmitasiga berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasi tarkibida maxsus taftish-nazorat boshqarmasi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus taftish-nazorat boshqarmasining boshligʻi — Davlat Soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimi taʼsis etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi respublika hukumatining qarorlarini mazkur Farmonga muvofiqashtirsin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 10-avgustdagi Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 18-yanvar,
PF-744-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 40-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)