OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
“BANKLARARO KREDIT BYuROSI VA TIJORAT BANKLARI OʻRTASIDA MAʼLUMOTLAR AYIRBOShLANIShI HAMDA KREDIT TARIXI TOʻGʻRISIDAGI AXBOROTNI TAQDIM ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 30-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1380-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 21-maydagi 12/2-son “Banklararo kredit byurosi va tijorat banklari oʻrtasida maʼlumotlar ayirboshlanishi hamda kredit tarixi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1380, 2004-yil 1-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 26-son, 310-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-yanvar,
1/3-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori S. ABDULLAYEV
2012-yil 14-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 5-son, 51-modda)