Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
BANKLARNI ROʻYXATGA OLISh VA ULAR FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2014-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3253, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 36-son, 363-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-oktabrdagi 283-son “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va ruxsat berish tartibotlarini amalga oshirishda davlat boshqaruv funksiyalarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 454-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 447-modda) bilan tasdiqlangan “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-noyabr,
34/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-noyabrdagi 34/5-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 68-bandning birinchi xatboshisidagi “oʻn besh ish kunidan oshmasligi” degan soʻzlar “kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 73-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar Markaziy bankning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi”.
3. 97-banddan “Markaziy bankdan oldindan rozilik olingan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 98—102-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. 104-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“filialni tashkil etish toʻgʻrisidagi hamda bank filiali toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi bank kengashining qarori”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“filialni ochish uchun iqtisodiy asoslov hamda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq filialning taxminiy balans qaydnomasi va daromadlar toʻgʻrisidagi taxminiy hisoboti”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 534-modda)