OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona schyotlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqning baʼzi bandlarining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 3-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2101-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-martdagi 17-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona schyotlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2101-3, 30.03.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2 son, 6-modda) va “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 164-modda) qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-594-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda) muvofiq buyuraman:
1.Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 2-apreldagi 26-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona schyotlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2101, 2010-yil 26-aprel) (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2010-yil, 17-son, 135-modda) 1 va 2-bandlarining amal qilishi 2014-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga toʻxtatilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-dekabr,
88-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 6-son, 64-modda)