Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 28.05.1993 yildagi PF-607-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 28.05.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993 YILNING 1 IYuNIDAN MEHNAT HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALARNING, BOLALI OILALAR IJTIMOIY NAFAQALARINING MIQDORLARINI OShIRISh HAMDA RESPUBLIKANING ISTEʼMOL BOZORINI HIMOYA QILISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat haqini oshirish, ichki isteʼmol bozorini himoya qilish, boshqa mintaqalarga nisbatan arzonroq narxdagi mollar va buyumlar ancha miqdorda olib chiqib ketilishining oldini olish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1993-yilning 1-iyunidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining hududida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqining eng oz miqdori oyiga 7500 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 7500 soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat pensiyasining eng oz miqdori oyiga 8125 soʻm qilib belgilansin, hozirgi vaqtda amalda boʻlgan barcha turlardagi pensiyalarning miqdorlari 2,5 baravar oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy oʻquv yurtlari talabalarining, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari 2,5 baravar koʻpaytirilsin. Talabalarning oshxonalari va bufetlarida tushlik ovqatlarning qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bolali oilalarning ijtimoiy nafaqalari 2 baravar oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi ish haqini, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalarni oshirishga mazkur farmonda koʻzda tutilgan sarf-xarajatlarni pul bilan taʼminlash manbalarini aniqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Budjetdan pul bilan taʼminlanadigan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari, tashkilotlar va muassasalar ushbu Farmonda belgilangan eng oz ish haqi miqdoriga asoslanib, mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq xodimlarning mansab okladlari oʻz vaqtida qaytadan hisoblab chiqilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoʻshimcha qiymatga belgilangan soliqning 5 foizi korxonalar va tashkilotlar ixtiyorida qoldirilib, ular mehnatga haq toʻlashni koʻpaytirishga sarflansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik hisobidagi korxonalarga, tashkilotlarga, muassasalarga oʻzlarining daromad manbalari hisobidan ish haqining yangi eng oz miqdorlarini joriy etish va mehnatga haq toʻlashni oshirish, daromad manbalari cheklangan taqdirda esa bank muassasalari aniq maqsadni koʻzlab beradigan imtiyozli kreditlar hisobidan oshirish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki, tijorat banklari korxonalarni, tashkilotlar va muassasalarni yillik 3 foizdan oshmaydigan toʻlov sharti bilan 45 kun muddat ichida zarur kredit mablagʻlar bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki respublika korxonalariga, tashkilotlari va muassasalariga ish haqi oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlovchi choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 1993-yilning hosilidan boshlab paxta — 4,3 baravar, chorva va sutning, shuningdek davlat buyurtmasi hisobiga sotiladigan meva-sabzavot mahsulotlari ayrim turlarining amaldagi xarid narxlari oʻrta hisobda 2 baravar oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil hosilidan boshlab sholi, pomidor, karam, sabzi va olmaga erkin (shartnomaviy) narxlar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 1993-yilning 1-iyunidan boshlab qatʼiy yoki tartibga solib turiladigan narxlar va tariflar boʻyicha aholiga sotiladigan oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mollari va xizmatlarning chegaralangan chakana narxlari oʻrta hisobda 2 baravar oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida mazkur Farmonning belgilangan muddatlarda roʻyobga chiqarilishini taʼminlovchi tegishli qarorlar qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-607-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 7-son, 272-modda; 1993-y., 9-son, 355-modda)