1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MILLIY AXBOROT RESURSLARINI MUHOFAZA QILISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2011-YIL 8-IYULDAGI PQ-1572-SON QARORINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qarorini amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan maʼlumotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qaroriga muvofiq tashkilotlarga axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish huquqi uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish obyekti — turli darajadagi va maqsadlardagi axborot tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotga ishlov berishning texnik vositalari, ushbu vositalar oʻrnatilgan va ishlatiladigan xonalar, shuningdek muzokaralar, shu jumladan maxfiy muzokaralar olib borish uchun moʻljallangan alohida xonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish — axborotlashtirish obyektlari himoyalanganligi haqiqiy holatining axborot xavfsizligi sohasidagi davlat standartlariga va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga yoʻnaltirilgan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ — vakolatli organning axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir ishlarning muayyan turlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomasiga ega boʻlgan tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ruxsatnoma vakolatli organ tomonidan beriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.03.00 Axborot va axborotlashtirish sohasini litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ruxsatnoma ruxsatnoma olish uchun ariza bergan tashkilotning (keyingi oʻrinlarda ariza bergan tashkilot deb ataladi) imkoniyatlari qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini oʻrganish va uni baholash natijalari asosida beriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.03.00 Axborot va axborotlashtirish sohasini litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ruxsatnoma tashkilotning axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir ishlarning muayyan turlarini (keyingi oʻrinlarda attestatsiyadan oʻtkazish ishlari deb ataladi) amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Ruxsatnomada uning amal qilish muddati koʻrsatiladi, biroq ushbu muddat 5 yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ruxsatnoma, agar tashkilot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik huquqida xoʻjalik yuritish, tezkor boshqarish huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mol-mulk va asbob-uskunalarga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatida axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish sohasida maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassislar boʻlsa, ularning ayrim toifasi davlat sirlari bilan tanishish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ruxsatnomaga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarning ayrim turlarini amalga oshirishga huquq beruvchi litsenziya (mavjud boʻlganda);
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga va boshqa hujjatlarga ega boʻlsa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ruxsatnoma berish va olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ruxsatnoma olish uchun ariza bergan tashkilot ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha vakolatli organga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ariza yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizaga quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi maʼlumotnoma ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza bergan tashkilotning attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ulardan foydalanishi rejalashtirilayotgan obyektlari (asosiy binolar va inshootlar, sinov laboratoriyalari, aks-sadosiz kameralar, texnologik uchastkalar, saqlash joylari va boshqalar)ning roʻyxati va tavsifnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot xodimlarining tarkibi va malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud asbob-uskunalar, priborlar, apparatlarning ishlab chiqarilgan yili va muvofiqlik sertifikati mavjudligi koʻrsatilgan holdagi roʻyxati va tavsifnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud oʻlchov texnikasining ishlab chiqarilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtgan yili koʻrsatilgan holdagi roʻyxati va tavsifnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mol-mulk va asbob-uskunalarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya boʻyicha ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan yoki jalb etish rejalashtirilayotgan xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(8-bandning oʻn ikkinchi — oʻn oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilarga almashtirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza bergan tashkilot tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.03.00 Axborot va axborotlashtirish sohasini litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli organ 30 kalendar kun mobaynida arizani, maʼlumotnomani va unga ilova qilingan materiallarni koʻrib chiqadi va ariza bergan tashkilotga ularni koʻrib chiqishni davom ettirish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida, yigʻim summasini koʻrsatgan holda bildirishnoma yuboradi. Ariza rad etilgan taqdirda rad etish sabablari koʻrsatilgan holda bildirishnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 6, 8 va 9-bandlari talablariga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada koʻrsatilgan faoliyat tashkilot ustaviga (nizomiga) muvofiq boʻlmaganda arizani koʻrib chiqish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maʼlumotnoma va unga ilova qilingan materiallar ariza bergan tashkilotga ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab 2 oy mobaynida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maʼlumotnomani va unga ilova qilingan materiallarni koʻrib chiqish jarayonida vakolatli organ attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun talab qilinadigan shart-sharoitlar mavjudligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda ushbu Nizomning 6 va 8-bandlarida koʻrsatilgan shart-sharoitlarning yetarli emasligi yoki mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.03.00 Axborot va axborotlashtirish sohasini litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ruxsatnoma berish bilan bogʻliq ishlarga haq toʻlash tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Maʼlumotnomani va unga ilova qilingan materiallarni koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summasi vakolatli organning ushbu ruxsatnomani berish bilan bogʻliq xarajatlari doirasida belgilanadi va mazkur xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim summasi vakolatli organning hisob raqamiga oʻtkaziladi. Ariza qaytarib olinganda yoki vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.03.00 Axborot va axborotlashtirish sohasini litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ruxsatnoma bilan birga attestatsiyadan oʻtkazuvchi organga ish hujjatlari paketi beriladi, ularning qiymati ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun undiriladigan yigʻim summasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ruxsatnoma hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va tegishli himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maxsus blankada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar hisobini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish va toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatli organ quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tugatilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan muddatdan oldin toʻxtatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan oʻzining attestatsiyadan oʻtkazishga doir faoliyatini muddatidan oldin toʻxtatganligi toʻgʻrisida ariza berilgan taqdirda vakolatli organ ruxsatnomani qaytarib oladi. Ariza faoliyatni toʻxtatish moʻljallanayotgan sanadan kamida 30 kalendar kun oldin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan unga qoʻyiladigan talablar buzilgan taqdirda vakolatli organ berilgan ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish va/yoki toʻxtatib turish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ruxsatnomaning amal qilishini qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda vakolatli organ attestatsiyadan oʻtkazuvchi organga rasmiy bildirishnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.03.00 Axborot va axborotlashtirish sohasini litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, qayta tashkil etilganda bir hafta muddatda vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilgan oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.03.00 Axborot va axborotlashtirish sohasini litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organga ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish bilan bogʻliq ishlarga haq toʻlash tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Yigʻim summasi vakolatli organning ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish bilan bogʻliq xarajatlari doirasida belgilanadi va mazkur xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki amal qilish muddati tugamagan, biroq yaroqsiz boʻlib qolgan ruxsatnoma oʻrniga attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning arizasiga koʻra dublikat beriladi. Dublikat berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaning shakli namunasi (ariza beruvchining firma blankasida)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ARIZA
_________________________________________
20___ y. “____”________________
(tashkilotning toʻliq va qisqartirilgan nomi)
gacha muddatga Axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish huquqi uchun ruxsatnoma berishni iltimos qiladi.
(Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar roʻyxati boʻyicha).
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma shakli namunasi
(Vakolatli organning maxsus blankasida bajariladi)
RUXSATNOMA №
20___ y. “____”__________da___________________________________________________________ __________________________________________________________________________ga berilgan.
(tashkilotning nomi)
Ushbu ruxsatnoma bilan __________________________________________________________ ga
(tashkilotning nomi)
axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish huquqi beriladi.
Quyidagi axborotlashtirish obyektlari bundan mustasno: __________________________________ _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________.
Ruxsatnoma 20___ y. “____” ____________ dagi _____ -son ariza asosida berilgan.
Tashkilotning pochta manzili __________________________________________________________ ________________________________________________________________________.
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20___ y. “____”___________ dan 20___ y. “____”___________ gacha.
Ruxsat berilgan faoliyat amalga oshiriladigan faoliyatga tatbiq etiladigan qonun hujjatlariga, davlat standartlariga va normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ruxsatnomaning ajralmas qismi hisoblangan ushbu ruxsatnomaning amal qilish shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Attestatsiya oʻtkazuvchi organ tomonidan qoʻyilgan talablar buzilgan taqdirda vakolatli organ berilgan ruxsatnomaning amal qilishini qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatish va/yoki toʻxtatib turish choralarini qoʻllashga haqlidir.
Ariza berilgan faoliyat zarur tarzda bajarilishiga taʼsir koʻrsatadigan yangi omillar paydo boʻlgan taqdirda, vakolatli organ ruxsatnomaning amal qilish shartlariga tuzatish kiritishi mumkin.
Tashkilot tugatilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilishi toʻxtatiladi. Vakolatli organ ruxsatnomaning amal qilishi shartlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jismoniy shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari toʻgʻrisidagi axborotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jismoniy shaxsning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotlar, xuddi shuningdek uning shaxsiy hayoti sirini ochuvchi axborotlar, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yozishmalar, telefondagi soʻzlashuvlar, qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar siri toʻgʻrisidagi axborotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan (vrachlik siri, notarial harakatlar, advokatlik siri va boshqalar) kasb faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 137-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, internetda tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxfiy axborot — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud boʻlmagan hujjatlashtirilgan axborot”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12.2. Axborot ayirboshlash vositalari tarkibiga axborot resurslaridan foydalanishning alohida qoidalari belgilangan davlat axborot tizimlari, tarmoqlarini ulash axborot xavfsizligi talablariga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 19-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Foydalanish cheklangan axborot mavjud boʻlgan davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun moʻljallangan axborot tizimlari axborot xavfsizligi talablariga muvofiq majburiy attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga quyidagi mazmundagi 281-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“281. Davlat organlarining davlat sirlariga yoki maxfiy axborotlarga mansub axborot bilan ishlash uchun moʻljallangan axborot tizimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot xavfsizligi talablariga muvofiq majburiy attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 472-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)