OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 27-yanvarda 2319-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Davlat reyestridan chiqariladigan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha 2012-yil 26-yanvardagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1997-y., 10-son, 33-modda) va 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga asosan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 18-yanvardagi 3, 2012-2 –son “Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror va unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarorni inobatga olgan holda buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 10-martdagi 30, 2009-7-son “Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1939, 2009-yil 14-aprel) va 2010-yil 24-dekabrdagi 110, 2010-55-son “Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 1939-1, 2010-yil 28-dekabr) qarorlari davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin:
2. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi ushbu normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilganligini oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi ushbu buyruqning “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi ushbu normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilganligini oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2012-yil 27-yanvar,
24-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 3-4-son, 40-modda)