Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARDA TEKShIRISh OʻTKAZISh VA TEKShIRIShLARNI ROʻYXATGA OLISh KITOBINI YURITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 7-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1650-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2006-yil 29-dekabrdagi 213-mh-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish va Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1650, 2006-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 525-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Adliya vaziri N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2011-yil 7-noyabr,
245-mh-son
Kelishilgan:
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi oʻrinbosari B. XOʻJAYEV
2011-yil 4-noyabr
Bosh prokuror R. QODIROV
2011-yil 4-noyabr
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
2011-yil 4-noyabr
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2011-yil 4-noyabr
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2011-yil 4-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 479-modda)