12.12.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2298
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 12-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2298]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat reyestridan chiqariladigan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha 2011-yil 6-dekabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1997-y., 10-son, 33-modda) va 2000-yil 19-maydagi 197-sonli ““Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga asosan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2011-yil 23-noyabrdagi 17-27/1143-son xatini inobatga olgan holda buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining quyidagi normativ-huquqiy hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi pul birligida hisobvaraqalarini ochish va yuritish tartibi (roʻyxat raqami 41, 1994-yil 8-aprel);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi buzilganligi uchun jarimalar toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 58, 1994-yil 30-may);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarini ochish va ularning faoliyatini tugatish tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 59, 1994-yil 30-may);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1993-yil 28-martdagi 22-son “Tijorat banklarini ochish va ularning faoliyatini tugatish toʻgʻrisida”gi xatiga 1-son qoʻshimcha (roʻyxat raqami 60, 1994-yil 20-may);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank krediti haqidagi asosiy qoidalar (roʻyxat raqami 62, 1994-yil 20-may);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish uchun litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimchalar (roʻyxat raqami 178, 1995-yil 20-sentabr);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 5-fevraldagi 621-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga 1-oʻzgartirish (roʻyxat raqami 621-1, 1999-yil 26-avgust);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2005-yil 7-oktabrdagi 21/9-son “Kredit uyushmasi ustav fondining eng kam miqdori, roʻyxatga olganlik uchun yigʻim miqdori, kredit uyushmasi ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablar, roʻyxatga olish shakllari va tartibi hamda kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish va kredit uyushmasi aʼzosi tomonidan pay badallarini toʻlash sertifikatining shaklini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1151-1, 2005-yil 6-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 336-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarilganligini oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu buyruqni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilganligini oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir N. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 12-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 529-modda)