24.01.2011 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Evropa ittifoqi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANGLAShUV MEMORANDUMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Evropa Ittifoqi (bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bir tomondan va Evropa Hamjamiyatlari hamda ularga aʼzo davlatlar ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilik taʼsis etuvchi, 1996-yil 21-iyunda tuzilgan sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Evropa Atom Energiyasi Hamjamiyati (Evratom) oʻrtasida 2003-yil 6-oktabrda tuzilgan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 21 va 22-iyunda boʻlib oʻtgan Evropa Ittifoqi Kengashining majlisi davomida qabul qilingan, Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoning eksport yoʻnalishlari, talab va takliflar hamda energiya manbalarining tuzilishlarini diversifikatsiyalashdagi va Markaziy Osiyoda bozor iqtisodiyoti tuzilmalarining rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashdagi umumiy manfaatdorligi qayd etilgan “Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo Yangi sheriklik strategiyasi” nomli hujjatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sherik davlatlar bilan energetika sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash Evropa Ittifoqi uchun ahamiyatli ekani qayd etilgan Evropa Komissiyasining 2008-yil 13-noyabrdagi “Energetika boʻyicha ikkinchi strategik sharh — Evropa ittifoqining energetika sohasidagi xavfsizlik va birlik boʻyicha ishlar rejasi” nomli kommyunikesiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 11-martda Bryussel shahrida boʻlib oʻtgan va davomida Oʻzbekiston Respublikasi birgalikda belgilangan energetika borasidagi hamkorlik sohalarini, xususan, energiya samaradorligi, tiklanadigan energiya manbalari, energetika infratuzilmasidagi energiya samaradorligi, Musaffo rivojlanish mexanizmini (MRM), shuningdek Kioto protokolini amalga oshirishni, energetikaga doir strategiya va siyosatni, sanoat sohasidagi hamkorlikni tasdiqlagan Evropa Ittifoqi (EI) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi Hamkorlik boʻyicha qoʻmitaning yettinchi majlisiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 14-sentabrda Bryussel shahrida boʻlib oʻtgan va davomida Oʻzbekiston Evropa Ittifoqi bilan birga Markaziy Osiyo uchun strategiyani, shu jumladan, energetika va ekologiyaga chidamlilik boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha faoliyatdan oʻz manfaatdorligini qayta tasdiqlagan, shuningdek yangi energetika yoʻlagini barpo etishni qoʻllab-quvvatlagan Evropa Ittifoqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi “Evropa Ittifoqi — Oʻzbekiston” Hamkorlik kengashining toʻqqizinchi majlisiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 15-sentabrda boʻlib oʻtgan, atrof-muhit masalalari, shu jumladan energetika resurslarini boshqarish va iqlim oʻzgarishining taʼsiri boʻyicha mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash zarurligi alohida taʼkidlangan “Evropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” vazirlar konferensiyasiga tayangan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Evropa Ittifoqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi energetika sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish har ikki tomon uchun manfaatli ekanini va u har ikki tomonning, shuningdek Markaziy Osiyo mintaqasining ham energetika ham ekologik xavfsizligini oshirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozimligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonning energetika sohasidagi oʻz munosabatlarini oʻzaro hamkorlikka amaliy jihatdan foydali va konstruktiv yondashuv asosida yanada rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston energetika sektorining Oʻzbekiston Respublikasining imkoniyatlari va ehtiyojlariga asoslangan holda kelgusida barqaror rivojlanishining oʻrta va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash va zarur strategik choralarni taʼriflash muhimligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston iqtisodiyotining yanada rivojlanishi uchun energetika infratuzilmasini modernizatsiyalash va kengaytirish muhimligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Evropa Ittifoqining ichki va xalqaro investitsiyalarni jalb qilish va himoyalash boʻyicha zarur strategik choralarni eʼtiborga olish bilan ushbu jarayonda tutishi mumkin boʻlgan oʻrnini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston energetika sektorining barcha sohalarida investitsiyalarga boʻlgan katta ehtiyojni va xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek ham Oʻzbekiston, ham Evropa xususiy sektorining kelgusida investitsiyalarni jalb qilishda tutishi mumkin boʻlgan oʻrnini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaning transchegaraviy daryolar, koʻllar va dengizlar bilan bogʻlangani sababli ushbu resurslarni himoya qilish uchun mintaqaviy yondashuv muhim ekanini va manfaatdor mamlakatlarning suv va energetika masalalari boʻyicha ekotizimli yondashuv, shuningdek umumiy suv resurslaridan adolatli, barqaror va oqilona foydalanish prinsipi asosida hamkorlik qilish maqsadida barqaror va aniq mexanizmni ishlab chiqish uchun birgalikda ishlashi zarur ekanini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Evropa Ittifoqi Komissiyasi tomonidan 2010-yilda energetika va atrof-muhit sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish yoʻllarini belgilashi mumkin boʻlgan “Markaziy Osiyo investitsiya vositasi”ni (Central Azia Investment Facility — CAIF) yaratishganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Evropa Ittifoqi Komissiyasi, Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida Markaziy Osiyoda mavjud boʻlgan uran ishlab chiqarishni tiklash boʻyicha hozirgi hamkorlikni, xususan uran konlarini boyitish fabrikalarini tiklashni va chiqindilarni foydali suratda ishlatishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur mazmunda bildirilgan katta qiziqishni eʼtiborga olib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Evropa Ittifoqi va Oʻzbekistonning ekologiya va atrof-muhitga zararli taʼsirlarni, shu jumladan Orol dengizining zararli taʼsirini bartaraf qilishda, tabiiy resurslardan oqilona, samarali va barqaror foydalanishni taʼminlashda hamda Markaziy Osiyo mintaqasining energetika va ekologik xavfsizligini taʼminlashda yaqindan hamkorlik qilish boʻyicha qatʼiy maqsadini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori seysmiklik va tektonik faollikni hisobga olgan holda, Markaziy Osiyoning transchegaraviy daryolarida gidroelektr ishlab chiqarish quvvatlarini barpo qilish va ular bilan bogʻliq inshootlarni qurish boʻyicha loyihalar xalqaro standartlarga, shuningdek ekologik taʼsir va amalga oshirish mumkinligi nuqtai nazaridan mustaqil baholagan boʻlishiga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyoda elektr yetishmovchiligi ortib borayotgani bois, ishlayotgan energetika obyektlarining samaradorligini oshirish, Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik jihatdan bardoshli gidroelektrstansiyalar tizma (kaskad)larini qurish, shuningdek tiklanadigan energiya manbalarini va agar qoʻllab boʻlsa, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan uglevodorodlar va boshqa mineral resurslarni tadqiq qilish orqali elektr ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash zarurligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozirgi vaqtda faoliyat koʻrsatayotgan Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimining 30 yildan koʻproq vaqt muqaddam tashkil etilganini va uni bozor qoidalariga javob berish uchun hamda mustahkam, barqaror, zarurat tugʻilganda oʻzaro bogʻliq boʻlgan milliy energetika tizimlarini rivojlantirish, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlar asosida muvofiqlashtirish va eng qulay sharoit yaratish kerakligini eʼtirof etgan holda modernizatsiyalash lozimligini tasdiqlab/eʼtiborga olib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ham mahalliy taʼminot, ham Evropa Ittifoqi tomon tranzit maqsadida uglevodorod energetika infratuzilmasini modernizatsiyalash, kengaytirish va samaradorligini oshirish boʻyicha hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini ishlab chiqarish boʻyicha tozaroq quvvatlarni, energiya samaradorligi choralarini va muqobil energiya manbalarini, xususan quyosh va shamol energiyasini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda chidamli, barqaror va ishonchli milliy energetika tizimini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo davlatlari milliy energetika tizimlarini ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlar asosida xalqaro amaliyotga mos ravishda yanada optimallash va muvofiqlashtirishni yengillatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va ekspert tajribasi bilan almashish, shu jumladan texnik yordam va nou-xaularni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha Hadli konvensiyasida bayon etilgan prinsiplarga rioya qilish va unga taalluqli Kioto protokoli qoidalarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadida quyidagilar boʻyicha hamkorlik qilish niyatidadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Hamkorlik sohalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Siyosiy choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikki tomon:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining energetika sektorida mamlakatning barcha energetika resurslarini rivojlantirish uchun belgilangan oʻrta va uzoq muddatli milliy strategiyaga asoslangan holda har taraflama va ogʻishmas siyosatni rivojlantirish va amalga oshirishni davom ettirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetikaga boʻlgan talabni boshqarish boʻyicha har taraflama strategiyani, shu jumladan preferensiyalar, energetika tariflarining ochiq-oydinligi va tegishli ravishda institutsional islohotlarni rivojlantirish va amalga oshirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejash orqali energiya samaradorligi boʻyicha choralarni kuchaytirishda va zamonaviy ekologik toza energetika texnologiyalarini qoʻllashda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining energiya samaradorligi va energiyani tejash masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarining salohiyati va ekspert tajribasini oshirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tiklanuvchi energiya manbalarini, xususan quyosh va shamol energiyasini rivojlantirishga qaratilgan siyosat ishlab chiqishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu maqsadlarga erishish uchun Evropa Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat va texnik agentliklari oʻrtasidagi hamkorlikning tegishli mexanizmlari va tadbirlarini belgilashda hamkorlik qilish uchun intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Infratuzilma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikki tomon oʻzaro ahamiyatga ega boʻlgan mavjud infratuzilmani modernizatsiyalashda va Evropa Ittifoqi yoʻnalishida tranzit uchun foydali boʻlishi mumkin boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasida Sharq — Gʻarb oʻqida yangi energetika infratuzilmasini yaratishda hamkorlik qilishga intiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlik zarur boʻlgan joyda, xususan quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) infratuzilmani modernizatsiyalash boʻyicha rejani ishlab chiqish maqsadida uglevodorodlarning mavjud tranziti va yetkazib berish tarmogʻini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasiga gazning sizib chiqib ketishi va yondirilishini kamaytirishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasiga energetika uglevodorod infratuzilmasi sohasidagi aniq yangi loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) modernizatsiyalash va amalga oshirish mumkin boʻlgan kengaytirish doirasida elektr energiyasini ishlab chiqarish tizimlari va elektr tarmoqlari ehtiyojlarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yevropalik sheriklarni, shu jumladan Evropa bank institutlarini jalb qilish vositasi bilan shunday investitsiyalarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnika va sanoat sohasida hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikki tomon Oʻzbekistonda texnika sohasidagi eng soʻnggi yangiliklarga mos keluvchi energetika texnologiyalarini, shu jumladan energiya va resurslarni tejovchi texnologiyalarni, tiklanuvchi energiya manbalarini kelgusida joriy etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining texnikaviy ekspertizasini oshirish hamda Evropa Ittifoqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi aloqalar va hamkorlikni kuchaytirish maqsadida birgalikda ishlash niyatidadirlar. Bunday hamkorlik quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nou-xau almashish va texnologik koʻnikmalarni egallashga yordam koʻrsatish maqsadida axborot tarqatishga va boshqa kommunikatsiya shakllariga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tadqiqotlar va ishlanmalarda hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Evropa Ittifoqi Komissiyasining mintaqaviy taʼlim dasturlaridan (TEMPUS, Erasmus Mundus) foydalangan holda shunday energetika sohasida hamkorlikning ustuvor masalalariga yoʻnaltirilgan tegishli taʼlimni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Evropa Ittifoqi yoki Oʻzbekiston Respublikasi siyosatini, shu jumladan har ikki tomonning energetika xavfsizligini eʼtiborga olgan holda, energetika resurslarini qazib olish, qayta ishlash, tashish va ulardan foydalanishga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, shu jumladan ularning tashqi aloqalarini yanada rivojlantirish boʻyicha maʼlumot almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Evropa Ittifoqi va Oʻzbekistondagi energetika sektorida faoliyat yuritayotgan davlat va xususiy biznes oʻrtasida qoʻshma konferensiyalar, biznes-forumlar va seminarlar kabi tadbirlar bilan almashish va hamkorlikni ilgari surish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oʻzaro ahamiyatga ega boʻlgan, Oʻzbekiston energetika sektorini modernizatsiyalash, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlashtirishga qaratilgan loyihalar boʻyicha industrial hamkorlikni, shuningdek yangi energetika obyektlarini qurishni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) energiya samaradorligi, energiyani tejash va qayta tiklash sohalariga alohida eʼtibor qaratgan holda, energetika sektorida industrial hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) energiya samaradorligi va energiyani tejash boʻyicha xizmat koʻrsatish sektorida Oʻzbekistondagi tadbirkorlik sektori, shu jumladan kichik va oʻrta korxonalar uchun xizmat koʻrsatish salohiyatlarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Evropa Ittifoqi Komissiyasining xalqaro tashabbuslaridagi tegishli vositalari orqali Evropa Ittifoqining aʼzo davlatlari, Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE), BMTning Taraqqiyot dasturi (BMT TD) va boshqa manfaatdor sheriklar bilan uran chiqindilari va Oʻzbekiston Yadro fizikasi institutidagi tadqiqot reaktorining operatsion xavfsizligini oshirish yuzasidan ish olib borish boʻyicha hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikki tomon oʻz hamkorligi davomida Toshkent shahridagi texnik ofisni tashkil etishni va uning faoliyatini toʻla qoʻllab-quvvatlash niyatidadirlar, ushbu ofis Evropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi tuzilgunga qadar ushbu Anglashuv memorandumini amalga oshirishga koʻmaklashadi va shuningdek, energetika hamda iqlim oʻzgarishiga taalluqli energetika masalalari boʻyicha mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun moʻljallangan markaz boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hujjat faqat siyosiy maqsadlarni tasdiqlaydi va har ikki tomon biror bir yuridik majburiyatni oʻz zimmasiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bryussel shahrida 2011-yil 24-yanvarda oʻzbek va ingliz tillarida tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2011-y., 1-2-son)