Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2016 11.11.2011 yildagi 299-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2016
Hujjat 11.11.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAKROIQTISODIY RIVOJLANTIRISh, TARKIBIY OʻZGARTIRIShLAR, XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB ETISh VA HUDUDLARNI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISh MASALALARI YIGʻMA AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 81-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatining axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-oktabrdagi PQ-1630-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 11-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-noyabrdagi 299-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Yigʻma departament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yigʻma departamentning faoliyati quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotidagi tendensiyalar va tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni, makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va ijtimoiy rivojlanishning oʻsishini oʻtkazilayotgan soliq-budjet, pul-kredit, tashqi iqtisodiy va valyuta siyosati bilan bogʻliq holda chuqur va kompleks tahlil qilish, shuningdek makrodarajada, tarmoqlar va hududlar boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi nomutanosibliklarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash koʻlamlarini va mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholashning har choraklik indikatorlari tizimi asosida demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlarining tizimli monitoringini va tahlilini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy muvozanatlilikni va iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini taʼminlashga, mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga, bank-moliya tizimini isloh qilishni davom ettirishga va barqarorligini oshirishga hamda aholi bandligi va turmush darajasini yuksaltirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ustuvor vazifalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati va respublikada yaratilgan qulay investitsiya muhiti samaradorligi, shuningdek iqtisodiyotga investitsiyalar jalb etish dinamikasining tizimli monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda tashqi savdo aylanmasi muvozanatliligini kuchaytirish, eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar va xizmatlar importi hajmlari hamda tarkibini maqbullashtirish boʻyicha yagona tashqi iqtisodiy siyosat oʻtkazilishini muvofiqlashtirish, shuningdek jahon va mintaqaviy bozorlar konyunkturasi tahlili asosida bojxona-tarif va notarif siyosatini tartibga solish, mamlakatimiz mahsulotlari eksporti tarkibini takomillashtirish va hajmlarini koʻpaytirishni yanada ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya hajmlarini koʻpaytirish va tarkibini diversifikatsiyalash, shuningdek prognoz parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar ishlab chiqib investitsiya loyihalari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
importning hajmi va tuzilmasini, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan shartnomalarni har tomonlama tahlil qilish hamda mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek Mahalliylashtirish dasturining tasdiqlangan parametrlariga erishish yuzasidan tizimli monitoringni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlar, hududlar va umuman mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ularning qisqa muddatli va uzoq muddatli davrdagi samaradorligini kompleks baholashni oʻz ichiga oladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar darajasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishining kompleks va qatʼiy nazorat qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini barqaror rivojlantirish hamda respublika hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish masalalarida Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlari, markaziy iqtisodiyot organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini Yigʻma departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tahliliy axborotlar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yigʻma departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yigʻma departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi va ayni bir vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yigʻma departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil boshqarmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil guruhlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlariga va Yigʻma departamentga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi axborot-tahlil guruhlari rahbarlari, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan hududiy boʻlinmalar mutaxassislari lavozimga tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan, Yigʻma departament mudiri bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma departament Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutiga rahbarlik qiladi va uning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yigʻma departamentning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Yigʻma departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) makroiqtisodiy rivojlantirish va bank-moliya tizimini isloh qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda iqtisodiy, tarkibiy, institutsional va maʼmuriy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish, markaziy iqtisodiy idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish asosida mamlakatni makroiqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy mutanosiblikni, iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini, mamlakat aholisini ish bilan band etish va ularning turmush darajasini oshirishni taʼminlashning strategik vazifalarini hal etishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning samaradorligini oshirish, bank-moliya tizimini isloh qilishni davom ettirish hamda mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy ahvol va iqtisodiyotdagi tarkibiy sifat oʻzgarishlari, rivojlanishning kompleks maqsadli dasturlari amalga oshirilishi, shu jumladan maʼlumotlarning tegishli bazalarini yaratish va ularni tahlil qilish asosida bank-moliya tizimini isloh qilish monitoringi tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash koʻlamlarini va mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholashning har choraklik indikatorlari tizimi asosida demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlarining tizimli monitoringini va tahlilini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlari tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy islohotlar, shu jumladan bank-moliya tizimini isloh qilish boʻyicha maqsadli dasturlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari loyihalarini respublikaning strategik manfaatlari va maqsadlariga muvofiqligi yuzasidan ekspert baholash, ularning rivojlanish makroiqtisodiy koʻrsatkichlariga, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga taʼsirini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlar, shuningdek investitsiya loyihalari bajarilishini nazorat qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qoʻshilgan qiymatli, jahondagi va mintaqaviy bozorlarda barqaror ravishda xaridorgir boʻlgan, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarilishini taʼminlaydigan ustuvor tarmoqlarni jadal rivojlantirishga yoʻnaltirilgan sanoatdagi tarkibiy oʻzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat ishlab chiqarishlarini modernizatsiyalash va texnik jihatdan yangilashga, ularda ilgʻor innovatsiya texnologiyalarini jadal joriy etishga, mehnat unumdorligini oshirishga, sanoat uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini taʼminlash, aholini ish bilan band etish, ularning daromadlarini koʻpaytirish va turmush darajasini oshirishni taʼminlash maqsadida iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlar, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, innovatsion rivojlanish mexanizmini izchil joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlarda va respublika mintaqalarida islohotlarning borishi monitoringi va maʼlumotlar bazasini shakllantirish, investitsiya dasturi, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik jihatdan yangilash va texnologiya bilan qayta jihozlash dasturlari amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturi, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringi natijalarini umumlashtirish va kompleks tahlil qilish, ular asosida tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq investitsiya dasturlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari loyihalarini har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan oʻtkazish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning samarali va eng maqbul sxemalarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning Investitsiya dasturiga, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashning tarmoq va hududiy dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari oʻz vaqtida tayyorlanishi va amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan muhim tarkibiy islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy muammolari boʻyicha tarmoq va hududiy dasturlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari loyihalarini ekspert baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan moddiy va qiymat balanslari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlar va hududlar darajalarida iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy rivojlanish dasturlari, qabul qilingan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) eksport salohiyatini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, importni maqbullashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va jahon bozorida konyunktura oʻzgarishini tahlil qilishdan kelib chiqqan holda, birinchi navbatda, eksport tarkibida yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot ulushi yanada oʻsishi hisobiga eksport salohiyatini oshirishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, mamlakat korxonalari, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining eksport salohiyatini kengaytirish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tarmoqlari va korxonalari boʻyicha eksport qilinayotgan mahsulotlar hajmlari, tarkibi va turlarini chuqur tahlil qilish hamda shu asosda mamlakatimiz mahsulotlarining raqobatbardoshliligini mustahkamlash va ularni jahon va mintaqaviy bozorlarga kiritish, mamlakatimiz mahsulotlarini eksport qilishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish va ularning tarkibini takomillashtirish, tashqi savdo aylanmasi muvozanatliligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot eksportining yillik prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan eksportga mahsulot yetkazib berish hajmi va turlari boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlar bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinadigan mahsulot hajmi va turlari chuqur tahlil qilinishini tashkil etish, shu asosda importni yanada maqbullashtirish, import bojxona bojlarini va bojxona maʼmurchiligi usullarini takomillashtirish, butlovchi buyumlar va uzellar, materiallar, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq ichki kooperatsiyasini rivojlantirishni va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni tizimli tahlil qilish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish doirasida tasdiqlangan parametrlarga erishilishi yuzasidan tizimli monitoringni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada yaratilgan qulay investitsiya muhitini, xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarni qoʻllash samaradorligini har tomonlama tizimli tahlil qilishni, iqtisodiyotni modernizatsiyalashning ustuvor loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan yangilash uchun xorijiy investitsiyalar va grantlarni, birinchi navbatda toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish boʻyicha yanada qulay muhitni shakllantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xorijiy investorlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi, shu jumladan xorijiy investorlar va kreditorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring olib borish va tizimli nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, (texnik-iqtisodiy hisob-kitobini), moliyalashtirish sxemalarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import hajmi va turlarini chuqur tahlil qilish asosida mahsulot ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish yoʻnalishlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻzlashtirish uchun tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar roʻyxatlari boʻyicha takliflarni shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial investorlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya muhiti toʻgʻrisida, shu jumladan investitsiya qoʻyish jarayonining asosiy tartib-qoidalari masalalari, shuningdek taklif etilayotgan investitsiya hajmlari haqidagi axborot bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish jarayonini muvofiqlashtirishni taʼminlash, shuningdek amalga oshirilishi tavsiya qilinayotgan investitsiya takliflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni potensial xorijiy investorlar va kreditorlarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaga texnik koʻmaklashish mablagʻlari va muruvvat yordamini jalb etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga grantlar jalb etish hajmini koʻpaytirishni tizimli asosda taʼminlaydigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini qoʻllash ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xorijiy mamlakatlar, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarning turkumlashtirilgan elektron bankini shakllantirish va yuritish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari yakuni boʻyicha erishilgan ahdlashuvlar, shuningdek xorijiy mamlakatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar bilan tashqi savdo, investitsiya va moliyaviy hamkorlikning qabul qilingan dasturlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish, shuningdek xorijiy mamlakatlar, xalqaro tuzilmalar, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo hamkorligini chuqurlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, respublikaning boshqa organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash hamda mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda va jahon bozoridagi konyunktura oʻzgarishini tahlil qilish asosida xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikning ustuvor vazifalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish masalalari boʻyicha xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda boshqa investorlar bilan hamkorlik dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, shuningdek hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyasi boʻyicha shart-sharoitlar yaratishda va chora-tadbirlar bajarilishi monitoringini olib borishda qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yigʻma departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni va mintaqalarni makroiqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish, tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, davlat dasturlari va hududiy dasturlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha maʼlumotlar bazalari yaratilishi, yuritilishi va muntazam yangilab borilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari uchun, shuningdek ularni Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, ijtimoiy-iqtisodiy, tarkibiy va maʼmuriy islohotlar masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari ijrosini, shu jumladan joyiga borgan holda oʻrganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini, ularni ishlab chiqishni hamda kelishishni amalga oshiradi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi hamda mazkur materiallar toʻgʻrisida Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli majlis qarorlari bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarning kompleksliligi hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarining manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi, Yigʻma departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar faoliyatini, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi axborot-tahlil guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa organlar va tashkilotlarga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligini taʼminlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish boʻyicha maqsadli dasturlarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi va natijalarini respublika mintaqalari, shuningdek iqtisodiyot sohalari boʻyicha umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yigʻma departamentning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yigʻma departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlarining makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy va institutsional islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari va mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy va prognozlash faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot va tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlar ishida, shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar muammolari boʻyicha axborot-tahliliy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro loyihalarda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, shuningdek xalqaro, xorijiy moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, xalqaro hukumat muassasalari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha mustaqil yozishmalarni yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro, xorijiy moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, xorijiy firmalar va kompaniyalar vakillari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha muzokaralar oʻtkazish va ularda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, hududlar va xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Yigʻma departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning, ilmiy muassasalarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Yigʻma departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yigʻma departament:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi taʼminlanishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yigʻma departamentning tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yigʻma departamentning tuzilmasiga Yigʻma departament mudiri, Yigʻma departament mudirining makroiqtisodiy rivojlantirish va bank-moliya tizimini isloh qilish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Yigʻma departament mudirining ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, shuʼbalar mudirlari, tegishli masalalar boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek ikki nafar inspektor kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yigʻma departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yigʻma departament mudiri, mudirning birinchi oʻrinbosari, mudir oʻrinbosari, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yigʻma departament faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yigʻma departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Yigʻma departamentning ish rejalari, shuʼba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma departamentning ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari esa — Yigʻma departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq, kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Kompleks, Yigʻma departament majlislarida hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yigʻma departament mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, oʻz oʻrinbosarlari, shuʼbalar mudirlari, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Yigʻma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma departamentning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat prinsiplariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini tashkil etadi va hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning tegishli tarmoqlari, sohalari va hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligining tizimli monitoringi tashkil etilishi va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma departamentning tasdiqlangan tuzilmasiga va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya qilinayotgan nomzodlar boʻyicha takliflarni, mutaxassislarning kasbiy darajasini va amaliy malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish choralarini puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbarining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrinbosarlar, shuʼba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Kompleks rahbariga kiritadi, Yigʻma departamentning tarkibiy boʻlinmalari va mutaxassislari ish rejalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa organlar va tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan Yigʻma departamentning ish yuritish sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yigʻma departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini birinchi oʻrinbosar bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yigʻma departament mudirining birinchi oʻrinbosari (oʻrinbosari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi hamda oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Yigʻma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli masalalar boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularning muntazam ravishda yangilab borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar toʻgʻrisida Yigʻma departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Yigʻma departament mudiriga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma departament mudiri topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma departament mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shuʼba mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuʼbaga biriktirilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun Vazirlar Mahkamasi, Yigʻma departamentning ish rejalarida, shuningdek mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Yigʻma departament mudiriga, uning oʻrinbosariga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Yigʻma departament mudiriga, mudirning oʻrinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Yigʻma departament mudirining oʻrinbosariga, mudiriga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, shuʼbaning yuritish sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma departament mudiri topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek ijroda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yigʻma departamentning bosh mutaxassisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zaruriy kelishilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Yigʻma departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuʼba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi, markaziy apparatlari tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar), mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishining ahvoli va natijadorligini doimiy asosda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ijroda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yigʻma departamentning yetakchi mutaxassisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zaruriy kelishilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Yigʻma departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuʼba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlarining markaziy apparatlari tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar)ning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar ishlarining ahvoli va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijroda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Inspektor Yigʻma departamentda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 474-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda)