19.10.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2279
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2020
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 230-modda) hamda “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Mazkur Mulkni baholash milliy standarti (11-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining qiymatini baholash” (keyingi o‘rinlarda 11-son MBMS deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 230-modda) hamda “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida baholash faoliyatining normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (11-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining qiymatini baholash”ga
ILOVA
14. Baholovchi tomonidan turar joyning iste’molchilik sifatlari koeffitsiyenti ushbu Uslubiy ko‘rsatmalarning 2-ilovasiga muvofiq Uy-joyning iste’molchilik sifatlari koeffitsiyentlarini hisoblashda keltirilgan koeffitsiyentlarni qo‘shish yo‘li bilan hisoblanadi.

Uy-joyning iste’molchilik sifatlari koeffitsiyentlarini
HISOBLASh

I. Hududiy joylashtirilganlik koeffitsiyentlari

K1d. Uy-joy imoratining zonalar bo‘yicha joylashuvi

Har yili tasdiqlanadigan fuqarolardan yakka tartibda uy-joy qurishga taqdim qilinganligi uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari

Har bir zona uchun solishtirma ulushlari

1 zona
2 zona
3 zona
4 zona
5 zona
6 zona
7 zona
8 zona
9 zona
10 zona
11 zona
12 zona
13 zona
14 zona
K1d. Har yili tasdiqlanadigan fuqarolardan yakka tartibda uy-joy qurishga taqdim qilinganligi uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari bazasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Koeffitsiyentni hisoblash har bir zona uchun solishtirma ulushlarini berish yo‘li bilan o‘tkaziladi, ya’ni barcha zonalar bo‘yicha soliq stavkasi qo‘shiladi va har bir zona uchun solishtirma ulush chiqariladi.
Olingan solishtirma ulushlar uy-joy imoratining har bir zonasi uchun hududiy joylashtirilganlik ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Izoh: bunda uy-joy imorati zonalari bo‘yicha uy-joyning joylashuvi koeffitsiyenti tasdiqlanadigan fuqarolardan yakka tartibda uy-joy qurishga taqdim qilinganligi uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari bazasidan kelib chiqqan holda har yili qaytadan hisoblab chiqiladi.

Ko‘rsatkichlar

Tavsifi

Qiymatning o‘zgarishi foizda

oshishi

kamayishi

K2d. Uy-joyning kvartal ichida joylashganligi Shovqin darajasi pasaygan, mikroiqlim yaxshilanishi

6.0

K3d. Uy-joyning magistral ko‘chalar bo‘ylab joylashganligiTransport harakatidan chiqadigan shovqin, gazlanganlik (asosiy old tomoni bilan (magistral ko‘chalarning) qizil chizig‘idan chiqib ketgan uy-joylar uchun )

6.0

K4d. Uy-joyning jamoat transporti bekatidan 500 m narida joylashganligi Jamoat transportidan foydalanishning qulayligi

6.0

K5d . Uy-joyning savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridan 500 m narida joylashganligi Tovarlar sotib olish va maishiy xizmatlardan foydalanishning qulayligi

6.0

K6d . Uy-joyning yirik ishlab chiqarish obyektlari, aerodromlar, temir yo‘llardan uzoqlashish zonalariga yaqin joylashganligi Atmosferaning samolyotlar parvozi va temir yo‘llar tarkibi harakatidan, zararli chiqindilardan gazlar bilan to‘lganligi

10.0

II. K7d. Uyning iste’molchilik xususiyatlari

5 qavatdan ortiq qavatli uylarda liftning yo‘qligi

3

Galereya turidagi uy

1

Oilaviy yotoqxona turidagi uy
Ishlaydigan axlat tashlash quvuri mavjudligi

2

Uy devorlarining konstruktiv tavsiflari
daraxt

10

g‘isht

10

III. Kvartiralarning sifat ko‘rsatkichlari

K1k. Kvartiralarning uyning oxirgi qavatida joylashganligiYil fasllari bo‘yicha xona ichki haroratining bir me’yorda bo‘lmasligiSifat ko‘rsatkichiga ta’sir qiluvchi foizlarni hisoblash quyida keltirilgan
K2k. Kvartiralarda markazlashtirilgan issiqlik ta’minotining yo‘qligi Suvni isitish va xonalarni isitishdagi noqulayliklar

5.0

K3k. Sanuzellarning (vanna va hojatxonaning) bir xonaga joylashganligi

3

K4k. 7m2 dan katta oshxona maydoni

4 va har bir 3 m2 ga oshishda 0,2 dan qo‘shib boriladi

K5k. Yirik panelli uylar uchun kvartiralarning chetki qismlarda joylashganligi Xonalardagi harorat-namlik rejimining yetarli emasligi

4.0


IV. Kvartirani iste’molchilik xususiyatlarining qavatlarga bog‘liq holdagi koeffitsiyentlari (foizlarda)


1. 4 qavatgacha bo‘lgan kvartiralar uchun
K1 — (+3) — 1 qavatga va (–3) oxirgi qavat uchun;
K2 — 0 — barcha oraliqdagi qavatlar uchun.

2. Qavat (5 qavatli uy):
K1 — (+3) — 1, 2, 3-qavatlardagi va (–3) 5-qavatdagi kvartiralar uchun;
K2 — 0 — 4-qavatdagi kvartiralar uchun.

3. Qavat (9 qavatli uy):
K1 — (+3) — 1 dan boshlab 4-qavatlardagi va (–3) 9-qavatdagi kvartiralar uchun;
K2 — 0 — 7, 8-qavatlardagi kvartiralar uchun;
K3 — (+1) — 5, 6-qavatlardagi kvartiralar uchun.

4. Qavat (12 qavatli uy):
K1 — (+3) — 1 dan boshlab 4-qavatlardagi va (–3) 12-qavatdagi kvartiralar uchun;
K2 — (–2) — 9 dan boshlab 11-qavatlardagi kvartiralar uchun;
K3 — 0 — 7, 8-qavatlardagi kvartiralar uchun;
K4 — (+1) — 5, 6-qavatlardagi kvartiralar uchun.

5. Qavat (16 qavatli uy)
K1 — (+3) — 1 dan boshlab 5-qavatlardagi va (–) 16-qavatdagi kvartiralar uchun;
K2 — (–2) — 12 dan boshlab 15-qavatlardagi kvartiralar uchun;
K3 — 0 — 9 dan boshlab 11-qavatlardagi kvartiralar uchun;
K4 — (+1) — 6 dan boshlab 8-qavatlardagi kvartiralar uchun.

6. Xonalarning balandligi:
K1 — (–4) — balandligi 2,5 m dan kam bo‘lgan kvartiralar uchun;
K2 — 0 — balandligi 2,5 m dan 2,7 m gacha bo‘lgan kvartiralar uchun;
K3 — (+2) — balandligi 2,7 m dan 3 m gacha bo‘lgan kvartiralar uchun;
K4 — (+5) — balandligi 3 m dan ortiq kvartiralar uchun.