oʻzbekiston respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining
Qarori
“SAVDO VA XIZMAT KOʻRSATISh SOHASIDAGI XUSUSIYLAShTIRILGAN OBYEKTLARNING FAOLIYAT SOHASINI OʻZGARTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORNI, ShUNINGDEK UNGA OʻZGARTIRIShNI KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 4-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1207-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-oktabrdagi 283-son “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va ruxsat berish tartibotlarini amalga oshirishda davlat boshqaruv funksiyalarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 454-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2003-yil 18-yanvardagi 01/07-81-son “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi xususiylashtirilgan obyektlarning faoliyat sohasini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1207, 2003-yil 22-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil 1-2-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 3-maydagi 01/23-18/01-son “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi xususiylashtirilgan obyektlarning faoliyat sohasini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1207-1, 2011-yil 23-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 211-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v.b. A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 9-dekabr,
01/17-18/14-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 8-modda)