19.01.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2315
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
KREDIT BYuROSINING IJRO ORGANI RAHBARI LAVOZIMIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN QOʻYILADIGAN MALAKA TALABLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 19-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2315]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 10-dekabr,
37/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 10-dekabrdagi 37/10-son qaroriga
ILOVA
Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga muvofiq, kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablarini qoʻyishdan maqsad kredit byurosi oldiga qoʻyilgan vazifalarning malakali rahbar tomonidan qonun hujjatlari talablariga rioya etilgan holda samarali bajarilishini hamda kredit byurosidagi axborotlarning ishonchli himoya qilinishini taʼminlash.
2. Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tayinlanadi.
3. Kredit byurosi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod boʻyicha mazkur Nizomga keltirilgan ilovaga muvofiq hujjatlarni taqdim etadi.
II. Malakaga doir talablar
4. Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlar:
oliy iqtisodiy maʼlumotga;
bank yoki moliya sohasida soʻnggi besh yilda tajribaga, shu jumladan, kredit amaliyoti bilan bogʻliq tarkibiy boʻlinmada kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
5. Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod quyidagilarni:
kredit byurolari faoliyatiga oid va boshqa qonun hujjatlarini, jumladan fuqarolik, mehnat va xoʻjalik boshqaruvi qonunchiligini;
kredit siyosati va kreditlash tartibini;
kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni;
respublikada olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyatini bilishi lozim.
6. Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan quyidagi shaxslar ushbu lavozimga tayinlanishi mumkin emas:
amalga oshirgan harakatlari yuridik shaxslarning bankrotligiga yoki moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar, mikrokredit tashkilotlari, kredit byurolari va boshqa yuridik shaxslarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi aʼzolari hamda yirik ishtirokchilari (ustav kapitalida oʻn foiz va undan koʻp miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega boʻlgan shaxslar);
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2315-1, 08.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 14-modda)
oʻzining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida notoʻgʻri ish yuritganligi maʼlum boʻlgan shaxslar.
III. Yakuniy qoidalar
7. Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodning ushbu lavozimga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻtkaziladigan suhbat va (yoki) test sinovi orqali aniqlanadi.
8. Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bu haqda kredit byurosiga uch kunlik muddatda yozma ravishda xabar beradi.
9. Kredit byurosi ijro organi rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan taqdirda, kredit byurosi muassislari bu haqda uch kunlik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qiladi va ushbu oʻringa tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodning hujjatlarini oʻn besh kundan kechiktirmasdan koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
10. Faoliyat koʻrsatayotgan kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilgan nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ushbu lavozimga muvofiq emas deb topilganda, kredit byurosi oʻn besh kun muddat ichida mazkur lavozimga boshqa malakali nomzodni tavsiya etishi lozim.
11. Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimi bir oy muddat ichida butlanishi shart.
Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Kredit byurosi tomonidan ijro organi rahbarligiga nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1) kredit byurosi muassislarining taqdimnomasi;
2) soʻrovnoma;
3) tarjimai hol;
4) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
5) oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
6) 6 x 4 hajmdagi 4 dona rangli surat;
7) nomzodning ish faoliyati haqidagi maʼlumotnoma;
8) nomzodning ish faoliyati haqida kasbdoshlari tomonidan bildirilgan fikrnoma;
9) turar joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma hamda nomzodning pasporti nusxasi.
Bundan tashqari, nomzod oʻzining pasporti, oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomi va mehnat daftarchasining asl nusxasini oʻzi bilan birga olib kelishi shart.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 3-4-son, 31-modda; 2015-y., 1-son, 14-modda)
Постановление
правления Центрального банка Республики Узбекистан
ОБ УТВЕРЖДЕНИИ ПОЛОЖЕНИЯ О КВАЛИФИКАЦИОННЫХ ТРЕБОВАНИЯХ К КАНДИДАТУРАМ, РЕКОМЕНДУЕМЫМ НА ДОЛЖНОСТЬ РУКОВОДИТЕЛЯ ИСПОЛНИТЕЛЬНОГО ОРГАНА КРЕДИТНЫХ БЮРО
[Зарегистрировано Министерством юстиции Республики Узбекистан 19 января 2012 г. Регистрационный № 2315]
В соответствии с законами Республики Узбекистан «О Центральном банке Республики Узбекистан» (Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 1995 г., № 12, ст. 247), «Об обмене кредитной информацией» (Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2011 г., № 40, ст. 412) Правление Центрального банка Республики Узбекистан постановляет:
1. Утвердить Положение о квалификационных требованиях к кандидатурам, рекомендуемым на должность руководителя исполнительного органа кредитных бюро, согласно приложению*.
* Приложение приводится на узбекском языке.
2. Настоящее постановление вступает в силу по истечении десяти дней со дня его государственной регистрации в Министерстве юстиции Республики Узбекистан.
Председатель Центрального банка Ф. МУЛЛАЖАНОВ
г. Ташкент,
10 декабря 2011 г.,
№ 37/10
(Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2012 г., № 3-4, ст. 31)