Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YoZISh ORGANLARI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qaroriga muvofiq, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi oʻrinlarda FHDY deb ataladi) faoliyatini yanada takomillashtirish va fuqarolarning malakali yuridik yordam olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u 2012-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda olis aholi punktlarida FHDY organlariga boʻlgan ehtiyojni oʻrgansin;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda, tasdiqlangan mezonlardan kelib chiqib, FHDY organlari xodimlari sonini belgilasin;
ikki oy muddatda FHDY organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan fuqarolarning malakali yuridik yordam olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutadigan FHDYning yagona elektron arxivini tashkil etish, shuningdek hujjatlar va arxiv materiallari saqlanishini taʼminlash chora-tadbirlari dasturi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tegishli xizmat koʻrsatuvchi banklar bilan birgalikda FHDY organlarini toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallari va nazorat-kassa mashinalari bilan toʻliq jihozlashni taʼminlasin.
3. Belgilansinki, FHDY organlari taʼminoti davlat budjeti hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-dekabr,
346-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-dekabrdagi 346-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi oʻrinlarda FHDY organlari deb ataladi) xodimlari sonini aniqlash tartibini belgilaydi.
2. Tuman va shahar FHDY boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda FHDY boʻlimlari deb ataladi), nikoh uylari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining FHDY arxivlari (keyingi oʻrinlarda FHDY arxivlari deb ataladi) FHDY organlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilarda:
a) FHDY boʻlimlari va nikoh uylarida:
mudir;
1 va 2-toifali inspektor;
ish yurituvchi (texnik xodimlar);
b) FHDY arxivlarida:
mudir;
arxivarius FHDY organlari xodimlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. FHDY organlari xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
FHDY organlari xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan koʻpi bilan bir yilda bir marta belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda mehnatga haq toʻlash uchun FHDY organlari xarajatlari, shu jumladan yagona ijtimoiy toʻlov (martaba darajasi va belgilangan xizmat muddati uchun ustamalar toʻlovi bundan mustasno) davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
II. FHDY organlari xodimlari sonini belgilash mezonlari
5. Har bir FHDY organida:
a) FHDY boʻlimlari va nikoh uylarida — mudir va 1-toifali inspektor;
Keyingi tahrirga qarang.
b) FHDY arxivlarida — mudir va 2 nafar arxivarius lavozimlari joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. FHDY boʻlimlari va nikoh uylari inspektorlarining ikkinchi va undan keyingi lavozimlarini belgilashda jamlangan holda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) tegishli tuman va shahar hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqarolik holati dalolatnomalari hamda ularga kiritilgan tuzatishlarning oʻrtacha oylik soni (tugʻilish, oʻlim, nikoh tuzish va nikohni bekor qilish). Bunda bir xodimga (ish yurituvchi bundan mustasno) roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqarolik holati dalolatnomalari va ularga kiritilgan oʻzgartirishlar soni oyiga kamida 200 — 250 ta boʻlishi kerak;
Keyingi tahrirga qarang.
b) xizmat koʻrsatiladigan tuman va shahar hududi aholisi soni. Bunda, xizmat koʻrsatiladigan hudud aholisi soni 50 ming kishidan 100 ming kishigacha boʻlganda — 1 nafar inspektor, 100 ming kishidan 150 ming kishigacha boʻlganda — 2 nafar inspektor, 150 ming kishidan 200 ming kishigacha boʻlganda — 3 nafar inspektor va 200 ming va undan ortiq kishi boʻlganda — 4 nafar inspektor lavozimi joriy etiladi.
7. FHDY boʻlimida yoki nikoh uyida inspektorlarning 4 va undan ortiq lavozimlari mavjud boʻlganda 1-toifali inspektorlar ular umumiy sonining yarmidan ortigʻini tashkil etmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan mezonlarga qoʻshimcha ravishda FHDY boʻlimi yoki nikoh uyidagi inspektorlar lavozimlari sonini belgilashda, aniq holatlardan kelib chiqib, xizmat koʻrsatiladigan hudud chegaralarida aholi punktlarining bir-biridan uzoqligi va ular oʻrtasidagi mavjud transport harakati ham hisobga olinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. FHDY arxivlari arxivariuslarining uchinchi va undan keyingi lavozimlarini belgilashda jamlangan holda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
arxiv fondidagi mavjud hujjatlar yigʻmajildi soni. Bunda, arxivariuslar soni bir xodimga har birida bir yilda 250 tadan varaq boʻlgan 4000 ta hujjatlar yigʻmajildi hisobidan belgilanadi;
FHDY boʻlimlari va nikoh uylaridan tushgan xabarnomalar boʻyicha fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga kiritilgan qaydlar soni. Bunda, arxivariuslar soni bir oyda bir xodimga 450 — 500 ta kiritilgan qaydlar hisobidan kelib chiqib belgilanadi;
berilgan maʼlumotnomalar, takroriy guvohnomalar va fuqarolik holati dalolatnomalaridan koʻchirmalar soni. Bunda, arxivariuslar soni bir oyda bir xodimga 250 — 300 ta berilgan hujjatlar hisobidan kelib chiqib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. FHDY boʻlimi yoki nikoh uyida 3 nafar va undan ortiq inspektor mavjud boʻlganda ish yurituvchi lavozimi joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. FHDY organlari xodimlari soni toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish
11. FHDY organlari xodimlari soni toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. FHDY boʻlimlari va nikoh uylari xodimlari soni toʻgʻrisidagi takliflarga tuman va shahar boʻyicha quyidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan materiallar ilova qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
oxirgi uch yilda FHDY boʻlimlari va nikoh uylari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqarolik holati dalolatnomalari va ularga kiritilgan oʻzgartirishlar soni;
Keyingi tahrirga qarang.
aholi soni;
ushbu taklifni asoslaydigan boshqa maʼlumotlar.
13. FHDY arxivlari arxivariuslari soni toʻgʻrisidagi takliflarga quyidagi maʼlumotlar ilova qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
oxirgi uch yilda arxiv fondidagi mavjud ishlar soni;
oxirgi uch yilda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga kiritilgan qaydlar soni;
oxirgi uch yilda berilgan maʼlumotnomalar, takroriy guvohnomalar va fuqarolik holati dalolatnomalaridan koʻchirmalar soni;
ushbu taklifni asoslaydigan boshqa maʼlumotlar.
14. FHDY organlari xodimlarining soni toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan umumlashtiriladi va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. FHDY organlari xodimlarining soni toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq tegishli qarorlar qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-dekabrdagi 346-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. Quyidagi mazmundagi 24b-ilova qoʻshilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga
24b-ILOVA
24b-ILOVA
FHDY organlari xodimlari mehnatiga YaTS boʻyicha haq toʻlash razryadlari va tarif
KOEFFITSIYENTLARI
|
Lavozimlar nomi |
Razryadlar va tarif koeffitsiyentlari | |||
|
Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlaridagi FHDY boʻlimlari |
Shaharlar va tumanlardagi FHDY boʻlimlari | |||
|
razryad |
tarif koeffitsiyentlari |
razryad |
tarif koeffitsiyentlari | |
|
Mudir |
9 |
2,466 |
8 |
2,299 |
|
I toifali inspektor |
8 |
2,299 |
7 |
2,139 |
|
II toifali inspektor |
7 |
2,139 |
6 |
1,988 |
| | | | |
” |
Keyingi tahrirga qarang.
2. 28-ilovaning 1-bandi sakkizinchi xatboshidagi “Fuqarolik holatlarini qayd etish boʻlimlari boshliqlari (mudirlari) va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 563-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son; 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)