Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 25.08.1993 yildagi PF-641-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MATBUOTINI QO‘LLAB-QUVVATLOVChI JAMG‘ARMANI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazeta va jurnallar faoliyatni takomillashtirish, davriy nashrlarni chiqarish va tarqatish, shuningdek bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida jurnalistlarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda ularga ko‘maklashish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi matbuotini qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, respublika gazeta va jurnallari tahririyatlari va bosh muharrirlari Kengashi, “Sharq” konserni, Jurnalistlar uyushmasi, Xalq ta’limi vazirligi, “Iste’dod” jamg‘armasi, Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalarning taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— gazeta va jurnallar normal faoliyat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoit yaratishda, ularni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq moliyaviy, moddiy-texnikaviy masalalarni hal etishda amaliy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— davlat idoralari va jamoat tashkilotlarida gazeta va jurnallar hamda ular ta’sischilarining manfaatlarini ifodalash, tahririyatlar bilan birgalikda respublika hukumatiga davriy nashrlarni chiqarish va tarqatishni yanada yaxshilashga qaratilgan takliflarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— matbuotga madad berish maqsadida davlat ajratgan mablag‘larni taqsimlashda ishtirok etish, ishlab chiqarish, tijorat va tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek homiylik badallari va boshqa badallar hisobidan o‘z mablag‘larini tashkil etish hamda bu mablag‘larni gazeta va jurnallarning moddiy bazasini mustahkamlash uchun sarflash .
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika davriy nashrlarining moliyaviy va moddiy texnikaviy bazasini mustahkamlash maqsadida Jamg‘armaga Vazirlar Mahkamasi zaxirasidan 1 milliard so‘m ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamg‘arma respublikaning barcha yuridik va jismoniy shaxslari, tashkilotlari, firmalari va uyushmalari uchun ochiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, konsernlar va hokimliklar Jamg‘arma faoliyatiga butun choralar bilan ko‘maklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmon bajarilishini tashkiliy jihatdan ta’minlashga oid qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 25-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-641-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 8-son, 307-modda)